11.3. Ko’ppartiyaviylik – fuqarolik jamiyat barpo etishning muhim sharti. Ko’ppartiyaviylik – demokratik jamiyat barpo etishning muhim shartidir. Partiya tizimi- siyosiy institutlar tushunchasi, jamiyatning siyosiy tuzilishi va jamiyat a`zolarini va davlat va jamiyat hayotida ishtirok etishning qabul qilingan hamda ehtirof etilgan qoidasi. Jamiyatda ko’ppartiyaviylik tizimi fuqarolarga turli partiyalardan nomzodlarni tanlab olish va jamiyatni davlatlashtirishda u yoki bu dasturga afzallik berishga imkon yaratadi. Ko’p partiyaviylik tizmi rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo’lib, O’zbekiston ham O’z mustaqilligiga erishgach ko’ppartiyaviylik yo’lini tanladi. Dunyoda bundan boshqa bir va ikki partiyalik tizimlar ham mavjud bo’lib kelgan. Ko’ppartiyaviylikning qaror topishi – jamiyatni demokratlashtirib borishning muhim belgisi hisoblanadi hamda ko’ppartiyaviylik turlicha yondashuviga, muqobillikka sog’lom raqobatga va samarali tanqidga olib boruvchi asosiy omildir.
“Siyosiy partiya O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokmiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irdasini ro’yobga chiqarishga intiluvchi hamda o’z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko’ngilli birlashmadir”8.
O’zbekiston 1991 yildan keyingi o’tgan mustaqillik yillarida bir partiyaviylik tizimidan ko’ppartiyaviylik tizimiga yo’l tutdi. Hozirgi vaqtda Respublikamizda 4 ta siyosiy partiya faoliyat ko’rsatmoqda, bu partiyalar haqida qisqacha to’xtalamiz.
O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O’z XDP) – 1991 yil 1 noyabrda tashkil topgan. O’zXDP o’z saflarida keng elektoratni: ziyolilar, xizmatchilar, dehqonlar, tadbirkorlar, yoshlar, faxriylar, 80 ga yaqin millat va ellatlarni birlashtirgan. SHiori: “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat!”
XDPning oliy organi qurultoy bo’lib, u 5 yilda 1 marta chaqiriladi. Partiya shiori: 1993 yil dekabrida XDPning Milliy istiqlol mafkurasi qabul qilingan. 1999 yil oktyabrida 3-qurultoyda qabul qilingan yangi tahrirdagi dasturiga “Yoshlar — Vatan kelajagi” nomli maxsus bobni kiritdi. XDPning maqsadi: ijtimoiy adolat, mamlakat taraqqiyoti va ma`naviy yangilanishini ta`minlash, yoki boshqacha aytganda, XDP ning dasturiy maqsadlari:
Milliy mustaqillikni mustahkamlash.
Tub iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma`naviy islohotlarni amalga oshirish orqali ravnaq topgan qudratli, demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatni bunyod etish.
Kishilarning millati, siyosiy qarashlari, diniy ehtiqodlaridan qat`iy nazar, munosib hayot kechirish uchun teng imkoniyatlarni yaratish.
Fuqarolarning erkinlik va huqulari, tinch hayot kechirishini kafolatlash.
Matbuot organlari: “O’zbekiston ovozi”, “Golos Uzbekistana” gazetalari, shuningdek, oylik “Muloqot” jurnaliga ega. Jurnalistlari akkreditatsiya qilingan. “Xalq demokratik partiyasining saylovlar arafasida aholini kam ta`minlangan yordamga muhtoj qatlamlarini qo’llab-quvvatlash haqida dasturiy chiqishlari uning ijobiy natijalarga erishishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi”9.
Do'stlaringiz bilan baham: |