Mulohazalarning sifati va miqdori. Har qanday mulohaza ikki jihati - sifati va miqdori bilan harakterlanadi. Ularda narsa va hodisalarning nechta ekanligi, biror - bir xususiyati bor yoki yo’qligi aks etadi.
Mulohazalar sifat jihatidan ikki xil - tasdiq va inkor bo’ladilar.
Tasdiq mulohazalarda narsaning biror - bir belgiga ega ekanligi e’tirod etiladi. Masalan, “O’zbekiston ko’plab xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqa bog’lagan”, “Hisobni bilmagan hamyonidan ayriladi”. Bu mulohazalarni xosil qilishda – “dir” qo’shimchasidan, “bo’ladi”, “bor”, “mavjud”, “muqarrar” kabi e’tirof ma’nosini ifodalovchi so’zlarda foydalaniladi. Bunday mulohazaning formulasi “S - R dir” shaklida yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |