Munosabat mulohazalardir. Narsa va hodisalar o’rtasidagi munosabatlarni aks ettiruvchi mulohaza munosabat mulohaza deyiladi. Narsa va hodisalar o’rtasida turli tuman munosabatlar bo’ladi. Bu munosabatlar mulohazalarning ham turli - tuman shakllarda bo’lishini taqozo etadi. Bu munosabatlardan quyidagilarni alohida ko’rsatish mumkin: tenglik, notenglik, jinsdoshlik, makoniy, zamoniy, sabab - oqibatiy va hokazolar.
Masalan, “A - B ga teng”, “S - D dan kata”, “Shoxrux - Ulug’bekning otasi”, “G’ijduvon Buxoroning shimolida”, “Ibn Sino Beruniyning zamondoshi”, “Issiqlikning oshishi qaynashning sababidir” va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |