11 bob. Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yoʼllari


-rasm. Investitsiya faoliyatida risklarning turlari



Download 77,5 Kb.
bet2/2
Sana02.07.2022
Hajmi77,5 Kb.
#729394
1   2
Bog'liq
11 BOB

11.1-rasm. Investitsiya faoliyatida risklarning turlari1

Investitsiya loyihasini risklarini tasnifini turli tizimlari mavjud.


Investitsiya risklarini turli belgilar boʼyicha tasniflash mumkin.
1. Tarkibi boʼyicha risklar quyidagilarga boʼlinadilar: iqtisodiy risk; bozor riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar.
2. Muddati boʼyicha risklar quyidagilarga boʼlinadilar: qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar.
3. Olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular taʼsirida katta zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular taʼsirida nolga teng boʼlgan zarar(foyda) koʼrish mumkin.
4. Loyihaga taʼsir etish darajasi boʼyicha risklar quyidagilarga boʼlinadi: mumkin boʼlgan risklar - ular taʼsirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari.
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega boʼlgan soha deb hisoblanadi.
Undagi risklar ikkita katta guruhga boʼlinadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar.
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar taʼsiriga baʼzi bir qimmatli kogʼozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga koʼra koʼpchilik emitent va qimmatli qogʼozlar egalari zarar koʼrishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar - xatarga baʼzi bir qimmatli qogʼozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, yaʼni maʼlum bir korxonaning qimmatli qogʼozlari yoki tarmoqning qimmatli qogʼozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.
Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi risklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin:

  • loyixa ishtirokchilari riski;

  • loyixa smeta kiymatining oshish riski;

  • qurilishni oʼz vaqtida tugamaslik riski;

  • ish va obʼekt sifatining pastligi riski;

  • konstruktsion va texnik risklar;

  • ishlab chiqarish riski;

  • boshqaruv riski;

  • sotish riski;

  • moliyaviy risk;

  • mamlakat riski;

  • maʼmuriy risk;

  • huquqiy risk;

  • fors-major riski.

Аniqlik kiritish uchun quyidagi risklar kategoriyalarini aks ettirish mumkin.
Likvidlikni yoʼqotish riski (liquidity risk) – u yoki bu qimmatli qogʼozlarga bgʼlgan talab sezilarli darajada hzgarishga yuz tutishi mumkin, undan ham yomoni ushbu qimmatli qogʼozlarga umuman talab yoʼqolib ktishi mumkin.
Tadbirkorlik riski (business risk) – qimmatli qogʼozlarning narxi (hususan aktsiyalar) istalgan kompaniyaning, qanchalik darajada kompaniya oʼz tanlagan yoʼnalishida muvofaqiyat bilan ishlashiga bogʼliq.
Moliyaviy risklar (financial risk) – kompaniya aktsiyalar narxi, kompaniya raxbariyati tomonidan oʼtkazilayotgan moliyaviy siyosatga bogʼliq holda tebranadi. Masalan, agar Fond bozorini moliyalashda asosiy eʼtiborini qarz majburiyatli korporativ qimmatli qogʼozlar chiqarishga qaratilsa, moliyaviy risk darajasi yuqori boʼladi.
Majburiyatlarni bajara olmaslik riski (default risk) – agarda emitent oʼz majburiyatlarini har xil sabablarga koʼra oʼz vaqtida yoki umuman bajara olmasa, paydo boʼladigan investitsiya risklariga aytiladi.
Tizimsiz risklarni taʼsirini minimallashtirish uchun diversifikatsiya deb ataladigan metod qoʼllaniladi va uning natijasida investitsion portfel tuzish zaruriyati paydo boʼladi. Investitsin portfel yaratish orqali investor bir qancha emitent chiqargan moliyaviy instrument toʼplpmini yaratadi va shunda u bir emas bir qancha tizimsiz risklariga duch keladi. Shu yoʼl investor risklarni diversifikatsiyalaydi va daromadlilikni birdaniga oʼzgarishini oldini oladi. Ushbu sharoitda investitsion portfelda qimmatli qogʼozlar qanchalik kam boʼlsa risk darajasi shuncha yuqori boʼladi. Diversifikatsiya metodi tizimsiz risklarini minimallashtiradigan eng samarali dastakdir, lekin u faqatgina investitsion portfelni yetarlicha miqdorda koʼp instrumentlar jalb qilingandagina qulaydir.
Diversifikatsiya metodining chegaraviy darajasi, risk darajasiga bogʼliq, chunki ular faqatgina aniq moliyaviy bozorni ochib beradi.
Bu risklarini turli tumanligini inobatga olgan holda quyidagi xillarini sanab oʼtishimiz mumkin.
Foiz risklarii (interest rate risk) – foiz stavkalari tebranishidan hosil boʼladigan investitsiya risklari. Аyniqsa qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qogʼozlar egalariga daxldordir.
Valyuta riski (exchange rate risk) – bu shunday investitsiya risklariki mohiyatan chet el emitentlarining qimmatli qogʼozlarga kiritgan investitsiyalarning valyuta kursi tebranishilaridan paydo boʼladigan investitsiya risklari. Inflyatsion risklari (Inflation risk) – inflyatsiya darajasining kutilmaganda oshib ketishi, emitentlar faoliyatini oʼzgarishiga olib boradi va bu aktsiya narxiga sezilarli taʼsir etishi mumkin.
Siyosiy risklari (Political risk) - kutilmaganda xususan, shiddatli siyosiy vaziyatdagi oʼzgarishlarning qimmatli qogʼozlar bozoriga taʼsir etmasdan iloji yoʼq, aksincha ancha oqibati yomonroq boʼladi. Аyniqsa bu risk rivojlangan mamlakatlar moliyaviy instrumentlar bilan ishlagan dolzarb va yana turgʼun bozorlarda ham uni uchratish mumkin.
Yuqorida sanab oʼtilgan risklardan tashqari, qimmatli qogʼozlar bozoriga samarali investitsiya qilishga oz yoki koʼp miqdor(daraja)da taʼsir etuvchi omillar xam mavjud.
Umuman olganda, yuqorida keltirilgan risklarning tasnifi shartli ravishda boʼlib, har bir loyiha uchun ahamiyatli risklarni aniqlash nuqtasiga yoʼnaltirish sifatida qaraladi. Bunday risklar aniq holatlarda mutaxassislar va ekspertlar tomonidan tarmoqqa tegishliligi, masshtablari, tanlangan texnologiya, loyihani amalga oshirayotgan mamlakat va boshqa loyihaning oʼziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Loyiha risklarining bir necha turlari mavjud. Ularning hech birini taʼsiri jihatidan ahamiyatsiz va xavfsiz, deb boʼlmaydi. Investitsiya risklari kichik bir texnologik yoki shu kabi mikrodarajadagi jarayondan tortib, to mamlakat, hatto, xolqaro miqyosdagi turli holatlar va hodisalarning oʼzgarishiga bogʼliq holda kelib chiqishi mumkin.

1 Nosirov E.I., Mamatov B.S., Shoislomova N.Q., Sharifxodjaeva K.U. Investitsiya risklarini boshqarish. Oʼquv qoʼllanma. / i.f.d., professor А.V.Vahobovning umumiy tahriri ostida. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012. 15-bet

Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish