11-amaliy mashg’ulot: so`z turkumlari o`rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish (son-olmosh) Reja


Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tish



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana30.05.2022
Hajmi0,58 Mb.
#620089
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-AMALIY MASHG`ULOT (1)

Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tish.
Kishilik 
olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'tishdan oldin shu mavzuni 
o'quvchilar ongli o'zlashtirishlari uchun xattaxtaga kelishiklarga doir jadval 
osib qo'yiladi. Suhbat metodidan foydalanib shu jadval asosida kelishiklar 
haqidagi o'quvchilar olgan bilimlar takrorlanadi va ulaming yangi mavzuni 
o'rganishlariga zamin tayyorlanadi: 
— Nechta kelishik bor? Ularning nomini, qo'shimchasi va so'rog'ini 
ayting. 
— Kelishiklar qaysi so‘z turkumiga qo'shiladi? 
— Kelishik qo'shimchalari qanday vazifa bajaradi? Misollar bilan 
tushuntiring. 
O'quvchilar aytgan bitta gap xattaxtaga yozdiriladi va tahlil qilinadi. 
Masalan: 
Bilim davlatdan qimmat. (Maqol) 
Davlatdan
 - 
ot, chiqish kelishigi qo'shimchasini olgan, 
-dan 
qo'shimchasi 
otni qimmat so'ziga bog'lagan. O'quvchilar javobi umumlashtiriladi. 
Shundan so'ng oldindan xattaxtaga yozib qo'yilgan darslikdagi mashq 
ustida ishlanadi: 
— O'qing. Tagiga chizilgan so'z qaysi turkumga kiradi? Shu so'z qaysi 
shaxsni bildiradi? Bizni olmoshi qaysi qo'shimcha bilan qo'llangan? Bu 
qo'shimcha biz olmoshini qaysi so'zga bog'lagan? Ularni birlikda yozing: 
Bizni 


olib bordilar. 
Kelishik qo'shimchasini va bog'lanishini tegishlicha belgilang. 
Kelishik nomini qisqartirib tepasiga yozing. 
— Ikkinchi gapni o'qing. Olmoshning qaysi kelishik qo'shimchasini 
olganini ayting. Qaratqich kelishigi otni qaysi so'zga bog'lagan? Ularni birikma 
tarzida yozing: 
Bizning ko'z o‘ngimizda. 
Qo'shimchani va so'zlaming 
bog'lanishini belgilang. 
Qolgan gaplar ustida ham shu taxlitda ishlanadi. Xattaxtaning bir 
tomonida quyidagi birikmalar yuzaga keladi: 
Bizni olib bordilar. 
Bizning ko'z o'ngimizda. 
Bizga gapirib berdi va boshq. 
O'quvchilar javobi yana suhbat yo'li bilan umumlashtiriladi: 
— Kishilik olmoshlari qaysi qo'shimchalami oladi? 
— Qaysi kelishik qo'shimchalari olmoshga qo'shilib keladi? 
— Bu qo'shimchalar olmoshlarni qaysi so'zlarga bog'laydi? (boshqa 
so'zlarga) 
— Kelishik qo'shimchasini olgan 
bizning, bizni, bizga, bizda, bizdan 
kabilar qaysi so'roqlarga javob bo'lyapti? Ular gapda qaysi bo'lak bo'ladi? (2-
darajali bo'lak) 
— Biz olmoshiga so'roq bering, u qaysi kelishikda? Gapda qaysi bo'lak 
bo'lib kelyapti? (Ega) 
O'quvchilar javobi aniqlashtiriladi va umumlashtiriladi: 
— Kishilik olmoshlari ham kelishik qo'shimchalarini oladi. Kelishik 
qo'shimchalarini olganda olmoshlar turlanadi. Tushum, qaratqich, jo'nalish, 
o'rin-payt, chiqish kelishigidagi olmoshlar gapda 2-darajali bo'lak bo'lib 
keladi. Bosh kelishikda esa 
ega
vazifasini bajaradi: 
Biz mehnatni sevamiz. 
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushuncha 
mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlarining qaysi 
kelishikda ekanligini aniqlash, ularni o'zi bog'langan so'z bilan birikma tarzida 
ko'chirish, shaxs-sonini topish, chiziqchalar o'rniga topshiriqqa mos 
olmoshlarni qo'yish, ot o'rnida qo'llangan olmoshlarni aniqlash, ijodiy matnlar 
tuzish kabi topshiriqli mashqlar bajartiriladi. 
Keyingi darslarda o'quvchilaming kishilik olmoshlarining kelishiklar 
bilan turlanishi paytidagi imlosini o'zlashtirishlariga, ijodiy yozma ishlar 
uyushtirishga va ularda kishilik olmoshlaridan to'g'ri foydalanib, nutqda 
uslubiy jihatdan to'g'ri qo'llashlariga, shuningdek, nutqda kishilik 
olmoshlaridan o'rinsiz va tinimsiz foydalanishlarini bartaraf etishga ahamiyat 
qaratiladi. Kishilik olmoshlarini o'rinsiz ko'p ishlatishlarini bartaraf etish 
uchun o'quvchilaming ijodiy yozma ishlari: bayon va insholari o'qib berilib, 
tahlil qilinadi. 
O'quvchilar nutqida kishilik olmoshlarini 
man, san 
tarzida sheva ta’siriga 
berilib talaffuz qilish holatlari uchraydi. Kishilik olmoshlariga ajratilgan 
darslarning yana bir vazifasi shu kabi kamchiliklami ham yo'qotishdir. 


O'quvchilarni kishilik olmoshlaridan nutqda to'g'ri foydalanishga 
o'rgatish nutqiy g'alizlikni, talaffuzdagi yoqimsizlikni bartaraf etadi. 

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish