11-Amaliy mashg’ulot Fermentlar ishlab chiqarish


Sellyulolitik fermentlar-



Download 27,5 Kb.
bet3/10
Sana20.06.2022
Hajmi27,5 Kb.
#685542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-амалий

Sellyulolitik fermentlar-(sellyulozalar)-faol oqsillarning murakkab kompleksidir, sellyuloza molekulasining har xil bog’lariga ta’sir qiladi, C1 komponent (ekzoselyuloza) tabiiy holdagi sellyulozaga (paxta, filtr qog’ozi) ta’sir qiladi. Cx-komponenti (endonukleaza) eriydigan shaklga o’tkazilgan kletchatkani (karboksimetilsellyulozani) gidrolizlaydi.
Sellyuloza bilan bir qatorda mikroorganizmlar sellobiaza (B-glyukozidaza) hosil qiladi, bu ferment sellyulozani va gemisellyulozani parchalaydi. Sellyuloza gidrolizining oxirgi bosqichi glyukoza hosil bo’lishi bilan tugallanadi.
Sanoatda ishlab chiqariladigan sellyulotik ferment preparatlari odatda C1 va Cx va shunga o’xshash sellobiaza va gemisellyuloza fermentlari bo’lib, bu preparatlarning pH ko’rsatkichi 3.0 dan 8.0 gacha. Mana shu pH ko’ratkichlari oralig’ida ular turg’undirlar. Sellyulozani hosil qiluvchilar ko’pincha miseliyali zamburug’lardir, shulardan Penicillium notatum, P.vuriabili, P.iriense, Trichoderma roseum, Verticillium alboatrum va boshqalari ma’lum.
Pektinazalar-pektinni parchalovchi fermentlar sintez qiladi. Pektolitik fermentlar kompleks hosil qiladi, uning alohida komponentlari pektin molekulasini har xil joylaridan parchalaydi.
Pektinazalar (poligalakturonazalar) mikroorganizmlarda keng tarqalgan bo’lib, o’simliklarda kam uchraydi.
Proteinazalar. Proteinazalar yoki proteazalar-(peptid-peptid-gidrolazalar) oqsil molekulasidagi peptid bog’larni uzish reaksiyasini kataliz qiladi, natijada erkin aminokislotalar, di- va polipeptidlar hosil qiladi.
Bunday fermentlar juda ko’p. Ulardan ayrimlari kristall holatda olingan. Mikroorganizmlar proteinazasi o’zlarining xossalari bilan tubdan farq qilishi mumkin. Ular neytral bo’lishi mumkin (Bacillus subtilis, Asp.terricola), kislotali (Asp.foetidus) va ishqorli, ya’ni pH ning har xil darajasida faoldirlar. Ayrim mikroorganizmlar bir qancha proteinazalar sintezlash qobiliyatiga egadirlar. Masalan: Actinomyces fradiae 6 ta proteinazani sintezlaydi.
Amilazalar-bakteriya va zamburug’lardan olinadigan amilazalar kraxmalni kichik molekulyar shakarlar: dekstrinlar, glyukoza va maltozalargacha parchalaydi.
Bakterial proteazalar pishloq pishirishda va teri oshlashda oqsillarni buzishda qo’llaniladi. Streptomyces atratus dan olinadigan glyukozoizomeraza fermenti glyukozani fruktozaga aylantirish reaksiyasini kataliz qiladi. Keyingi vaqtda olimlar diqqat e’tiborini quyidagilar o’ziga tortmoqda: siklodikstringlyukoziltransferazan(SDGT) ga moslashish, siklodekstrinlar birikmalarining ishlab chiqarilishi, ular kimyoviy va farmakologik ishlab chiqarishda, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini oshirishda, kosmetika mahsulotlari va boshqa moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Lipazalar-(3.1.1.3-triasil gliserol gidrolazalar) lipid (yog’) almashinuvida ishtirok etadigan, katta amaliy qiziqish uyg’otadigan fermentlardan biridir.
O’zlari o’sadigan muhitga lipazalarni ajratadigan mikroorganizmlarning ko’pchiligini miseliali zamburug’lar tashkil qiladi. Misol tariqasida Aspergillus, Mucor, Geotrichum ni ko’rsatish mumkin. Bulardan tashqari, ayrim achitqi zamburug’lari (Candida) va bakteriyalar (Pseudomonas) ham o’z hujayralari tashqarisiga lipaza chiqara oladilar. Lipazalar triasil-gliserollarni parchalab, yog’ kislotalari va gliserin hosil qiladilar. Sanoat asosida ko’p miqdorda ishlab chiqarilayotgan va keng miqyosda xalq xo’jaligida qo’llanilayotgan fermentlardan tashqari, kam miqdorda olinadigan va kam sohada qo’llaniladigan bir qancha fermentlar ham bor, lekin bularning ayrimlari o’ta darajada muhimdi. Bular qatoriga restriktazalar (endonukleazalar), nuklein kislotalarni parchalovchi fermentlar va ligazalar- ularning sintezida ishtirok qiladigan fermentlar kiradi. Bu fermentlar gen muxandisligi sohasidagi ilmiy ishlarni olib borishda o’ta zarurdir. Bular ham har xil mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladi.

Download 27,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish