Matbuotdagi reklama — bu ochiq va davriy matbuotda nashr etilgan reklama e’lonlari va tasviriy reklama ko’rinishiga ega bo’lgan reklama materiallari (maqola, sharhlar, reportajlar va hokazo). Keng tarqalgan variantda e’lon katta sarlavha—slogandan boshlanadi. U qisqa shaklda reklama beruvchi tashkilotning tijorat taklifining mohiyati va afzalliklarini aks ettiradi. Maqola va sharh-reklama xususiyatidagi boshqa nashrlar asosan tahririy materialdan iborat bo’lib, korxona faoliyati to’g’risidagi sharh yoki uning rahbarlari, iste’molchilari va hamkorlari bilan intervyular shaklida yoziladi.
Matbuotdagi reklamaning samaradorligi o’zining tezkorligi, takrorlanib turishi va keng tarqalishi sababli ancha yuqori bo’lishi mumkin. Bu reklama turi bizning davlatimizda ham yaxshi rivojlanmoqda. Keyingi yillarda reklama e’lonlarini nashr qilishga buyurtmalarni qabul qiladigan jamoat-siyosiy va ixtisoslashtirilgan nashrlar soni ancha ko’paydi.
Bosma reklama faqat ko’z bilan qabul qilishga mo’ljallangan. Bu esa reklama-katalog va reklama-sovg’a nashrlari orqali amalga oshiriladi. Reklama materiallarining tashuvchilari bo’lib kataloglar, prospektlar, bukletlar, plakatlar, varaqalar, shuningdek, firma kalendarlari, ish kundaliklari, yozuv kitobchalari va tabel kalendarlar hisoblanadi.
Audio-vizual reklama kinofilmlar, videofilmlar va slaydfilmlardan iborat. Xalq iste’moli tovarlarini reklama qiluvchi, bir necha daqiqa davom etuvchi reklama roliklari ayniqsa keng tarqalgan. Syujetlar katta dinamizm va jiddiy vaziyatlar asosida quriladi. Ular aholining keng qatlamlariga ko’rsatish uchun mo’ljallangan bo’lib, ko’pincha televidenieda, kamdan-kam hollarda kinoteatrlarda ishlatiladi.
Radio va telereklama aholini qamrab olish darajasi bo’yicha eng ommaviy va samarali hisoblanadi. Shunday qilib, radio-reklama, radio-e’lonlar, radio-roliklar, turli xil radio-jurnallar va radio-reportajlar orqali olib boriladi. Televizion reklamaning ta’sir kuchi yuqoriroq va u televizion reklama roliklari, reklama e’lonlari, reklama tele-reportajlari va tele-ko’rsatuvlari, ko’rsatuvlar o’rtasidagi reklama tele-zastavkalari orqali amalga oshiriladi. Tele-reklamaning ayon bo’lgan afzalliklari bilan bir qatorda (tezkorlik, auditoriyani ommaviy qamrab olish, qatnashish effekti) u hali ham qimmat bo’lib qolmoqda va uning narxlari o’sish tendentsiyasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |