1.2 Gʼishtni plastik usulda tayyorlash texnologiyasi. Qorishma tayyorlash uchun keltirilgan tuproq loy qoruvchi mashinada 18—28% gacha namlanadi va bir jinsli plastik qorishma hosil boʼlgunga qadar aralashtiriladi. Tayyor loy qorishmasi buyum shaklini beruvchi-mundshtuk oʼrnatilgan lentali zichlash uskunasiga tushadi.
Quyuq loy bilan qoliplash usuli plastik usulning bir turidir. Loyning namligini 13-18% qilib qorishtiriladi. Bunday usul bilan loy qoliplaganda katta quvvatli zichlagichda 10-20 MPa bosim bilan zichlab chiqariladi va maxsus kesgich vositasida kerakli oʼlchamda kesiladi va xom loy buyumlari quritish xonasiga yuboriladi. Keramik buyumlari ishlab chiqarishda qoʼllaniladigan nim quruq usul amalda keng tarqalmagan. Bunday usul bilan namligi 8-12% li loy 15-40 MPa bosimda zichlanib qoliplanadi.
1.3 Keramik buyumlarning asosiy xossalari Gʼovaklik. buyumning sirlangan qismi gʼovakligi odatda 10-40% boʼladi. Devorbob buyumlarni zichligini kamaytirish uchun gʼovakli gʼisht va keramik toshlar olinadi.
Suv shimuvchanlik. Keramik buyumning sirlangan qismini gʼovakligiga mos tushadi. Gʼovak keramik buyumlar: WP1 = 6-20%; Wv = 12-40%
Zich keramik buyumlar: WP1 = 1-5%; Wv = 2-10%
Mustaxkamligi. Bu asosan keramik buyumning sirlangan qismi strukturasiga, gʼovakligiga, yoriklarining soniga bogʼliq. Keramik buyumlarning (masalan gʼishtni) markasi uning siqilishga boʼlgan mustaxkamlik chegarasi bilan belgilanadi.
Buyumlarni quritish
Qiyshayish va darz ketishni oldini olish uchun buyumlar pishirishdan oldin 5-6 % namlikgacha quritiladi. Buyumlarni tabiiy va sunʼiy usulda quritish mumkin. Tabiiy quritish uchun katta maydon va uzoq muddat (10-15 kun) kerak boʼladi. Zavodlarda xom ashyo vaqti-vaqti bilan ishlaydigan kamerali va uzluksiz ishlaydigan tunelli quritgichlarda 120-150°S da sunʼiy usulda quritiladi. Quritish muddati bir necha soatdan 72 soatgacha davom etadi.
Buyumlarni pishirish
Pishirish jarayoni 3 davrga boʼlinadi: – hom ashyoni qizdirish; –pishirish; –sovutish.
Qizdirish jarayonida harorat 100-200°S gacha koʼtariladi, bunda erkin yoki fizik bogʼlangan suv chiqarib yuboriladi va keramik massa plastikligini yoʼqotadi. 450-600 °S da gilli mineraldagi va hom ashyo aralashmasining boshqa birikmalaridagi organik aralashmalar yonib ketadi, kimyoviy bogʼlangan suv chiqib ketadi va gil massasi amorf xolatga tushadi. 800-900°S da pishirish jarayonida oson eriydigan zarrachalar eriydi va erimagan zarrachalarni oʼrab oladi, buyumlar zichlanadi va mustaxkamligi oshadi. 1000°S da yangi kristall silikatlar xosil boʼladi. Gil massasi zichlanadi va choʼkadi . Bu choʼkish olovli choʼkish deb ataladi. Gilni turiga koʼra u 2-8% boʼlishi mumkin.
Zavodlarda keramik materiallar halqasimon pechlarda 900-1100°S haroratda 3-4 kecha-kunduz davomida pishiriladi. Yoki tunnel pechlarida 1200-1250°S haroratda 18-34 soatgacha pishiriladi.
Pishirish harorati intervallari:
900 –1100°S – gʼisht, keramik toshi, keramzit 1100–1300°S – pol plitkalari, fayans.
1300 – 1450°S – chinni (farfor), 1300 –1800°S – olovbardosh keramika.