101 ta tabiiy pardozbop tosh (marmar, granit, gabbro va h k.) konlari davlat zahirasiga kiritilgan



Download 96,53 Kb.
bet1/7
Sana21.04.2022
Hajmi96,53 Kb.
#569268
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs loyiha pardoz





Kirish
Tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlash mamlakatning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan pardozlash ishlari xajmi ortib bormoqda. Turar-joy binolari, jamoat va sanoat binolarini qurishda pardozlovchi materiallar sifatida tabiiy pardozbop toshlardan qayta ishlangan plitalar, me’moriy mahsulotlar keng qo‘llanib kelinmoqda. Tabiiy tosh mashhur va izlanadigan qurilish materiallari toifasiga kiradi. Uning ekologik tozaligi, uzoq xizmat qilish muddati, tabiiy tuzilish, turli xil shakllar va ranglar uni keng ko‘lamda qurilish, obodonlashtirish, yo‘lak va yo‘l chetlari, yo‘l va platformalarni yotqizishda ishlatish imkonini beradi. Shuningdek bugungi kunda tabiiy pardozbop tosh mahsulotlaridan binolarni bezatish uchun turli xil fasad tizimlarida faol foydalanilmoqda. Hozirgi kunda 101 ta tabiiy pardozbop tosh (marmar, granit, gabbro va h.k.) konlari davlat zahirasiga kiritilgan (umumiy zahirasi – 118,7 mln.m3) bo‘lib, shundan 51 ta kondan yoki 43%dan (50,9 mln.m3) foydalanilib kelinmoqda. 2018 yilda tabiiy pardozbop tosh konlaridan jami 209,0 mln.m3 marmar, granit, gabbro va boshqalar qazib olingan. Bu 2017 yilga (131,5 mln.m3) nisbatan 37 % ga ortganligini ko‘rsatadi. E’tiborlisi, 2019 yilda 1,0 mln. dollarlik 2,5 ming tonna tabbiy va pardozbop toshlar eksport qilingan. 2018 yilda tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan 155 ta korxona tomonidan 4,5 mln.marmarkv dan ortiq marmar, granit, gabbro va boshqalardan plitalar, me’moriy mahsulotlar (yo‘l va yo‘lak bordyurlari, arxitekturaviy mahsulotlar va boshqalar) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalarning ishga tushirilishi natijasida respublika hududida tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan 200 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda.


Yana bir ma’lumot, ushbu yo‘nalishda ishlab chiqarishni hajmi va sifatini yanada oshirish maqsadida shu kungacha tabiiy pardozbop toshlarni (marmar, granit, gabbro va boshqalar) qazib olish hamda geologiya qidiruv ishlari olib borish uchun tadbirkorlarga 118 ta litsenziyalar berilgan. 2019-2021 yillarda tabiiy pardozbop toshlarni (marmar, granit, gabbro va boshqalar) qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha bir qator investitsion loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Natijada yillik ishlab chiqarish quvvati qariyb 3,0 mln. metr kvadratni tashkil etadi.
Yirik loyihalar Toshkent ("Best Stone Service" MChJ - 60 ming kvadrat metr), Jizzax ("Granit Hill" MChJ - 50 ming kvadrat metr), Surxondaryo ("Comfort inert service" MChJ - 300 ming kvadrat metr), Navoiy ("Marmarobod" MCHJ - 1,2 mln.kvadrat metr, "Faridbek Zafarbek" MChJ - 100 ming kvadrat metr, "TRADE PRODUCTION INTERNATIONAL" MChJ QK - 250 ming kvadrat metr, STANDART GROUP" MChJ - 40 ming kvadrat metr) viloyatlarida amalga oshiriladi.


  1. Download 96,53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish