101 ta tabiiy pardozbop tosh (marmar, granit, gabbro va h k.) konlari davlat zahirasiga kiritilgan



Download 96,53 Kb.
bet5/7
Sana21.04.2022
Hajmi96,53 Kb.
#569268
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs loyiha pardoz

Marmar
Marmar (lotincha marmor, yun. marmaros — yaltiroq tosh soʻzidan) — kristalli togʻ jinsi. Ohaktosh yoki dolomitning toʻla qayta kristallanishidan hosil boʻlgan. Mineral donachalarining oʻlchamiga qarab (0,05 — 2,25 mm) mayda, oʻrtacha va yirik donachali marmarlar farq qilinadi. Mayda donachali marmar sifatli hisoblanadi, chunki unda gʻovak va darzlik kamarmar marmarning tarkibi, asosan, kalsit (SaSO3)dan iborat, ozroq MgO, GʻeO, Gʻe2O3. MpO, A1O2 va A12°z bOʻladi. Tarkibida MgO koʻp boʻlgan turi dolomitli marmar deb ataladi. marmarga boshqa minerallar (kvars, xalsedon, limonit, xlorit, gematit, pirit va boshqalar), shuningdek, organik birikmalarning kup qoʻshilganligi uning xossalarini (mustahkamligi, rangi, zichligi va h.k.) keng diapazonda oʻzgarishiga sabab boʻladi. Marmar ga kvars qoʻshilgan boʻlsa uning mustahkamligi ortadi, binobarin ishlov berish ham qiyinlashadi. Qoʻshimchalar marmarning sifatini yo oshiradi yoki kamaytiradi. Strukturasi bir xil boʻlgan marmarlar sovuqqa chidamli boʻladi. Qurilish amaliyotida marmar deb sayqal berish mumkin boʻlgan oʻrtacha qattiqlikdagi metamorfik jinsga aytiladi; bular — marmar, marmarlashgan ohaktosh, zich dolomit, ofikalsit, karbonatli brekchiya va karbonatli konglomeratlar. marmarning rangi (qizil, pushti, sargʻish, qoʻngʻir, yashil, jigarrang , qora, kulrang ,oq) turli xil kimyoviy va mexanik aralashmalarga bogʻliq. Marmarning fizik xossalari: zichligi 1900–2800 kg/m3, siqishga mustahkamlik chegarasi 10,0— 25,0 MPa, sinishga chidamlilik chegarasi 10—30 MPa, suv shimuvchanligi 0,15—0,50%, gʻovakligi 1%gacha. Qattiqligi 3—4. Marmar ning bir tekis oq yoki qora ranglisi juda qadimdan xaykaltaroshliqda ishlatilib kelinadi. Oʻzbekistonning qad. Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon va boshqa shaharlaridagi meʼmoriy obidalarida marmarning katta harsang toshlaridan tortib, to mayda marmar oniksi plastinkalarigacha ishlatilgan. Toshkent shahridagi koʻpgina teatr, maʼ-muriy binolar va metropoliten st-yalarida Oʻzbekiston marmar ishlatilgan. Marmar karyerlarda, kam hollarda yer ostidan qazib olinadi. Yaxlit katta boʻlaklar tosh qirquvchi mashinalar, maxsus arralar yordamida qirqib olinadi. Marmar konlari Oʻzbekiston (Gʻozgʻon, Koʻkpatos, Omonqoʻton, Ogʻaliq va boshqalar), Kozogʻiston, RF (Kareliya, Ural, Sibir), Armaniston, Italiya, Gretsiya, Kuba, Fransiya, Norvegiya, AQSH va boshqa mamlakatlarda mavjud.
Oʻzbekistonda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan marmar konlari: Gʻozgʻon (yiliga 12 ming m3), Nurota (0,8 ming m3), Zarband (7 ming m3), Tomchiota (1,4 ming m3), Koʻchat (2 ming m3), Makrid (0,4 ming m3), Qaxralisoy (Qoraqalpogʻistonda) (1 ming m3) va boshqa marmarning sanoat zaxiralari 50 mln. m3dan ziyod (2000). Marmar qazib oluvchi va ishlov beruvchi yirik korxonalar: "Oʻzsanoatqurilishmateriallari" AJ, "Qizilqumnodirmetalloltin" va "Oʻzavtoyoʻl" davlat aksiyadorlik kompaniyalari.


Granit
Granit, xuddi marmar singari pardozbop toshlar orasida eng mashhur hisoblanadi. Juda katta mustahkamlik, yaʼni marmardan ikki barovar ortiq boʼlganligi uni nafaqat interyerda, balki eksteryerda foydalanish mumkin. Granit hech qanday kuchlanishlardan qoʼrqmaydi: haroratning koʼtarilishi yoki tushishi, maishiy kimyo va namga chidamliligi.
Granit jamoatchilik joylarida keng tanish boʼlgan, yaʼni teatrlarda, muzeylarda, maydonlarda va sohillarda koʼplab foydalaniladi. Shuningdek, hususiy interyerlarda ham ushbu pardozbop materialning imkoniyatlari katta.
Granit toʼgʼrisida nimalarni bilish zarur:
- oʼta mustahkam, juda ishonchli va umrboqiy yirik donador jins;
- yuqori haroratga chidamli, olov bilan toʼgʼridan toʼgʼri kontaktdan tashqari;
- tabiiy ranglarining oʼziga xosligi, yaʼni qora-oqdan to qizgʼish ranggacha;
- pol, devor, oshxona stoleshniklari, basseynlar va hammomlar, zinapoya va deraza tokchalarini qoplash mumkin;
- tozalashda juda qulay, tozalovchi moddalarga chidamli va yuzasi xasta boʼlganda uni qaytadan polirovkalash mumkin va boshqalar.


Slanets
Slanets pardozbop material sifatida 13 asrda maʼlum boʼlgan. Yevropada uylar tomlari slanetsli cherepitsalar bilan yopilgan va bugungi kunda ham undan foydalanib kelinmoqda. Bu uning yuqori darajadagi ekspluatatsion xossalari xaqida maʼlumot beradi.
Slanets qatlamli va yuzasi relьefli, baxmalsimon fakturali strukturaga ega. Slanetsning ranglar gammasi asosan qoramtir va qora-jigarrang tusli boʼlganligi uchun ushbu tosh zamonaviy dizaynga mos keladi.
Muqaddam slanets asosan tashqi devorlarni pardozlashda va landshaflarda ishlatilgan boʼlsa, hozirda ichki devor, pollar, kaminlar fasadlari qoplanadi.

Download 96,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish