10-son umum o’rta ta’lim maktabining Chaqiruvga Qadar Boshlang’ich Tayyorgarlik fani o’qituvchisi Bekbauliyev Ilhomning



Download 3,98 Mb.
bet39/79
Sana08.06.2022
Hajmi3,98 Mb.
#644789
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79
Bog'liq
11-Синф конспет

Birdan hujumga o‘tish. Birdan hujumga o4ish oldidan askar o‘z guruhi tarkibida komandir ko‘rsatgan joyga yashirincha joylashadi, u yerda quroli va jangovar texnikani tayyorlaydi hamda dushmanning yer, havodan boMadigan hujumlarini qaytarishga doimo jangovar shay holda turadi.
Bajarilayotgan vazifaga, joy xarakteri va vaziyatning boshqa shartlariga ko'ra, askar motoo'qchi guruh tarkibida piyodaning jangovar mashinasi (bronetransportyor)da, piyoda yoki tankda desant holatda harakatlanishi mumkin.
P iyodaning jangovar mashinasi (bronetransportyor)da hujumga o'tilayot- ganda, askar oldindan o‘tirishga tayyorlanadi. Bunda u asosiy diqqatni o‘zining shaxsiy ekipirovkasiga, qurolining sozligiga, belgilangan o'q-dori me’yoriga, bundan tashqari, qurolning o‘qlanmaganligiga qaratadi. Agar «Qurol o‘qlansin» komandasi berilgan bo'lsa, avtomat saqlagichga qo‘yil- ganligini tekshiradi, nayza-pichoq chiqarib olinadi.
Seksiya tarkibidagi askarlarni jangovar mashinalarga o‘tqazish uchun mashina oldidagi belgilangan joyda «Mashinaga» komandasi (signali) bo‘yicha saflanadilar. «Joylarga» komandasi (signali)da askarlar g‘ildiraklar, zanjirlar, oyoq qo‘yadigan joydan foydalanib, jangovar mashinadagi o‘rinlarni egallashadi.
O'tqazish vaqtida qurol qulayroq qilib olinadi (PK pulemyotidan tashqari). Pulemyot joylashtirilayotganda, harbiy xizmatchi yoki orqada turganga uzatiladi.


1.2. Yayov tartibda hamlaga o'tish


Seksiya komandirining piyoda tartibda hamlaga o'tish bo'yicha «Seksiya, piyoda tartibga tayyorlan» komandasini olgan mexanik-haydovchi (haydovchi) jangovar mashinaning harakatlanish tezligini kamaytiradi, askar shinakdan qurolini chiqarib, uni saqlagichga qo'yadi va piyoda yurishga hozirlanadi.
Askarning jangovar mashinadan chiqishi (yayov holatga o'tishi) — orqa eshik orqali; bronetransportyordan tuynuk orqali amalga oshiriladi. Jangovar mashinaning yayov holatga o'tish marrasida seksiya komandirining «Mashi­nalarga» komandasi bo‘yicha mexanik-haydovchi (haydovchi) harakatni sekinlatadi yoki joy sharoiti va mavjud boMgan pana joyda qisqa muddatga to'xtaydi.
Seksiya komandirining komandasi bo'yicha askar jangovar mashinadan sakrab tushadi. Hamla boshlanishi bilan askar hamla qilinayotgan obyekt va ulardan o‘tish tartibini aniqlab oladi.
Tank ortidan izma-iz yurib, u o‘zining olovi bilan dushmanning o‘t ochish vositalarini yo‘q qiladi, birinchi navbatda, tankka qarshi vositalarni, seksiya harakatiga xalaqit beradigan eng xavfli nishonlarni o‘z vaqtida tankka ko‘rsatadi.
Hamlaning shiddatli boMishi — muvaffaqiyat garovi. Minalashtirilgan maydonga yaqinlashganda, guruh komandirining «Guruh, mening ortimdan bir (ikki) kolonna boMib, minalashtirilgan maydondan ochilgan yoMakka, yugur» komandasi bo‘yicha pulemyotchi birinchi bo'lib yo‘lakka yaqinlashadi, o‘t ochish guruh harakatini yashirib turadi. Qolgan askarlar esa bir kolonna bollib saflanib, tank ortidan uning izidan yoki tayyorlangan yoMakdan yurib, piyoda askarlar jangovar mashinasi (bronetrans- portyor)ning olovli yopib turishi ostida minalashtirilgan joyni bosib o‘tadi. Minalashtirilgan joydan o4ib boiib, askar guruh komandirining «Guruh, jangga olg‘a» komandasi bo'yicha yana guruh zanjirida o‘z o‘rnini egallab, yurgan holda dushmanga qarata o‘q uzib, shiddatli ravishda hamla obyektiga qarab harakatlanadi.
Transheyaga 30—35 m yaqinlashgan askar komandirning «Granata bilan o‘t och» komandasiga binoan, granatani transheyaga uloqtiradi va o‘ta shiddatli ravishda, engashgan holda mudofaaning oldingi marrasiga yugurib chiqadi, dushmanni yaqin masofadan o‘t ochib yo‘q qiladi va ko‘rsatilgan yolnalish tomonga to‘xtovsiz hamlani davom ettiradi.
Agar askar transheyada yoki aloqa yo‘lida jang olib borishga majbur bo‘lsa, unda tez harakatlanishi kerak. Transheyaga yoki aloqa yo'liga kirishishdan oldin askar granata uloqtiradi va avtomatdan bir-ikki bor o‘q uzadi.
Transheya yoki aloqa yo‘llarida dushman tomondan o‘rnatilgan «kirpi», «ayri» va hokazo ko‘rinishdagi simli to‘siqlar nayza-pichoq bilan yuqoriga chiqarib tashlanadi yoki granata bilan portlatiladi. Agar buni bajarish imkoni boimasa, bunday uchastka yuqoridan xufiyona aylanib o‘tiladi.
Dushman transheyasida harakatlanayotganda, diqqat bilan transheyada mina va boshqa portlovchi qurilmalar yo‘qligini ko‘zdan kechirish kerak. Mina-portlovchi g‘ovlar topilganda, ularni zararsizlantirish zarur, imkoni bo'lmasa, aniq ko‘rinuvchi ogohlantiruvchi belgi qo'yilishi darkor.
Dushmanni bunday sharoitda yo‘q qilish juda qiyin, askar, asosan, qoll jangi olib borish mahoratiga, quroli va kuchiga ishonib, bunda nayza sanchish, qo'ndoq (magazin) yoki piyoda kuragi bilan urishni, granata uloqtirish va yaqin masofadan o'q uzishni inobatga olishi kerak.
Motoo‘qchi guruh vzvodda batalyon rezervi tarkibida, shturmchi guruh va jangovar harakatlanishi, undan tashqari, taktik desantning oldingi guruhida harakatlanishi mumkin.
Qoidaga ko'ra, motoo‘qchi guruh 200 m frontda hujumga o‘tadi, motoo'qchi seksiya esa yayov tartibda front bo‘yicha 50 m harakatlanadi. Motoo'qchi guruhga hujumda hamla qilish obyekti va keyinchalik hujum uyushtirish yo‘nalishi ko‘rsatiladi. Radio orqali jangovar vazifa qo‘yilayot- ganda, guruhga keyinchalik hujum uyushtirish yoiialishi ko‘rsatilishi mumkin.
Motoo‘qchi guruhning hamla obyekti bo‘lib, odatda, okopdagi yoki boshqa tayanch punktining istehkom inshootlaridagi dushman hamda hujum yo'nalishida joylashgan tanklar, to‘p va zambaraklar, pulemyotlar va boshqa o‘t ochish vositalari hisoblanadi. Hamla jangovar tartibdagi motoo‘qchi bo'linmalarining tanklar, piyodaning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar) tez olt ochishi bilan birgalikdagi shiddatli va to‘xtovsiz harakatida, dushman bilan yaqinlashganda esa, uni yo'q qilish maqsadida boshqa qurol turlaridan otib, harakatlanishida ifodalanadi.
Motoo‘qchi guruhning shaxsiy tarkibi yayov holatga o‘tganda, piyodalar- ning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar)da mo‘ljalga oluvchi- operatorlar (bronetransportyor pulemyotchilari) va mexanik-haydovchi (haydovchi)lar qolishadi, ular jangovar mashinalarning qurol-aslahalaridan o‘t ochib, jangda o‘z boiinmalarini qoMlab-quvvatlashadi.
Tog‘ hujumida joyning yurishi qiyin uchastkalarida motoo'qchi guruh vzvoddan ajralib, mustaqil harakatlanadi, seksiya esa, qoidaga ko‘ra, guruh tarkibida bo‘ladi. Motoo'qchi guruh (seksiya), odatda, yayov tartibda hara­katlanadi.
Cho’l (dasht) joylardagi hujumda guruh (seksiya) dushman mudofaa- sidagi oraliqlar va ochiq qanotlari ichkarisiga shiddatli ravishda kirib borish va tayanch punktlariga orqa tomondan qat’iy hamla qilish uchun keng qo'llaydi
4. Yangi mavzuni mustahkamlash: yangi mavzu yuzasidan o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini tezkor savollar orqali mustahkamlash, o’quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish, “aqliy hujum”, “klaster” usullari yordamida mavzuni hulosalash. Faol o’quvchilarni baholash.

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish