10-sinf Adabiyot Savolnoma 2019-yil 10-sinf adabiyot. 1-qism Kirish



Download 161,5 Kb.
bet4/6
Sana28.04.2022
Hajmi161,5 Kb.
#587732
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-sinf savolnoma

ALISHER NAVOIY.

  1. Hirot kimning zamonida gullab yashnagan? Husayn Boyqaro.

  2. Kimning zamonida Samarqandda ilm-fan nihoyatda yuksaldi? Ulug’bek.

  3. Ulug’bek abservatoriyasi natijasida nechta yulduz o’rganilgan?1018.

  4. Temuriylar davrida kimning ijodi jahon adabiyotining eng porloq namunalari sifatida e’tirof etildi? Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy.

  5. Kimlar ikki tilda she’rlar yaratgan? Navoiy,Bobur mirzo,Husayn Boyqaro, Sulton Ahmad.

  6. Zullisonayn an’anasi kimning timsolida o’zining oliy cho’qqisiga ko’tarilgan? Alisher Navoiy.

  7. ‘’Alisherbek naziri yo’q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko’p va xo’b aytqon emas’’ deb kim aytgan? Zahiriddin Muhammad Bobur.

  8. Boburning aytishicha Navoiy nechta masnaviy kitob nazm qilibdur deydi? 6ta masnaviy kitob nazm qilibtur 5Hamsa javobida yana biri ‘’Mantiq ut-tayr’’ vaznida ‘’Liston ut-tayr’’dir.

  9. Navoiyning 4 g’azaliyot devoni qaysilar? ‘’G’aroyib us-sig’ar’’,’’Navodir ush-shabob’’,’’Badoyi ul-vasat’’,’’Favoyid ul-kibar’’.

  10. Navoiyning aruz vazniga bag’ishlangan asari qaysi? ‘’Mezon ul-avzon’’.

  11. Navoiyning o’zbek adabiyot va madaniyati tarixi uchun noyob manba sifatida katta ahamiyatga ega asari?’’ Majolis un-nafois’’.

  12. Navoiyning qaysi asari 459ta shoir, yozuvchi, ijodkor,haqida ma’lumot beradi? ‘’Majolis un nafois’’.

  13. . «Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim va shoirlardan ko‘plarining ba’zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi» deb Navoiyning qaysi kitobi aytilgan?«Majolis un-nafois»

  14. «Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohruh mirzo podshohligi davridan boshlab, shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim va shoirlardan ko‘plarining ba’zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi» degan fikrni kim aytgan?Xondamir.

  15. Navoiyning 8 majlisdan iborat asari nomi?«Majolis un-nafois» .

  16. ‘’Majolis un-nafois’’ asarining yettinchi majlisi kimga bag’ishangan? Temur va temuriylarga.

  17. Asarning nechinchi majlisi Husayn Boyqaroga bag’ishlangan? Birgina sakkizinchi majlisi.

  18. Navoiyning aruz ilmini kimdan o‘rgangan?Darvesh Mansurdan.

  19. «Xuroson mulkining rangin fozili erdi, ko‘p ulum va fununda mohir erdi. Sanoe’ va aruz fanida barcha el ani musallam tutar erdi... Bu faqir aruz fanida vosita bila Mavlononing shogirdimen» deb Navoiy kim haqida fikr bildirgan? Yahyo Sebak

  20. «Sening uchun fotiha o‘quli (o‘qiylik) deb o‘z fotihalarig‘a musharraf qildilar».gap kim haqida?Yahyo Sebak .

  21. Navoiy aruz ilmiga bag‘ishlab yozilgan asari?«Mezon ul-avzon»

  22. Navoiy muammo janri haqida yozgan asari?’’Mufradot’’

  23. «Makorim ul-axloq»asari muallifi kim?Xondamir.

  24. Bu kitobda payg‘ambarlar tarixi Odam Atodan boshlab yoritilgan.Gap Navoiyning qaysi kitobi haqida?«Tarixi anbiyo va hukamo» .

  25. Navoiyning diniy mavzularda yaratilgan asarlari?«Siroj ul-muslimin»,«Arba’in», «Munojot».

  26. Abdurahmon Jomiyning tasavvuf tarixiga bag‘ishlangan asari?«Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds».

  27. Navoiyning qaysi kitobi Abdurahmon Jomiyning kitobining erkin tarjimasi?«Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» .

  28. 1499-yilda tuzilgan kitobi?«Munshaot»

  29. Navoiyning tarixiy-memorial ruhdagi asarlari?’’Vaqfiya’’ ‘’Hamsat ul- mutahayyirin’’ ‘’Holati Sayyid Hasan Ardasher’’ ‘’Holati Pahlavon Muhammad’’.

  30. Navoiyning qaysi asari arab tilining izohli lug’ati sifatida e’tirof etiladi?’’Sab’ati abhur’’

  31. . Navoiyning 1488-yilda yaratilgan tarixga bag’ishlangan asari?’’Tarixi mulki ajam’’

  32. « Hech kim turkiy she’rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan» deb Navoiy haqida kim aytgan?Hakimshoh Qazviniy.

  33. «Otasini «Kichkina baxshi» deyishgan, u saroyda amaldor bo‘lgan. Mir Alisher bolalikdan Sulton Husayn mirzo bilan do‘stlashgan» deb Navoiy haqida kim aytgan? Rashidiy.

  34. «Ey (Navoiy), sening tab’ing so‘z ustodidir. Qalaming ochqichi bilan so‘z eshigini ochding » deb Navoiy haqida kim aytgan?Abdurahmon Jomiy.

  35. «Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas» deb Navoiy haqida kim aytgan?Bobur.

  36. Navoiyning tasavvuf tarixiga bag‘ishlangan asari?«Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat» .

  37. Navoiyning «Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur...» g’azalining taqde’sini toping? – – V / V – V – / V – –( maf’uvlu/ mafoilun/ faiylun)

  38. «Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur...»g’azalida boshdan oyoq qaysi san’at yetakchilik qilgan?Tardi aks.

  39. Ko’zung ne balo qaro bo’lubtur Kim, jong’a qaro balo bo’lubtur. Misrasidagi qaro so’zining fe’l so’z turkumiga oid ‘’qaro’’ o’rnida qo’llangani orqali qanday badiiy san’at yuzaga kelgan? Iyhom.

  40. Mumtoz adabiyotda mashuqa qanday hislatlar bilan mashhur? Qahri qattiqligi va vafodorligi.

  41. Boqiy topar ulki, bo’ldi foniy,Rahravg’a baqo fano bo’lubtur baytdagi ‘’rahrav’’ so’zining ma’nosi nima? Yo’l yuruvchi, ya’ni solih demakdir.

  42. ’’Meni men istagan…’’nomi g’azalining taqdesi qanday? V---/V---/V---/V--- mafoiylun/mafoiylun/mafoiylun/mafoiylun hazaji musammani solim .

  43. . ’’Meni men istagan…’’g’azali Navoiyning qaysi devoniga kirgan?’’Badoye ul-vasat’’

  44. Netay hur-u pari bazminki,qatlim yo hayotimg’a Ayon ul zahr chashm aylab,nihon bu no’shxand etmas, misrada qanday she’riy san’at ko’zga tashlangan? Jam’u taqsim.

  45. Ushbu misrada jam’u taqsim san’atini qaysi so’zlar orqali yuzaga chiqqan? ‘’hur-u pari’’ so’zlari hamda ‘’ul’’ va ‘’bu’’so’zlari.

  46. Kerakmas oy ila kun shaklikim,husn-u malohatdin Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas ushbu misralarda qanday badiiy san’at qo’llangan? Istiora,jam’u taqsim, ta’did va takroriy so’zlar.

  47. G’azalida yorga qanday ta’rif berilgan?qotilvash,majnunshior.

  48. G’azalda yorning qotilvash,majnunshior shuning uchun ham uning joyi qayerda deyilgan?lirik qahramonning ‘’buzuq ko’nglida’’.

  49. G’azalda yorga ko’z tegmasligi uchun lirik qahramon yorga nimadan isiriq solishini aytadi? Isiriq donachalari muhabbat urug’laridan ekanligini aytadi.

  50. Alisher Navoiyning ‘’Ey sabo…’’ g’azalining taqdesi qanday? -V--/-V--/-V--/-V- foilotun/foilotun/foilotun/foilon. Ramali musammani maqsur.

  51. Alisher Navoiyning ‘’Ey sabo,..’’ g’azalida bir qarashda oshiqning dil izhoriga oid tuyg’ular ifodasi aks etayotganday ko’rinsa-da, aslida, g’azalda nimaning ifodasi aks etgan ? Obyektiv voqelikka bo’lgan estetik munosabat ifodasi bosh o’rinda aks etgan.

  52. Oshiqning saboga qilgan murojatidan yagona maqsad nima edi?Oshiqning holatini,chekayotgan iztirobini ma’shuqaga yetkazish.

  53. Mashuqa oddiylar qatorida emasligi va uning birinchi belgisi nimada edi? ‘’Sarvi xiromon’’ligidadir.

  54. Qit’a shakliga ko’ra qaysi janrga yaqin turadi?G’azalga.

  55. Qit’a nimasi bilan g’azaldan farq qiladi? Mat’laning yo’qligi bilan farqlanadi.

  56. Qit’aning qofiyalanish tartibi qanday?a:a,d:a,e:a,f:a,…

  57. Qit’aning eng kichik shakli nechi baytdan iborat bo’ladi? Ikki baytdan iborat bo’ladi.

  58. Qit’a nimasi bilanboshqa janrlardan ajiralib turadi? Qit’aga aniq chegara qo’yilmagan. U ko’proq falasafiy, ijtimoiy-siyosiy,axloqiy-ma’naviy masalalarni tilga olishi bilan ajiralib turadi.

  59. Qit’a nimasi bilan ruboiy,tuyuqdan farq qiladi?Ruboiy va tuyuqda qat’iy vazn belgilangan bo’lsa qit’ada erkindir.

  60. ’’Ul bodakim….’’ G’azalida qofiyada ‘’vafo’’ hamda ‘’xato’’so’zlari orqali qanday badiiy san’at yuzaga kelgan? Tazod.

  61. Misralardagi ‘’juz’’ so’zi nimani anglatadi? Ayrimalikni,yakkalikni,kamlikni.

  62. Misralardagi ‘’yuz’’ so’zida qanday ma’no mujassamlashgan? Jamlik, ko’plik,butunlik.

  63. Misralardagi ‘’xito’’ va ‘’xato’’ so’zlarining yozuvdagi yaqinliklari qanday badiiy san’atni yuzaga keltirgan? Tajnis.

  64. Qit’adagi ‘’tavoze’’ so’zining ma’nosi? Adablilik,o’zini past va kamtar tutish.

  65. Navoiyning aytishicha tavoze hamma uchun ham yaxshiligini,uni kimlar o’ziga odat qilsa judayam yaxshi bo’ladi deydi? Ahli davlat ya’ni qo’li uzun kishilarning o’zida odat qilishi yanada yaxshiroqdir deydi.

  66. .’’Da’b’’ so’zining ma’nosi nima? Odat, qiliq, hislat.

  67. ’’Minnat himmatni yo’q qiladi’’ degan fikrlar kimga tegishli? Beruniy.

  68. Shoir o’z she’rlarini nima deb hisoblaydi? ‘’Durru maknun’’

  69. ’’Durru maknun’’ so’zining ma’nosi? ‘’Yashirin dur’’, “yaxshi saqlangan dur’’.

  70. Shoirning ko’plab g’azallari nechi banddan iborat bo’lgan?9,11,13.

  71. Ammo ular nechi banddan kam bo’lmagan?7 banddan.

  72. ’’Funun al-balog’a’’ asarining muallifi? Ahmad Taroziy.

  73. Ahmad Taroziy o’zining ‘’Funun al-balog’a’’ asarida nechta she’riy janrlarga tavsif beradi?10ta.(qasida,g’azal,qit’a,ruboiy,masnaviy,tarje,musammat,mustazod,mutavval,fard)

  74. ’’Xazoyin ul- ma’oniy’’da she’riy janrlarning nechi xili mavjud? 16xili.

  75. Mutaxassislar 16xil janrning orasida eng barakalikrog’I qaysi janr deyishgan? Ruboiy.

  76. Navoiyning qaysi asari asosan tasavvuf g’oyalari targ’ibiga bag’ishlangan bo’lib unda tasavvufdagi asosiy tushuncha va tamoyillar nihoyatda sodda va tushunarli tilda talqin etilgan?”Nazm ul-javohir’’

  77. Navoiy ’’Otangga rioyat qil-bolangdan qaytadi’’ hadisi uchun qaysi ruboiyni keltirib o’tgan? Farzand ato qullig’in chu odat qilg’ay, Ul odat ila kasbi saodat qilg’ay, Har kimki atog’a ko’p rioyat qilg’ay, O’g’lidin anga bu ish siroyat qilg’ay’’.

  78. Navoiyning ‘’Xazoyin ul- maoniy’’ asari nechta mustaqil devondan tashkil topgan?4ta.

  79. Uning xalq orasidagi yana bir nomi qanday? ‘’Chor devon”,To’rt devon’’.

  80. ’’Mobodo Navoiy boshqa asar yozmasdan faqat ‘’Xazoyin ul- maoniy’’ni, hatto uning tarkibidagi bitta devonini –‘’G’aroyib us-sig’ar’’ yoki ‘’Navodir ush-shabob’’,yohud ‘’Favoyid ul-kibar’’ni yaratganda ham adabiyotimiz tarixidaeng ulug’ shoirlarimizdan biri bo’lib qola berar edi’’ fikrlar kimga tegishli? Abduqodir Hayitmetov.

  81. ’’Xazoyin ul-maoniy’’da qanday janrlar ulug’lanadi?G’azal,qasida,ruboiy,tuyuq,qit’a,muhammas,musamman,tarji’band,tarkibband,mustahzod,masnaviy,soqiynoma,muammo,sevgi va sadoqat.

  82. ‘’Qomusiy bilimlar egasi’’ kim ekan?Alisher Navoiy.

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
1Temuriy shahzoda Z.M.Bobur qachon qayerda tug’ilgan? 1483 14-fevralda Andijonda.
2.Boburning mustaqil siyosiy faoliyati qachondan boshlangan? Otasi Umarshayh Mirzoning erta vafotidan keyin.
3.Otasi vafot etganda Bobur nechi yoshda edi?12yoshda.
4.Bobur qayerni ishg’ol qilish uchun bir necha marotaba urinadi? Samarqandni.
5.Amir Temur davlatining poytaxti qayer edi? Samarqand.
6.Samarqandni qo’lda tutib tura olmasligini Bobur o’zini qaysi she’rida bayon etgan?Davron meni o’tkardi sari somondin, Oyirdi meni bir yo’li xonumondin deb boshlanuvchi she’rida.
7.Boburning yagona maqsadi nima edi? Yirik va mustahkam markazlashgan davlat tuzish .
8.O’zining maqsadini ya’ni yirik mustahkam markazlashgan davlat tuzishini Movorounnahrda emas Hindistonda amalga oshirgani qaysi g’azalida keltiradi? Tole yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ladi, Har ishniki ayladim, xatolig’ bo’ldi deb boshlanuvchi g’azalida.
9.Boburdan bizga nima meros bo’lib qolgan? Boburnomasi, bir qator ilmiy,tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy ta’limiy ruhdagi asarlaridan iborat meros qoldi.
10.Bobur qaysi asarni o’zbekchalashtirib tarjima qilgan? Xo’ja Ubaydullohning ’’Risolayi volidiya’’asarini.
11.Uning masnaviysi qaysi? ‘’Mubayyin.’’
12.Bobur yana nimani ixtiro qildi? Hatti Boburiyni.
13.Bobur qachon qayerda vafot etadi? 1530-yili 26-dekabr 47 yoshida Agrada vafot etadi.
14.Keyinchalik vasiyatiga muvofiq hoki qayerga qo’yiladi? Kobulga keltirilib o’zi bunyod qilgan Bog’i Boburga qo’yiladi.
15.Bobur qayerda bog’ barpo ettirgan? Kobul.
16.Andijonda Bobur xotirasiga bag’ishlab uning nomidagi qanday joylar barpo etilgan? Bog’,teatr ,universitet,kutubxona.
17.Shoirning ramziy qabr maqbarasi qayerda bunyod etilgan? Bobur milliy bog’i majmuasida, ‘’Bobur va jahon madaniyati ‘’ mavzeyida bunyod etilgan.
18.Z.M.Bning nomi yana qayerlarga berilgan?Andijon markaziy ko’chalaridan biriga, Toshkentdagi istirohat bog’i va ko’chaga,Andijon viloyati Honobod shahridagi istirohat bog’iga. Yana O’z fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta’sis etildi.
19.Xalqaro Bobur Jamg’armasi Qachon tashkil etilgan? 1993-yil 23-dekabr.
20.Bu jamg’arma nechidan ziyod sharq mamlakatlari bo’ylab ekspiditsiya uyushtirdi? 10
21.Jamg’arma to’plagan ma’lumotlarga ko’ra ular qancha asar, nechta film yaratadi? 10dan ziyod ilmiy, hujjatli,badiiy asarlar, 10ga yaqin hujjatli videofilmlar.
22.Bobur jamg’armasining qayerlarda bo’limlari mavjud? Lohur (Pokiston),Haydarobod(Hindiston), Abu Dabi(BAA),Moskva(RF),O’sh (Qirg’iston), Toshkent, Namangan, shaharlarida.
23.……U turli go’zal fazilatlar va maqtashga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha sifatlar ichida shijoat va muruvatpeshaligi ustun ketar edi. Qaysi asarda Boburga shunday ta’rif berilgan? ‘’Tarixi Rashidiyda’’
24.Kim Boburga Chig’atoy sultonlarining eng sarasi va zo’ri shijoatlisi edi deya ta’rif bergan? Husanxo’ja Nisoriy.
25.Bobur dilbar shaxs, uyg’onish davrining tipik xukmdori mard va tadbirkor odam bo’lgan u san’atni, adabiyotni sevadi hayotdan xuzur olishni yaxshi ko’radi. Uning nabirasi Akbar yanada dilbarroq bo’lib ko’p yaxshi fazilatlarga ega bo’lgan deya qaysi asarda shunday deya ta’rif berilgan? ‘’Javoharlar Ne’ru’’ asarida.
26.Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o’z zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini , qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu jihatdan bu asar Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir.ushbu gaplar kimga tegishli? Monstyuart Elfinston.
27.‘’Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolarniki singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan bo’lsa-da, u o’z saltanatining sultoni, buyuk imperatori darajasiga ko’tarildi. O’z mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik bilan idora qildi. Bu o’lkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi’’ Ushbu fikr kimga tegishli? RUMER GODEN.
28.‘’Bobur Mirzo so’z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni o’zi ham sezadi.Shuning uchun umrining oxirida o’g’li Humoyunga “Bobunoma”ni tugallab taqdim etganida unga … ushbu so’zlar kimga tegishli? Pirimqul Qodirov.
29.Boburnomaning dastlabki nomi nima edi? “Vaqoyi”
30.Boburning Humoyunga ilova qilgan ruboiysi qaysi edi? Bu olam aro ajab alamlar ko’rdim, Olam eliding turfa sitamlar ko’rdim… deb boshlanuvchi ruboiysini.
31.Boburning zo’r istagi nima edi? Vaqoyini o’qiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolarni takrorlamasinlar.
32.‘’Boburnoma qaysi asar kabi avlodlarga ulkan hayotiy tajriba saboq va qisman vasiyat tarzida yozilgan edi?’’ Temur Tuzuklari
Boburnoma.
1.Asar nechanchi yil voqealarini o’z ichiga oladi?(1506-1507) 912.

  1. Xurosonga jo’nash chog’ida qaysi yo’l bilan jo’nashadi? Gurband va Shibartu.

  2. Xurosondan kim nohushlik bilan chiqqan deyilgan edi? Jahongir Mirzo.

  3. Boburning Kobuldan yo’lga tushganligi haqda kimga maktub yo’llashadi? Sulton Husayn Mirzoga

  4. Maktubni kimlar yetkazdi? Sayyid Afzal tabirchi va Sulton Muhammad do’lboy.

  5. Balxni kim qamal qilgan edi? Shayboniyxon

  6. Balxda kim qo’rg’onbegi edi? Sulton Qulichoq

  7. Shayboniyxon o’z odamlarini qayerga hujum qilish uchun yuboradi? Badaxshonga

  8. 19. Asarda Ko’xiston beklari deya kimlar aytilgan? Muborakshox va Zubayr

  9. Boburnomada aytilishicha qaysi daryodan o’zbeklar kechib, ko’pchiligi o’q yeb qilich ostida o’lgan edi? Kishm .

  10. Ismning yodga olinishini hokimlar nima deb ataganlar? Ikkinchi umr.

  11. Bobur Mirzoning uch ammalari kim? Poyanda Sultonbegim, Ofoqbegim, va Xadichbegim.

  12. Ularning qaysi birlari bilan tazimli ko’rishadi? Ofoqbegim.

  13. Bobur Mirzo qayerni munosib ko’rmay, Alisherbekning uyiga ketadilar? “Bog’i Nav”.

  14. Qaysi imorat bog’chaning o’rtasida bunyod etilgan bo’lib ikki qavatlik , yoqimli imoratdir deya ta’rif berilgan? Tarabxona.

  15. Bu imoratni Bobur qurdirgan bo’lsada suratlar bilan bezashni kim buyurgan? Abu Said Mirzo.

  16. ‘’Boburnoma’’da aytilishicha san’atkorlardan qaysi biri changni yaxshi chalardi deya ta’riflangan? G’ulom Shodiyning inisi Shodibachani.

  17. Kim yaxshi qo’shiq aytardi deb ta’riflangan? Hofiz Xo’ja.

  18. Kim qo’shiqni baland, qo’pol va notekis aytardi deya ta’riflagan? Mirjon ismli xonanda.

  19. Muzaffar mirzo Bobur mirzoga qanday narsalarni sovg’a qilib beradi? 1kamar, shamshir, 1qo’zi po’stin, 1bo’z toychoq.

  20. Bobur mirzoning sayrlarda boshlovchisi kim edi? Yusuf Ali Ko’kaldosh.

  21. Yigirma kunlik sayohatdan so’ng mashhur sayrgohlardan qaysi joy ko’rilmadi deb aytadi Bobur mirzo? Husaynbekning uyi.

  22. Alisher Navoiyning uylari Boburnomada qanday nom bilan aytib o’tilgan ? ‘’Unsiya’’

  23. “Boburnomada” asarida Xusravshox navkarlarini xurmat qilishini aytib, Bobur mirzo ular orasida kimlarni yaxshiroq kishi erdi deb ta’riflaydi? Saydin Ali Darbon va Muhib Ali Qo’rchin.

  24. Muhib Ali qo’rchining hayot voqealarini qaysi asar davomida bayon etib ketilgan? “Vaqoye”

  25. Boburning aytishicha o’sha paytda Chaxcharon yerlari kimga tegishli bo’lgan? Zunnunbekka.

  26. Xalifa bog’ining o’rnida bog’cha bo’lib, u yerni kim bunyod qilgan edi? Ulug’bek mirzo (Kobuliy)

  27. Kim Kobulda mardonavorligi tufayli xurmat-e’tibor topib, o’sha yerda Kobulda soqchi dasta boshlig’i mansabiga qo’yilgan edi? Do’st Saripuliy.

  28. Bobur mirzo Shohbegim kelganlarida unga qayerni bergan edi? Kobulning a’lo yerlaridan, Pamg’onni.

  29. Kimga tug’ishgan ukalaridek ko’rib, Lag’mon tumanlaridan Mardiravor tumanini berganini Bobur mirzo aytadi? Sulton Saidxon- Koshg’ar xoni.

  30. Boburnomada keltirilgan fathnoma so’zining ma’nosi? Zafar maktublar.

  31. Bahor faslida qaysi joyda turli-tuman lolalar ochilib, hattoki Bobur mirzo lolalar navini sanashga buyurganida u yerdan 34 xil lolani navi topilgan? Gulbahor etaklaridan.

  32. Boburning aytishicha kim Mulla Ne’mat, Mulla Dovud, Mulla Opoqning ukasi va yana bir necha kishini qo’lga tushirib shahid qilganligi aytilgan? Abdulaziz.

  33. Qaysi ko’l berib o’tilgan? Daryoyi Xo’rd.

  34. Qaysi xalq odatiga ko’ra yuz mingni bir lak(lak-yuz ming) va yuz lakni bir karo’r(1 million) deb aytadilar? Hindiston xalqi.

  35. Garchi viloyati bo’lmasada, sardorlikni havas qilib, o’n ikki ming otliq lashkarni saqladi deb atalgan obraz? Sulton Iskandarning og’li Mahmud.

  36. Rajab oyining oltinchisida, chorshanba kuni qayerga borishadi? Mevat hokimligi joylashgan Alvarga.

  37. Ma’ruf, Biban, Boyazid, Qanno’jdan qochib, Irijga kelib, qayerni Abulmuhammad nayzabozdan tortib olganligi haqida aytib o’tiladi? Shamsobod qa’lasini.

  38. Xurosonga yuborilgan Sayyid Afzal bilan Sulton Muhammad do’ldoydan xatlar kelgan bo’lib, bu xat nima haqida edi? Sulton Husayn mirzoning vafoti

  39. “Boburnoma” asarida kimning she’rlarini be’maza, ularni yozganidan yozmagani ma’qul edi deya fikrlar yuritiladi? Hasan Yaqub.

  40. Bobur mirzo Abulmuhsin mirzo bilan otdan tushib ko’rishgach yana otga chiqishadi, Abulmuhsin mirzodan kichik bo’lgan Muzaffar mirzo va ibni Husayn mirzo bilan qay holatda ko’rishadi? Ot ustida.

  41. “Odam behad ko’p to’planganidan tiqilinchda ba’zi kishilarning uch-to’rt qadam yo’lda oyog’i yerga tegmas edi” deya “Boburnoma” asarida keltirilgan joy qayer? Badiuzzamoning uyi.

  42. “Boburnoma ” asarida burungi ota-bobolarimiz qattiq hurmat qilgan bir odat aytib o’tilgan edi. Bu qaysi odat edi? Chingiz odati.

  43. Bobur mirzo ikkinchi safar Badiuzzamon mirzo uylariga tashrif buyurganda avvalgidek Badiuzzamon ta’zim qilmaydilar, shunda “Garchi yoshim kichik bo’lsada, martabam ulug’dir. Ota taxti Samarqandni ikki bora jang bilan olib o’tiribman, shu bois mening ta’zimimda bo’lmaslik asossizdir” deya bu fikrlarni Bobur mirzo kimlar orqali ayttiradi? Muhammad Burunduqbek va Zunnunbek orqali.

  44. Kobul va G’azni to’polonchi va janjalkashlar makoni bo’lib u yerda qanday el va ulus yig’ilgan edi? Turk, mo’g’ul, aymoq, afg’on va hazoradan.

  45. Xuroson va Kobul orasida yaqinroq tog’ yo’li bo’lib, qor va muz kabi narsalar to’siq bo’lmasa necha oylik yo’l edi? 1oylik.

  46. Bobur mirzoga Badiuzzamon mirzo, Abulmuhsin mirzo va Muzaffar mirzolar Xurosonda qishlashni taklif qilganda, yo’q deya olmay taklifni qabul qilishadi va qayerni ko’rmoq orzusida ekanligini Bobur mirzo aytadi? Hirotni.

  47. Badiuzzamon mirzo ham Hirotga jo’nab ketgach, 2-3 kundan so’ng qaysi yo’l bilan Bobur mirzo ham Hirotga yo’l oladi? Childuhtaron va Toshrabot yo’li orqali.

  48. Bobur mirzo otamdan so’ng kimning qadami sharofati bilan xolid va taqvodor bo’ldim deydi? Xo’ja Qozi.

  49. “Boburnoma”da takidlangan “eli hazil bilan tirik el” deya qayer ta’riflangan? Xuroson.

  50. “Boburnoma” asarida sanab o’tilgan shifoxonalar nomi? Safoiya, Shifoiya.

  51. Zangari Mirg’iyos yeridan Kobulga qaysi yo’l bilan borishlarini kengashib, qaysi yo’l biroz yiroqroq bo’lsa-da, lekin betashvish va xavotir deya fikr yuritiladi? Qandahar yo’li.

  52. Charxning men ko’rmagan javru jafosi qoldimi? Hasta ko’nglim chekmagan dard-u balosi qoldimu? Ushbu misra qaysi voqeadan keyin bitilgan? Qor kuchli yoqqanligi sababli yana ortga qaytishda ko’p tashvish va mashaqqat tortilgan paytda.

  53. Tangriberdi va Qanbar eli kimning og’illari edi? Qosimbekni.

  54. “Do’stlar bilan birga bo’lgan o’lim to’ydir.” Ushbu maqol qaysi xalq maqoli? Forsiy.

  55. Bobur mirzo Dovonning tubiga yetdik va o’sha yerda tunni o’tkazdik deydi va sovuq urganligi sababli kimlar kasal bo’lib qoldi? Kepakning oyog’i, Suyunduk Turkmanning qo’li, Axiyning oyog’i.

  56. “Uylar issiq, semiz qo’ylar, otga o’t va pichan benihoya, o’t yoqmoqqa o’tin va terak behad hisobsiz” deya qayer ta’riflangan? Yakka O’lang (Boyinadagi joy nomi)

  57. Qaysi joy orasida shunday sovuq ediki, umr bo’yi buncha sovuqni ko’rmagan edim deb Bobur mirzo ta’kidlaydi?Zimma Yaxshi va Mand.

  58. “Dovdiraganidan egilib kelguncha ikki marta yiqildi” deya ta’riflangan shaxs? Mirzoxon.

  59. Mirzoxonning ortidan yuborilgan Ahmad Qosim ko’hbur va yana bir necha yigitlar qayerdan Mirzoxonni tutib olib keladilar? Qang’abuloq qirlarida.

  60. Muhammad qo’rchi, Muborakshoh, Zubayr va Jahongir singari Badaxshon beklari kimning muomalasi va ishlaridan ranjib, hatto u kishiga yov bo’lganliklarini berib o’tgandi? Nosir Mirzo.

  61. “Boburnoma” da aytilishicha qaysi xalq Nosir mirzoni yengib, bor narsalarini talon-taroj qilganliklari haqida aytib o’tiladi? Badaxshonliklar .

  62. Boburnomada aytilishicha Dashti Shayxda nech xil lola bor? 33xil.

  63. Nosir mirzo yaqinidagilar bilan talanib, Iskamish va Norin bilan Kelagoyga borib, Qizilsuvning yuqorisidan o’tib Otdara yo’li bilan kirib, Shibartu dovonidan oshib, Kobulga qay holatda kirib keladilar? 70-80ta talagan, oldirgan, och-yalang’och navkar-savkari bilan.

  64. Rum g’azoti tartibida lashkarlar oldida boradigan miltiqlar va ra’dandozlar (olov otadigan qurolni boshqaruvchi) ni saqlash vazifasi kimga yuklatilgan bo’ladi? Nizomiddin Ali Xalifaga.

  65. “Boburnoma” asarida aytilishicha Xusrav shohning askarlari qaysi voqeadan so’ng sal o’zlarini bosib olganliklarini aytdi? Nosir mirzo mag’lub bo’lganidan so’ng.

  66. “Boburnoma” da aytilishicha kimning ko’proq “Shohnoma” asarini o’qishni xush ko’rishi berilgan ? Bobur mirzoning otasini.

  67. Hindlar bilan bo’lgan jangda g’alabadan so’ng bu g’alabaga atab “podshohi islom” degan ta’rixni kim topshiradi? Shayx Zayniddin.

  68. Kobuldan Mir Gisu ham ta’rix bitgan bo’lib, yana shunday g’alabalardan biri Dipalpur fathiga ikki kishi qanday nomli ta’rixni bitadi? “Vas’ati rabi ul-avval” nomli.

  69. Mevatni zabt etishga harakat qilib, kimlarni Ilyosxonning ustiga yubordik deb Bobur mirzo ay-di? Muhammad ali jang-jang, Ali Garun va Abdumalik qo’rchini.

  70. Bobur mirzoning fikricha Safar oyining yigirma sakkizinchisida Fahriyahon begim va Xadicha Sulton begim bola-chaqasi bilan qayerdan keldi deb aytadi? Kobuldan.

  71. Chandiriy hokimi Mediniy Rav va Raana Lashkar yig’ayotganini eshitib, olti-yetti ming yigitni Chin Temur Sultonga yo’ldosh qilib qayerdan Chanderiyga yuboradi? Kalpiy hududlari.

  72. Qachon Chanderiy zabt etildi deydi? Jumod ul-avval oyining yettinchisi chorshanba kuni.

  73. Chanderiy zabt etilgach u yer kimga hadya etganligini Bobur mirzo keltiradi? Sulton Nosuriddinning nabirasi Ahmadshohga.

  74. Qaysi kuni yana dor ul-xilofa ya’ni poytaxtga kelishadi? ?Jumod ul-avval oyining 11-sida yakshanba kuni.

  75. “Boburnoma”da aytilishicha Ma’ruf, Biban va Boyazid Qannojdan qochib, Irijga kelib, qaysi joyni Abulmuhammad nayzabordan kuch bilan tortib olganligi berilgan? Hamsabod qal’asini

  76. Muhammad Humoyunga o’zi joylashgan yer-Sanbalga ketishi ruxsat berilgan ammo qancha vaqtdan so’ng u joyning yer va suvi unga yoqmasdan tobi qochganligi aytiladi? Olti oy.

  77. Humoyun mirzoning yaxshi bo’lmaganligini ko’rib “Bunday dardlarga bu yaxshi narsani sadaqa qilib berish kerak, shunda Tangri taolo shifo beradi” deb kim aytadi? Mir Abulqosim.

  78. Bobur mirzo Humoyun mirzoning boshidan 3marta aylanib qanday so’zlarni aytadi? “Har qanday darding bo’lsa, men oldim”

  79. Bobur mirzo jumod ul-avval oyining oltinchisida qayerda vafot etadi? O’z qo’li bilan obod qilgan Chahorbog’da.

  80. Ushbu ta’rix kimga tegishli “Humoyun uning mulkining (ya’ni Bobur mirzoning )vorisi edi”…? Mavlono Shihob Muammiyi.

  81. Bubur mirzo sakkiz sifatni o’zida mujassamlashtirgan bular:1muvaffaqiyatlari baland edi, 2himmati arjumand(aziz himmatli) edi, 3viloyat olmoq, 4viloyat saqlamoq, 5ma’murlik 6Tangri taolo bandalariga turmush kengchiligi (yaxshi ahvol) niyati,7lashkarning ko’nglini qo’lga olish, 8adolat qilish.

  82. “Boburnoma” asarini kimga turkiydan forsiyga tarjima qilish buyuriladi? Bayramxonning og’li Mirzoxonga.

  83. “Boburnoma” asarida O’rta Osiyodan boshlanib, Hindistongacha bo’lgan masofadagi necha yillik voqealar haqqoniy bayon etilgan? 50yillik.

  84. “Hanafiy mazhabliq pokiza e’tiqodliq kishi edi” Bobur mirzoning kimga ta’rifi? Otasiga

  85. Asarda qaysi yillar aks etmay qolgan? 1508-1510, 1525, 1530.

  86. Qaysi yillar voqealari bayonida Toshkutga xon qoshida ruboiy o’qigani eslanadi? 907(1501 -1502)

  87. Bobur mirzo “Boburnoma” asarida kimlarning kasblari bilan birgalikda o’zlarini ham tilga oladi? Kotiblardan-Sulton Ali Mashadiy, musavvirlardan K.Behzod, Shoh Muzaffar musiqa ustalaridan-Qul Muhammad Udiy, Shayxi Noyiy, Shhquli G’irrakiylarini

  88. Kobul atrofidagi Gulbahor degan bir joydagi lolalarni sanatganda,u yerda lolani necha xili bore di? 34 xil


Download 161,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish