O’rxun-enasoy obidalari O’rxun-enasoy obidalari dastlab qaysi daryolar atrofidan topilgan?
O’rxun-enasoy obidalari yana nima deb nomlanadi?
O’rxun-enasoy obidalarining eng yiriklari qaysilar?
“To’nyuquq” bitiktoshi nechta ustunga yozilgan?
“To’nyuquq” bitiktoshini kimlar topgan?
“To’nyuquq” bitiktoshi qayerdan topilgan?
O’rxun-enasoy obidalarining topilishi va o’rganilishi qachondan boshlangan?
O’rxun-enasoy obidalari haqidagi dastlabki xabarni kim bergan?
Yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta kimlar taqlim qilganlar?
O’rxun-enasoy obidalari qanday yozuvda bitilgan?
Qog’ozga yozilgan yodgorlik qaysi?
Qaysi bitiktosh kompozitsion jihatdan yetuk asar hisoblanadi?
Qaysi yodgorlikda murojaat,undov,chaqiriq yetakchilik qiladi?
“Tovushlar ohangdorligi,asosan,bir xil tovushlarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladigan ohangdorlik” qaysi tasviriy vosita haqida ?
“To’nyuquq” bitiktoshi asosiy tasvir vositalari qaysilar?
Turkiylarning o’ziga xos qo’shiq va dostonlari bo’lganini manbalarda qayd etishgan qaysi millat vakillari?
Shiroq haqidagi afsonani mazmunini yozib qoldirgan kim?
To’maris haqidagi voqealar tafsilotini kim keltirgan?
TO’NYUQUQ BITIKTOSHI To’nyuquq kim? Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi
Ikkinchi turk xoqonligiga kim asos solgan? Eltarish xoqon
“To’nyuquq” bitiktoshi matni qaysi kitobdan olingan?
“Mangu bitiklar” kitobi mualliflari kimlar?
To`nyuquq bu bitiktoshni kimning davrida yozdiradi? Bilga xoqon davrida
Dono To`nyuquq qayerda tarbiyalangan ? Tabg`achda
Turk xalqi qaysi davlatga qaram edi ? Tabg`ach
Turk xalqi nega o`ldi, yo`q bo`ldi? Tabg`achga qo`shilgani uchun
Ichkariga tashqarisida qancha turk qolgan edi? 700 kishi
Turk xalqining necha qismi yayov edi? 1 qismi yayov
Necha qismi otliq edi ? 2 qismi otliq
700 kishini uyushtirgan boshliq qanday atalardi? Shad
Dono To`nyuquq kim bilan ko`pgina yerlarni zabt etdi? Eltarish xoqon bilan
Janubda……. Tabg`achni;
Sharqda……. Xitoyni;
Shimolda…… O`g`uzni
Allomasi Chovushi kim edi ? To`nyuquq
To`nyuquq qayerlarni manzil qilgan edik diydi? Chug`ayqus va Qoraqumni
Ular u yerda nima yeb turishadi? Kiyik va quyon
Tabg’achga kimni yuboribdi? Kuni Sanguni
Qitanga kimni yuboribdi? To’ngra Semni
To`nyuquq qaysi gapni eshitib, tun uxlamadim, kunduz o`tirmadim deydi? Yerini egallamoqchi bo`lganlarini
To’nyuquqning dushmandan himoyalanish uchun qancha askari bor esi? 2-3 ming
To’nyuquq xoqonning gapidan so’ng qayerga yo’l oladi? O’tukan yeriga
To’g’ladan o’guz kelgan joy nomi? Inigak ko’l
O’g’izning lashkari qancha edi? 3000 kishi
To’nyuquq lashkari qancha edi? 2000 kishi
Turk Xoqoni taxtga o’tirgandan beri qaysi shaharga yetmagan edi? Shantung
To’nyuquq qancha shaharni mag’lub etadi? 23 ta
Dushmanning uyqusi harom bo’lib, cho’l biyobonda yotib qolgach Tabg’ach xoqoni dushmani edi. Undan ortiq yana qaysi davlat To’nyuquqqa dushman bo’ldi? Qirg’izning qudratli xoqoni
“Mening xalqim u yerda bo’ladi. Turk xalqi yana hayajonda” so`zlari kimga tegishli? Turgash xoqonga
Dono To’nyuquq qaysi tog’dan oshib o’tib Qirg’izga hujum qilmoqchi bo`ldi? Ko’gman tog’idan
Ular nima sababli Ko’gman tog’idan yurmaydilar? Yo’lni qor bosgani uchun
Yerchi yigit qaysi qabiladan edi? Cho’llik az qabilasidan
To’nyuquq yurmoqchi bo’lgan yo’lga qaysi daryo orqali borilar edi? Ani daryosi
Oq tarmal hozirgi qaysi daryo? Xua Kem
To’nyuquq lashkarlari necha kun yonlama yo’llardan yuradi? 10 kun
Yerchi nima uchun qatl qilinadi? Yanglishgani uchun
To’nyuquq lashkarlari Qirg’izni qaysi payt bosadi? Uyquda
Qirg’izdan qaytgandan so’ng qayerdan elchi keladi? Turgush xoqonidan
Nima sababdan xoqon uyiga qaytadi? Xotini vafot etgani uchun
To’nyuquq xoqon qayerga o’rnashishni aytadi? Oltin yishga
Lashkarboshi kimlar borsin deydi? Inol xoqon va Tardush shad
To’nyuquq o’rnashgandan so’ng qancha kuzatuvchi keladi? 3 ta
Kuzatuvchilarning gapiga ko’ra dushman qo`shini qayerda yig’ilishga kelishdilar? Yaris dashtida
To’nyuquq tong otganda qayerga yetib boradi? Bo’luchuga
Kuzatuvchilarning ma`lumotiga ko’ra dushman qo`shini qancha edi? 10 tuman
Dushmanlarning lashkari To’nyuquq lashkaridan qancha ustun edi? Ikki qanot yarimicha
Jangdan so’ng To’nyuquqning lashkari qancha yigitni tutadi? Elliktacha
Ular YInju O’g’uzni kechib qayergacha quvib borishgan? Temir darvozagacha
Quvish vaqtida To’nyuquq lashkarlari qaysi tog’ni oshib o’tadi? Bangligak tog’ini
Inol xoqonga kimlar hujum qilishdi? Arab va to’xri
Dubulg’a kiygan xalq nomi qanday? So’g’doq xalqi
To’nyuquqqa nimalar keltirishadi? Sariq oltin, oq kumush, qiz-juvon, egri tuya, ipak
Tabg’achga necha marta yurish qildi? 17 marta
Qitanilarga qarshi necha marta urush qiladi? 7 marta
O’g’uzga qarshi necha marta urush qiladi? 5 marta
To’nyuquq kimlarga xizmat qiladi? Eltarish, Turk Bog’u , Turk Bilga xoqonlarga
Qopog’on xoqon, Turk sir xalqi yashaydigan davlat nima sababdan yashab turibdi?Eltarish xoqon va dono To’nyuquq muvaffaqiyat qazongani uchun
Kim Turk sir xalqini, O’g’iz xalqini tarbiya qilib turibdi? Bilga xoqon
To’nyuquq qaysi hayvonlarni katta qilgan? Qo’ng’ir qo’yni, oq otni
To’nyuquq bitiktoshni kim yozdirgan? To’nyuquq
Qaysi xoqonlar maslahatlashib oltin yiyshga talon solaylik deydi?
“Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan”, “U yerda kiyik yeb, quyon yeb turar edik. Xalqning dumog`i to`q edi” , “Men o`zim, Tabg`ach davlatida tarbiyalandim. Turk xalqi Tabg`ach davlatiga buysunar edi” Bu jumlalar qaysi bitiktoshdan olingan? To’nyuquq bitigidan
“Nega chekinamiz, dushmanni ko`p deb? Nega qo`rqamiz o`zimizni oz deb? Qani bosaylik, hujum qilaylik dedim” Bu jumlalar qaysi bitiktoshdan olingan? To’nyuquq bitigidan