“Tijoratni rivojlantirish bo'yicha trening", "Jamoa tuzishga o'rgatish", "Qaror
qabul qilishga o'rgatish", "Ishbilarmon aloqalar bo'yicha trening",
shuningdek,
psixoemotsional me’yorni ushlab turuvchi treninglar tashkil etilmoqda. Bu borada
mutaxassislara ham ehtiyojlar kuchayib, Oliy o’quv yurtlarida kasbiy mahoratga
ega yoshlarni tayyorlashga
katta imkoniyatlar yaratilinib, mutaxassislarni
tayyorlashga bo'lgan ehtiyoj bugungi kunda turli darajalar va faoliyat sohalari
rahbarlari tomonidan tan olinmoqda. Shubhasiz, xodimlarning treningda ishtirok
etishi xodimlarning o'zlariga ham, ish beruvchilarga ham haqiqiy foyda
keltirayotganligini his qilmoqda.
Hozirda emotsional holatlarni bartaraf etish bilan bo’gliq muammolarni
echimini
topishda, natijada ish unumdorligini oshishirish imkoniyatlarini
mavjudligi bilan stresslarni yumshatuvchi treninglardan foydalanish davomida
ishning samaradorligini sezilarli darajada oshganligi haqiqatdir. Stressni
boshqaruvchi treninglar individyal yo’nalishga ega bo’lib, shaxsni barkamolligi,
tanani boshqaruvchanligi, ijodkorlikni rivojlantirishga yonalgan bo’ladi. Albatta
, bu trenerning kasbiy mahorati bilan amalga oshiriladi.
Har qanday boshqa treninglar kabi stressga qarshi mashg'ulot ishtirokchilari
trening davomida o’zlarini muammolarini hal qilish bilan bog’liq ko’nikma va
malakalarga ega bo’lishadi.
Biz bilamizki, har bir trening mashg’uloti, albatta, psixoterapevtik ta'sirni o'z
ichiga oladi. Biroq, stressga qarshi treninglarda psixoterapiyaning ulushi ko'proq,
chunki ishtirokchilar
nafaqat tashkiliy, uslubiy muammolarni, balki shaxsiy
muammolarni ham hal qiladilar.
Ishtirokchilar ichida mashg'ulot davomida u uchun zarur bo'lgan stressli
vaziyatdan chiqish yo'llarini topmaguncha, guruh ishlarida to'liq
ishtirok eta
olmaydigan holatlar mavjud. Ayrim hollarda ishtirokchilar kuchli ta’sirlanishi
oqibatida kuchli hissiyotlarni boshdan kechirishi kuzatilinadi, ya’ni bu qaysidir
hissiyotga boy bo’lgan mashg’ulotda ishtirok etayotganda sodir bo’ladi. Agar
murabbiy bunday vaziyatda ishtirokchilarga psixologik yordam ko'rsatish uchun
etarlicha kuch, bilimga, va kuchli ko'nikmaga ega bo'lmasa, dasturga kuchli hissiy
portlashni keltirib chiqaradigan "kuchli" mashqlarni kiritmaslik kerak.
Shuningdek, ishtirokchilarning o’zi ham stressga qarshi kurash bo’yicha
mashg’ulot turlariga o’zlarini oldindan ishontirib tayyorlashi kerak bo’ladi.
Ushbu muammoning mumkin bo'lgan echimlaridan yana birii bu ikki
mutaxassis tomonidan treningni tashkil etilishi talab etiladi.
Bunda ulardan biri
mashgulotlarni boshqarish bilan shugullansa, ikkinchisi esa bu vaqtda
ishtirokchilarning reaktsiyalarini kuzatish va kerak bo'lganda ularga o'z vaqtida
yordam berish imkoniyatini oladi.
Shunday qilib, stressga qarshi kurash bo'yicha trenerga maxsus talablar
qo'yiladi. Bu maxsus psixologik ma'lumotga ega va treninglarni o'tkazish
tajribasiga ega, shuningdek, o'zgaruvchan sharoitlarga tezkor javob berish
qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. U shaxs psixologiyasi, psixologik salomatlik,
maslahat, guruh psixoterapiyasi sohasida bilimlarga ega bo'lishi kerak. Murabbiy
mijozlarga terapevtik yordam ko'rsatishni ekspress usullari bilan tanishishi kerak.
U
yana tibbiy psixologiya, xodimlarni boshqarish psixologiyasi bilan tanish
bo'lishi, ya'ni faoliyatning turli sohalarida ishlashga tayyor bo'lishi kerak..
Do'stlaringiz bilan baham: