10-Mavzu dinamikani statistik o`rganish usullari



Download 133,53 Kb.
bet1/7
Sana17.07.2022
Hajmi133,53 Kb.
#818206
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-Mavzu Dinamika

10-Mavzu DINAMIKANI STATISTIK O`RGANISH USULLARI


REJA:
10.1. Dinamika qatorlari ularning turlari va tarkibiy unsurlari.
10.2. Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko`rsatkichlari
10.3. Dinamika o`rtacha ko`rsatkichlarini hisoblash yo`llari
10.4. To`g’ri chiziqli trend tenglamasi
Tayanch iboralar: Dinamika, dinamika qatorlari, payt dinamika qatorlari, davriy dinamika qatorlari, mutlaq o’zgarish, o’zgarish sur’ati, qo’shimcha o’zgarish sur’ati, bir foiz o’zgarishni mutlaq mohiyati, o’rtacha xronologik, o’rtacha geometrik, o’rtacha mutlaq o’zgarish, o’rtacha o’zgarish sur’ati, sirg’anchiqli o’rtacha, analitik tekislash, mavsumiylik, bashoratlash (prognozlash), interpolyatsiya, ekstrapolyatsiya
10.1. Dinamika qatorlari, ularning tarkibiy unsurlari va turlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy hodisa va jarayonlarni vaqt
bo’yicha o’zgarishini o’rganish juda muhim. Chunki, hodisalarni o’z vaqtida
o’rganmaslik, kerak bo’lganda firmaning faoliyati haqida muhim va taqdiriy
qarorlarni vaqtida qabul qilmaslik uni og’ir raqobat sharoitida nochorlikka olib
kelishi mumkin.
Firma va kompaniyalar faoliyati dinamikasini o’rganishdan asosiy maqsad
vaqt bo’yicha rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash va o’lchashdir. Bunga dinamika
qatorlarini tuzish va tahlil qilish vositasi orq ali erishilad
Dinamika so`zi grekcha «dynamikos» so`zidan olingan bo`lib, kuchga tegishli, kuchli degan luaviy mazmunga ega. Bu atama harakat holatini, o`sish yoki rivojlanishni anglatadi.
Hodisalarning vaqt ichida o`zgarishi statistikada dinamika deb, shu jarayonni ta`riflovchi ko`rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi.
Dinamika qatorlari ikki unsurdan tarkib topadi: biri vaqt momentlari yoki davrlar xatnomasi, ikkinchisi - ularga tegishli ko`rsatkichlar.
Dinamika qatorlarining darajalari ijtimoiy hodisalarning sonini, hajmini,
miqdorini vaqt bo’yicha o’zgarishini o’zida aks ettiradi va ular mutlaq, nisbiy va
o’rtacha miqdorlarda ifodalanadi.
O`rganilayotgan rivojlanish vaqtining umumiy uzunligini oraliqlarga bo`lib qarasak, har bir kesilish nuqtasi moment (muayyan on, payt, fursat) deb ataladi, bir momentdan ikkinchisigacha o`tgan vaqt oralii (yil, kvartal, oy, kun va h.k.) esa davr deb yuritiladi.
Hodisa me`yorini muayyan momentga nisbatan belgilasak, u holda uning zaxirasi, ya`ni shu on holatiga bo`lgan miqdori (soni va h.k.) aniqlanadi. Agar hodisa me`yorini ma`lum davr uchun o`lchasak, u holda uning muayyan vaqt oraliidagi oqimi, ya`ni ushbu davr davomidagi umumiy miqdori (hajmi va h.k.) aniqlanadi.
O`rganilayotgan hodisaning vaqt momentlariga yoki davrlarga tegishli ko`rsatkichlari qator darajalari deb ataladi va «y» orqali belgilanadi.
Har bir dinamika qatori boshlang’ich y0 , oxirgi yn , muayyan oraliq yi va o`rta darajalarga ega.
Dinamika qatori quyidagilar bilan xarakterlanadi:
- uzoq muddatli harakat yo`nalishi, ya`ni umumiy asriy tendentsiya;
- qisqaroq davrlarga xos siklik yoki lokal o`zgarishlar;
- ayrim yillarga tegishli tebranishlar;
- mavsumiy to`lqinlar;
- konyunkturaviy tebranishlar.
Statistikada dinamika ma`lumotlarini tarkibiy qismlarga (komponentlarga) ajratish va o`lchash usullari hamda ularni hisobga olib kelajakda kutiladigan rivojlanish istiqbollarini baholash yo`llari ishlab chiqilgan.
Dastavval ko`rsatkichlarning taqqoslama-ligini ta`minlash kerak. Buning uchun ular nafaqat bir xil o`lchov birliklarida va aniqlik darajasida ifodalanishi, balki shu bilan birga zamon va makon (joy) jihatidan taqqoslama bo`lishi kerak. Zamon jihatidan taqqoslamalik deganda ko`rsatkichlar tegishli vaqt uzunliklari teng bo`lishi bilan birga davrlar, ayniqsa, boshlang’ich va oxirgi davr bir-biridan tasodifan farq qilmasligi, masalan, favqulodda voqealarga ega bo`lmasligi nazarda tutiladi. Makon jihatdan taqqoslamalik ko`rsatkichlar teng chegarali hududlarga tegishli bo`lishini anglatadi. Bundan tashqari, o`rganilayotgan ob`ektlarni chegaralash tartibi va uning birliklarini aniqlash masalasi bir xil tarzda echilishi kerak. Ko`rsatkichlarni hisoblash ham yagona usulga tayanishi lozim.
Ma`lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan tuzilgan qator momentli dinamika qatori deb ataladi.
Masalan:

Download 133,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish