10 Ma’ruza: oshqozon oldi bo’limlari kasalliklari



Download 71,1 Kb.
bet5/8
Sana16.03.2023
Hajmi71,1 Kb.
#919509
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-Ma`ruza

Katta qorin timpaniyasi (Timpania ruminis) - gaz hosil bo’lishining kuchayishi va uning chiqarilishining qiyinlashishi hisobiga katta qorin devorining taranglashishi oqibatida paydo bo’ladigan kasallik.
Sabablari. Ko’p miqdordagi oson bijg’iydigan oziqalarning berilishi yoki yashil oziqalarning iziga birdaniga hayvonni sug’orish kasallikning asosiy sabablari hisoblanadi.
Ikkilamchi timpaniyalar katta qorin devorining falajlanishiga sabab bo’ladigan zaharli o’tlardan zaharlanish, qizilo’ngach tiqilishi va shuningdek, isitma bilan o’tadigan o’tkir kechuvchi ayrim yuqumli kasalliklar paytida kuzatiladi.
Rivojlanishi. Katta qorinda bijg’ish jarayonlari kuchayganda gazlarning tashqariga chiqarilishi (evakuasiyasi) qiyinlashadi va ularning katta qorinda to’planib qolishidan devorning taranglashishi ro’y beradi. Reseptorlarning ta’sirlanishi oqibatida kardial va to’rqorin ko’prikchasi sfinktrlarining spazmga uchrashi natijasida katta qorin yopiq bo’shliqqa aylanadi. Vaqt o’tishi bilan bu paytda gaz to’planishi kuchayib, bosim oshib boradi.
Katta qorinning hajmiga kattalashib qorin bo’shlig’ida bosimning ortishi qorin va ko’krak bo’shlig’ida joylashgan a’zolarning qisilishi va ular funksiyalarining buzilishiga sabab bo’ladi. Diafragma harakati, ko’krak bo’shlig’i a’zolarining qon bilan ta’minlanishi, yurak diastolasi va o’pkaning kengayishi qiyinlashadi. Kislorod tanqisligi va asfiksiya rivojlanadi. Ichaklar va jigarning funksiyasi izdan chiqadi.
Belgilari. Kasallik boshida hayvonda bezovtalanish, hadiksirash, oziqa yeyishdan to’xtash, qoringa qarab-qarab qo’yish, bukchayib turish, dumni o’ynatish, kuchanish, tez-tez yotib turish va keyingi oyoqlar bilan qoringa tepinish begilari kuzatiladi. Nafas zo’riqadi va uning bir daqiqadagi soni 60-80 martagacha yetadi. Nafasning yuzakilashishi va ko’krak tipiga o’tishi kuzatiladi.
Hayvon ko’pincha og’zidan nafas oladi, bu paytda og’izdan so’lak oqadi, puls tezlashadi va aritmik tus oladi. Chap och biqin kuchli ko’tariladi, kavsh qaytarish va kekirish to’xtaydi. Katta qorinning qisqarishi avvaliga kuchayib, keyinchalik sustlashadi va butunlay yo’qoladi (parez).
Palpasiyada qorin sohasi konsistensiyasining elastik bo’lishi, perkussiyada timpanik tovush eshitilishi qayd etiladi. To’rqorinning qisqarish shovqini, qatqorin va ichaklarda esa peristaltik tovushlar eshitilmaydi. Hayvon tez-tez tezaklash va siydik ajratish pozasini qabul qilib, kam miqdorda tezak va siydik ajratib turadi.
Tashhisi. Anamnez ma’lumotlari (tez bijg’iydigan oziqalar berilishi) va kasallik belgilari tashhis uchun to’liq asos bo’ladi.
Qiyosiy tashhisi. Kasallik qizilo’ngach tiqilishi, isitma bilan o’tadigan ayrim yuqumli kasalliklar (kuydirgi, qorason va b.) oqibatida kuzatiladigan ikkilamchi timpaniyalardan farqlanadi.
Davolash. Tezlik bilan katta qorindagi gazni chiqarib yuborish va gaz hosil bo’lishini to’xtatish choralari ko’riladi.
Hayvonning old tomoni biroz balandroq tomonga buriladi va chap och biqin sohasi sovuq suv bilan yuviladi. Katta qoringa zond yuborilib, chap tomondan katta qorin sohasi chuqur uqalanadi. Tilni biroz oldinga tortish yoki og’izga pichan, arqon kabi qattiq narsalarni qo’yib turish orqali kekirish aktini ko’zg’atishga harakat qilinadi.
Qo’ylarda timpaniya paytida oldingi oyoq balandga ko’tarilib, qorin devori tizza va tirsak yordamida bir necha marta qisiladi.
Yuqoridagi muolajalar yordam bermagan hollarda katta qorin troakar yoki katta diametrli igna yordamida teshiladi va bunda gazning sekinlik bilan chiqishi ta’minlanadi. Troakar gilzasi (yoki igna) ni katta qorinda 2-5 soatgacha qoldirish mumkin.
Adsorbentlar sifatida qoramollarga 2-3 l miqdoridagi yangi sog’ib olingan sut, 20 g magniy sulfat yoki 10-20 ml ammiak suvini 500 ml miqdoridagi suvda aralashtirilgan holda ichirish mumkin.
Oshqozon oldi bo’limlaridagi bijg’ish jarayonlarini to’xtatish maqsadida 1 litrgacha miqdorda 2 %- li ixtiol eritmasi yoki 160-200 ml miqdoridagi timpanol preparatining 2 litr miqdoridagi suv bilan aralashmasi ichiriladi.
Ko’pikli timpaniyada havo pufakchalarini yo’qatish maqsadida 50 ml sikaden, 160-200 ml timpanol, antiformal (2-4 l suv bilan) yoki 1-1,5 l miqdorida o’simlik yog’i ichiriladi.
Timpaniya belgisi bartaraf etilgach, uning asoratlariga qarshi hayvon 12-24 soat davomida och holda saqlanadi va asosiy rasionga asta-sekinlik bilan o’tkaziladi. Katta qorindagi chirish jarayonlarini to’xtatib turish maqsadida unga ikki osh qoshiq xlorid kislotasini 500 ml suvda aralashtirilgan holda ichirish mumkin.
Oldini olish. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarni oziqlantirish va sug’orish qoidalariga rioya qilinadi.

Download 71,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish