10 Ma’ruza: oshqozon oldi bo’limlari kasalliklari


Oshqozon oldi bo’limlarining gipo - va atoniyasi



Download 71,1 Kb.
bet2/8
Sana16.03.2023
Hajmi71,1 Kb.
#919509
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-Ma`ruza

Oshqozon oldi bo’limlarining gipo - va atoniyasi (Hypotonia et atonia ruminis, reticuli et omasi) - katta qorin, to’rqorin va qatqorin devori qisqarishlari soni va kuchining pasayishi yoki batamom yo’qolishi oqibatida paydo bo’ladigan kasallik. Kasallikning o’tkir, surunkali, birlamchi va ikkilamchi turlari farqlanadi.
Sabablari. Qoramollarni uzoq muddatlar davomida dag’al va to’yimliligi past bo’lgan oziqalar (don uchun yetishtirilgan makkajuxori poyasi, masxar poyasi, sholi poxoli va boshqalar) bilan oziqlantirish va oziqa turining to’satdan o’zgartirilishi kasallikning asosiy sabablari hisoblanadi.
Tavmatik retikulit, travmatik perikardit, isitma bilan o’tadigan ayrim yuqumli va qon parazitar kasalliklar paytida ikkilamchi gipo va atoniyalar paydo bo’ladi.
Rivojlanishi. Achish va bijg’ish jarayonlarining kuchayishi natijasida hosil bo’lgan zaharli moddalarning qonga so’rilishi kuchli intoksikasiyaga sabab bo’ladi. Infuzoriyalar faoliyati izdan chiqadi. Hazmlanish faoliyati va jigar buzilishlari kuzatiladi.
Belgilari. Kasallik boshida hayvonda ishtaha beqarorligi, keyinchalik esa uning butunlay yo’qolishi kuzatiladi. Kavsh qaytarish qisqaradi va keyinchalik butunlay to’xtaydi.
Gipotoniya paytida katta qorin devorining qisqarishi siyrak va kuchsiz bo’lib 2 daqiqada me’yoridagi 3-5 marta o’rniga 1-2 martani tashkil etadi. Atoniya paytida esa bunday qisqarishlar butunlay yo’qoladi.
Katqorin, shirdon va ichaklarda qisqarish shovqinlari siyrak va kuchsiz eshitiladi. Katta qorin suyuqligidagi infuzoriya va mikroorganizmlar soni keskin kamayib, organik kislotalar (propion, moy, sirka va b.) miqdori ortadi. Sirka va moy kislotalarining ko’payishi va propion kislotasining kamayishi hisobiga ular orasidagi o’zaro nisbatlar buziladi. Katta qorin suyuqligida rN - 6,3-5,8 atrofida bo’ladi.
Kasal hayvonda holsizlanish va kam harakatchanlik belgilari kuzatiladi. Umumiy intoksikasiya oqibatida umumiy holsizlanish, taxikardiya va tana haroratining biroz pasayishi (gipotermiya) kayd etiladi. Mahsuldorlik keskin kamayadi.
Kechishi. O’z vaqtida davolash mulojalari o’tkazilganda o’tkir kechuvchi birlamchi gipo - va atoniyalar 3-5 kundan keyin hayvonning sog’ayishi bilan tugaydi. Og’ir kechgan hollarda (katqorin kotishi, shirdon va ichaklarning yallig’lanishi) 10-15 kun, surunkali shaklda esa kasallik 2-3 hafta va hatto 2 oygacha davom etadi.
Tashhisi. Anamnez, kasallik belgilari va ruminografiya natijalari e’tiborga olinadi. Ikkilamchi gipo- va atoniyalar asosiy kasallik negizida rivojlanadi.
Qiyosiy tashhisi. Kasallik travmatik retikulit va katqorin tiqilishidan farqlanadi.
Davolash. Oshqozon oldi bo’limlari devorining harakatini tiklash, zaharli oziqa massasini chiqarib olish va muhitni mo’tadillashtirish maqsadida katta qorin zond yordamida 30-40 litr 1 %-li natriy sulfat yoki natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yuviladi. Bug’oz bo’lmagan sigirlarga teri ostiga 0,001-0,003 g karboxolin, 0,05-0,4 g pilokarpin gidroxlorid yoki 0,02-0,04 g prozerin yuborish mumkin. Bunday xolinergik preparatlarni qo’llashdan oldin katta qorin massasini suyultirish maqsadida 5 %-li natriy yoki magniy sulfat eritmasidan katta hayvonlarga 400-700 ml, mayda kavshovchilarga 40-80 ml ichiriladi.
Chemerisa nastoykasidan sigirlarga 5-12 ml, kuy va echkilarga 2-4 ml suv bilan ichiriladi yoki sigirlarga 3-5 ml miqdorida teri ostiga yuboriladi.
Ishtaha va kavsh qaytarishni tiklash uchun sigirlarga kuniga 2 martadan 20-30 g miqdorida achchik shuvoq beriladi.
Hayvonni kuniga 20-30 daqiqa davomida 2-3 martadan yurgizib turish, kuniga 2-4 marta 10-20 daqiqa davomida chap tomonidan katta qorin sohasini soat strelkasi harakatiga teskari ravishda uqalash va chuqur klizma o’tkazish tavsiya etiladi.
Katta qorin oziqa massasi bilan to’lib kolgan paytlarda hayvon 1-2 kun davomida och qoldiriladi va bu paytda suv berish chegaralanmaydi.
Katta qorin yuvilgach, ustidan spirtli-achitqili aralashma (200 ml 96-0 li spirt, 800 ml suv va ustiga 100-150 g xitoy xamirturush achitqisi, 10 soat davomida iliq va yorug’ joyda saqlanadi), sog’lom sigirdan olingan katta qorin suyuqligi ( 1-2 l miqdorida zond yordamida katta qoringa yuboriladi) va paranefral novokainli qamal o’tkazish (yoki 0,5 %-li novokain eritmasidan 100-150 ml miqdorida vena qon tomiriga yuborish) tavsiya etiladi.
Almashinuv jarayonlarini stimullash uchun teri ostiga yoki muskul orasiga 100-200 XB insulin, vena qon tomiriga 250-300 ml 20-40 %-li glyukoza eritmalari, 250-400 ml 10 %-li natriy xlorid, 200-300 ml kalsiy xlorid eritmasi, teri ostiga 10-15 ml miqdorida 20 %-li kofein eritmasi yuboriladi.
Oldini olish. Hayvonlarni juda dag’al, bir tomonlama, buzilgan, chirigan va mog’orlangan oziqalar bilan oziqlantirish hamda bir oziqa turidan ikkinchisiga hayvonni o’rgatmasdan o’tkazishga yo’l qo’yish mumkin emas.

Download 71,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish