2. Freym va freymli modellar haqida
Turli xildagi modellar imkoniyatlarini o`ziga bog`lovchi tasvirlashlarni ishlab chiqishga intilish, freymli tasvirlashlarni paydo bo`lishiga olib keldi. Freymlar nazariyasi 1975 yilda M. Minskiy tomonidan chop etilgan. Freymlar nazariyasini, bilimlarni freymlar bilan tasvirlash oynasini va "Freym" terminini 1975-yilda M.Minskiy taklif qilgan [1-3]. "Freym" so`zi ingliz tilidan olingan bo`lib, paycha, panjara, ichki skelet kabi mazmunlarda ishlatiladi. Freymlar nazariyasining mohiyati quyidagicha. Inson yangi holatga tushib qolgan paytda, u o`zining xotirasidagi freymlar deb nomlanuvchi asosiy strukturasiga murojaat qiladi. Ya’ni bunday holatda to`g’ri yechimni qabul qilish uchun namunalarga murojat qilish kerakligini eslaydi.
Sun’iy intellektda freymlarning turli ta’riflari mavjud. Quyida ularning bazi birlarini keltiramiz [1-3, 6-8]:
Freym – bu ba’zi tushuncha yoki obyektni tavsiflovchi dinamikli, to’liq aniqlanmagan minimal struktura.
Freym – bu sun’iy intellektda haqiqiy vaziyatlarning harakat sxemasini o’zida aks ettiruvchi bilimlarni tasvirlash ulubi.
Freym – bu qandaydir obyekt, hodisa, vaziyat va jarayonning mohiyatini minimal tavsiflovchi mavhum timsolning modeli.
Freym – bu idrok etishning qandaydir andozasini tasvirlashning mavhum(abstrakt) timsoli.
Freym –bu slotlar(maydon)dan iborat ma’lumotlar strukturasi.
Freym – bu qandaydir konseptual obyektni tasvirlashning ma’lumotlar bazasi bo’lib, freymga tegishli axborotlar uning tahkil etuvchilari bo’lgan slotlarda saqlanadi.
Slot (inglizcha - slot- (teshik, kovak, tirqish, yoriq) terminalli (ierarxiyaning beti) bo’lishi yoki freymning quyi bosqichini o’zida namoyon qilishi mumkin.
Freymli model haqiqiy olam obyektlarining ierarxiyasini yaxshi tizimlashtirishga imkoniyat yaratadi.
Freymli modellar strukturalashgan semantik tarmoqlar hisoblanadi. Bunday tarmoqlarda obyektlar va hodisalar freymlar ko’rinishida tavsiflanadi.
Freymli modellar insonnig predmet soha haqidagi fikrlash jarayonini tasvirlash uchun qo’llaniladi.
Freymli model tarmoqli modelga nisbatan ancha maxsuslashtirilgan bo’lib, bilimlarni klasterlash (fragmentlash) prinsipiga asoslangan bo’ladi.
Boshqa turdagi modellardan farqli ravishda freymli modellarda axborot birliklarning qat’iy strukturasi qayd qilinadi. Bu yerda slotning qiymati (strukturasi) bo`lishi mumkin. Slotning qiymati sifatida freymni tasvirlashda ichkima - ichki tamoyilini amalga oshirishga imkon beradi, freymni aniqlashtirishda unga va slotlarga aniq nom beradi va slotlarni to`ldirish sodir bo`ladi.
Freymli modellarning yutuqlari ularning kompaktliligi, ko’rgazmaliligi, egiluvchanligi, modulliligi va axborot birlilklarni yozishda birxilliligi bilan xarakterlanadi.
Freymli modellarning asosiy kamchiliklari-bu ularda xulosalashni boshqarish mexanizmlarining etishmasligi hisoblanadi. Ba’zi hollarda bu kamchilik tizimning foydalanuvchisi tomonidan slotlar-freymlar sifatida foydalaniladigan protseduralar yordamida tuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |