O`tgan boblarda biz talab va taklif chizmalarini ko`rib chiqqan edik, ya’ni bozor faoliyati tahlilida, firmalar faoliyatini tahlil qilishda o`rtacha va chekli xarajatlarning foydali tomonlarini o`rgandik. 4-chizma 2-jadvaldan foydalangan holda Konradning xarajatlarini aks ettiradi. Gorizontal kesim firmaning mahsulotlari miqdorini va vertikal kesim chekli va o`rtacha xarajatlarni aks ettiradi. Grafik 4 egri chiziqdan iborat: o`rtacha umumiy xarajat (ATC), o`rtacha o`zgarmas xarajat (AFC), o`rtacha o`zgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC).
Xarajat egri chiziqlari Konradning qahva do`koni misolida aks ettirilgan va iqtisodiyotda ko`pchilik firmalar uchun zarur bo`lgan asosiy xususiyatlarga ega. Keling ushbu uchta jihatlarni tahlil qilamiz: chekli xarajat egri chizig`i shakli, o`rtacha umumiy xarajat egri chizig`i shakli va chekli va o`rtacha umumiy xarajat o`rtasidagi bog`liqlik.
Bu chizma Konrad qahva do`koni uchun o`rtacha umumiy xarajat (ATC), o`rtacha o`zgarmas xarajat (AFC), o`rtacha o`zgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC)ni aks ettiradi. Ushbu hamma egri chiziqlar 2-jadval asosida shakllantirilgan. Bu xarajat egri chiziqlari ko`pchilik firmalar uchun alohida xususiyatga ega bo`lgan uchta jihatga ega: 1) Chekli xarajat mahsulot hajmi o`sishi bilan o`sadi; 2) O`rtacha umumiy xarajat U-shaklidagi egri chiziqni aks ettiradi; 3) Chekli xarajat egri chizig`i o`rtacha xarajat egri chizig`ini minimum umumiy o`rtacha xarajat egri chizig`ida kesib o`tadi.
Xarajat
Mahsulot miqdori
O`sib boruvchi chekli xarajat. Konradning chekli xarajatlar u ishlab chiqargan mahsulot soniga qarab ortadi. Bu kamayib borayotgan chekli mahsulotlar narxida aks etadi. Konrad oz miqdorda qahva ishlab chiqarsa, uning ishchilari oz bo’ladi va uning ko’p stanoklari ishlatilmaydi. Chunki u mazkur ishlatilmayotgan resusrlarni osongina muomalaga kirita oladi, qo’shimcha ishchining ehtiyojsiz mahsuloti ko’p va qo’shimcha qahvaning narxi past. Aksincha Konrad ko’p qahva ishlab chiqarganda uning do’koni ishchilar bilan to’ladi va uning barcha stanoklari to’laligicha ishlatiladi. Konrad ishchilar qo’shish orqali ko’p qahva ishlab chiqara oladi, lekin bu ishchilar shovqinli olomon ichida ishlashiga va stanoklarni ishlatish uchun kutib qolishiga to’g’ri kelishi mumkin. Shuning uchun, qachonki, ishlab chiqarilgan qahva miqdori yuqori bo’lganda, qo’shimcha ishchining ahamiyatsiz mahsuloti oz bo’ladi va qo’shimcha piyola qahvaning narxi baland bo’ladi.