DOIMIY VA O’ZGARUVCHI XARAJATLAR - O’rtacha o’zgarmas xarajat
- O’rtacha o’zgaruv-chan xarajat
- Xarajatning turli xil o`lchovlari: Konradning qahva do`koni
- Konradning Umumiy xarajat egri chizig`i
- Bu yerda 2-jadval birinchi ustundan ishlab chiqarilgan mahsulot (gorizontal kesimda) va umumiy xarajat (vertikal kesimda) ikkinchi ustundan o`rin olgan. 2-chizmadan ko`rinib turganidek, umumiy xarajat egri chizig`i kamayib boruvchi chekli mahsulot sababli mahsulot miqdori tezroq o`sishni aks ettirgan.
- Ulardan biri doimiy xarajatlar va uni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga aloqasi yo’q. Ular firma hech narsa ishlab chiqarmasa ham mavjud bo`ladi. Konradning doimiy xarajati u to’laydigan ijaralardan iborat. Agarda Konrad hisobchi yo’llasa, uning maoshi doimiy xarajat hisoblanadi, chunki hisobchi ishlab chiqarish miqdoriga ta’sir etmaydi. 2-jadvalning 3-ustunida Konradning doimiy xarajati ko’rsatilgan va misolda 3.00$ miqdorida.
- Firma xarajatlarining yana bir turi o’zgaruvchi xarajat deyiladi. Bu firma ishlab chiqaradigan mahsulot miqdorining o’zgarishi bilan o’zgaradigan xarajatdir. Konradning o’zgaruvchi xarajatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: qahva dukkaklari, sut, shakar va qadoqlash xarajatlari. Konrad qancha ko’p qahva ishlab chiqarsa, shunchalik resurslarga ehtiyoj sezadi va bundan uning xarajatlari ortadi. Mahsulot hajmini ko’tarish maqsadida qo’shimcha ishchilar yollash ham mumkin va bu ishchilarning ish haqi ham o’zgaruvchi xarajat hisoblanadi. Jadvalning 4-ustuni Konradning o’zgaruvchi xarajatini ko’rsatadi. Agarda, firma hech narsa ishlab chiqarmasa, o’zgaruvchi xarajat ham bo’lmaydi. Agar firma hech nima ishlab chiqarmasa o`zgaruvchi xarajat 0, 1 piyola qahva uchun 0,30$, 2 piyola qahva uchun 0,80$ va h.k.
- O’RTACHA VA CHEKLI XARAJATLAR
- Firma boshlig’i sifatida Konrad qancha mahsulot ishlab chiqarish to’g’risida qaror qabul qiladi. Mazkur qarorning ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarish darajasini o’zgartirganida uning xarajatlari qanday
- o’zgaradi. Bu qarorni qabul qilishda Konrad ishlab chiqarish nazoratchisiga quyidagi savollar bilan murojaat qilishi mumkin.
- Odatiy bitta mahsulot ishlab chiqarish xarajati qancha bo’ladi?
- Uni bittaga oshirgandagi xarajat qanchani tashkil etadi?
- Garchi bu savollar bir xil javob talab qilayotgandek tuyulsada, unday emas. Firma qanday qaror qabul qilishini tushunishda talab etilayotgan javoblarning ikkovi ham muhim rol o’ynaydi.
- Ishlab chiqarilgan o’ziga xos birlik xarajatini topish uchun, firmaning xarajatini yaratiladigan mahsulot hajmiga bo’lamiz. Masalan, agar firma soatiga 2 piyola qahva ishlab chiqarsa, uning umumiy xarajati 3.80$ bo’ladi va odatiy bir piyola qahvaning xarajati 3.80/2 yoki 1.90 bo’ladi. Umumiy xarajatning ishlab chiqarish hajmiga nisbati o’rtacha umumiy xarajat deyiladi. Umumiy xarajat doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar yig’indisi bo’lganligi uchun, o’rtacha umumiy xarajat o’rtacha doimiy va o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar yig’indisiga teng. Doimiy xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati o’rtacha doimiy xarajat deyiladi. O’zgaruvchi xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati esa o’rtacha o’zgaruvchi xarajatni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |