10-bob. Narx siyosati


 Savdo qilishning yangi turlari va usullari



Download 380,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana16.03.2022
Hajmi380,2 Kb.
#493709
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
narx siyosati (1)

10.3. Savdo qilishning yangi turlari va usullari 
Savdo qilishning yangi turlariga internet, elektron pochta, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
marketing, franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin. 
Internet orqali savdo qilish hozirgi paytda zamonaviy savdo qilish turi 
hisoblanadi. Juda ko‘p firmalar internetda mahsulotlarini taklif qiladilar. 
Iste’molchilar o‘zlariga kerakli mahsulotni o‘zlarining kompyuteri orqali buyurtma 
berib sotib olishlari mumkin. Internet orqali savdoning ustunlik tomonlari bu 
birinchidan, vaqt tejaladi, ikkinchidan vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab 
chiqaruvchidan olish imkoniyati paydo bo‘ladi. 
Do‘kondan tashqari savdo turlariga quyidagilar kiradi (11.4-rasm). 
11.4-rasm. Chakana savdoni do‘kondan tashqari shakllari 
To‘g‘ridan -to‘g‘ri marketingning quyidagi shaklllari mavjud: 
Do'kondan 
tashqari 
savdo
to'g'ridan-
to'g'ri
marketing
to'g'ridan-
to'g'ri sotish
savdo 
avtomatlari 
orqali sotish


238 
-to‘g‘ridan – to‘g‘ri pochtali marketing (direct mail); 
-katalog bo‘yicha marketing; 
-telefon orqali marketing; 
-televizion marketing; 
-elektron marketing. 
Elektron marketing internet-reklama, internet-do‘kon va boshqalar orqali 
tovar va xizmatlarni xaridorlarga sotishni tashkil qiladi. 
To‘g‘ridan -to‘g‘ri marketing – bu xaridor bilan turli vositalar bilan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot bo‘lib, xaridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan 
iboratdir. 
Franchayzing – bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi. Bunda franchayzing firmasi franchayzer firmasining tovar markasi
nomlanishi va reklamasidan foydalanib, tovarni ishlab chiqarish, taqsimlanishi, 
sotish va taklif etilishida bevosita qatnashadi. AQSHda chakana savdoning 50 % 
qismi franchayzing tizimi orqali amalga oshiriladi. 
Hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi usullari 
qo‘llaniladi: 

tovarni peshtaxta orqali sotish; 

tovarni xaridor o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda sotish; 

tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotish; 

tovar na’munalarini ko‘rsatib sotish; 

tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish. 
Tovarni peshtaxta orqali sotish – tovar sotishning odatdagi usuli bo‘lib, unda 
xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari
chunonchi: tovarlarni ko‘rsatish va uning assortimenti bilan tanishtirish, hisob-
kitob qilish va haqi to‘langan tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan 
sotuvchi bajaradi. 
Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo 
maydoni devorlari yoniga yoki o‘rtasiga terib qo‘yilgan hamma tovarlar yoniga 
xaridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar korzinalar yoki 


239 
aravachalarga o‘zlari solishlari mumkin, tovarning haqi do‘kondan chiqaverishdagi 
yagona hisob-kitob joyida to‘lanadi. 
Tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotishda xaridorlar sotuvchining ish joyiga 
bemalol borib mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslahati va yordami bilan 
o‘zlariga kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin. 
Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda bo‘lgani kabi tovarlarni ochiq 
yoyib qo‘yib sotishda ham tovarlar savdo zaliga sotish uchun to‘la tayyor holda 
chiqariladi. 
Tovarlarning namunalarini ko‘rsatib sotish usuli sharoitida xaridor savdo 
maydoniga qo‘yilgan namunalarga qarab o‘ziga kerakli tovarlarni mustaqil 
ravishda yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, uning haqini to‘lagandan keyin tegishli 
tovarni bevosita do‘kondan oladi yoki qo‘shimcha xaq evaziga uyiga eltib berishga 
buyurtma beradi. Ana shu usulni katta hajmdagi – mebel, sovutgich, kir yuvish 
mashinasi, tikuv mashinasi, elektr yoritkich, gazlamalar sotishda tashkil etish 
mumkin. 
Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor o‘ziga kerakli 
tovarga do‘konning buyurtma bo‘limida yoki sanoat korxonasi, qurilish, muassasa, 
dala shiyponi, istiqomat joyida tashkil etilgan buyurtma qabul qilish joyida 
oldindan buyurtma beradi. Bu tovar do‘kondan olinadi yoki buyurtmachining 
uyiga yoxud buyurtmada ko‘rsatilgan boshqa joyga eltib beriladi. Barcha oziq-
ovqat mahsulotlarini sotishda hamda murakkab assortimentdagi tovarlarni 
ichkarilikdagi qishloq aholi punktlarida joylashgan va kundalik talab qilinadigan 
tovarlar bilan savdo qiladigan do‘konlar orqali sotishda ana shu usulni qo‘llash 
mumkin. 
Savdoning ilg‘or usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish 
hisoblanadi. Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini 
ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, ya’ni savdoda iste’mol xarajatlarini kamaytirish 
iste’molchi xukmron bo‘lgan sharoitda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi 
sharoitda zamonaviy dizaynga ega bo‘lgan savdo avtomatlaridan foydalanish 
muhim masala hisoblanadi. 


240 
Savdoning zamonaviy usullaridan biri bo‘lib Treyd marketing hisoblanadi. 
Treyd-marketingda bir nechta asosiy vosita ajratib ko‘rsatiladi: 

sotuvni rag‘batlantirish, 

maxsus hodisalar, 

merchandayzing. 

Download 380,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish