Realizatsiya qilishda innovatsion faoliyat



Download 302,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana20.04.2022
Hajmi302,8 Kb.
#566022
  1   2
Bog'liq
9 MAVZU QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARNI REALIZATSIYA QILISHDA INNOVATSION



9-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARNI 
REALIZATSIYA QILISHDA INNOVATSION FAOLIYAT 
1.Agrobiznesda ichki bozorda mahsulotlarni sotishda innovatsion faoliyatni tashkil 
etish yo‘nalishlari.
2.Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini birja savdosini tashkil etish.
3.Qishloq ho‘jalik mahsulotlarini sotish bo‘yicha o‘zaro innovatsion kooperatsiya 
munosabatlarini shakllantirish.
4.Mahsulotlarni eksport qilishda innovatsion faoliyat samaradorligi. 
Tayanch so‘zlar: 
eksport, realizatsiya, import, kooperatsiya, rag‘batlantirish, 
moliyaviy ko‘mak, qo‘shilgan qiymat zanjir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Meva-sabzavotchilik sohasida 
qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-
4239 qarorida Meva-sabzavotchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni 
rag‘batlantirish, sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va uning 
eksporti barqarorligini ta'minlash, mazkur mahsulot ishlab chiqaruvchilarining 
moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ishlab chiqarishning 
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida bir qator vazifalar belgilab berilgan. 
2019-2021 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini qayta 
ishlash va eksport qilishning prognoz ko‘rsatkichlari, agrologistika komplekslari va 
markazlari, samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv bog‘lar tashkil etish, sinov 
laboratoriyalarini modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, shu 
jumladan import o‘rnini bosuvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash 
bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari hamda qabul qilinadigan 
oziq-ovqat sanoati sohasidagi xalqaro standartlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bunga jami 
1,3 mlrd AQSh dollaridan ortiq mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. 
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida umumiy qiymati 244,75 million AQSh 
dollari bo‘lgan (OTBning qarz mablag‘lari - 197,0 mln, O‘zbekistonning ulushi 
soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish, moliyaviy xarajatlarni 
to‘lash va boshqa sarf-xarajatlarni moliyalashtirish evaziga 47,75 mln ekv.) 


“Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini 
rivojlantirish” loyihasi amalga oshiriladi. 
2019 yil 1 avgustdan boshlab moliyaviy ko‘makning yangi mexanizmlari 
ishga tushiriladi: 
birinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksport qiluvchilarning mahsulotni 
sertifikatlashtirish bo‘yicha xarajatlari “O‘zstandart” agentligining asoslantirilgan 
hisob-kitoblariga muvofiq Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan 
qoplanadi; 
ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi 
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan tijorat banklarining 
kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash 
davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan: 

milliy valyutada, qiymati 10 mlrd so‘mdan oshmaydigan miqdordagi, MB 
qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida 
– qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan qismiga, biroq 5 foizdan ortiq 
bo‘lmagan miqdorda; 

xorijiy valyutada, qiymati ekvivalentda 10 mlrd so‘mdan oshmaydigan 
miqdorda jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan 
belgilangan foiz stavkasining 40%i, ammo 4 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda 
foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya beriladi; 

kredit summasining 50%igacha, biroq 8 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda 
kafilliklar beriladi;

uchinchidan, samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv bog‘lar tashkil etish uchun 


subsidiyalar va bank kreditlari bo‘yicha kafillik beriladi.
Kooperatsiya birlashuvini joriy etishning ijobiy natijalari ommalashtiriladi. 
Bu yerda qayta ishlash, sotish, ta'minot, bog‘dorchilik, tomorqa, chorvachilik 
xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchilar tomonidan a'zolik badallari 
(paylarni) kiritish asosida tashkil qilingan sub'ektlar sonini oshirish, ularga keng 
imkoniyat va qo‘shimcha qulayliklar yaratish ustuvor hisoblanadi. “Har bir oila – 
tadbirkor” dasturi doirasida aholi, tomorqa yer egalari, dehqon va fermer 


xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi kooperatsiya birlashmalarini tashkil qilish, 
kooperatsiya asosida biznesni boshlash va yuritishda yordam beradilar. 
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida qishloq 
xo‘jaligida turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar yuzaga 
kelib rivojlanmoqda. Agrar sektorda fermer va dehqon xo‘jaliklarining miqdori va 
ishlab chiqarishdagi ulushlari ortib bormoqda. Ayniqsa, iste'mol bozorini 
kartoshka, sabzavot va turli xil mevalar bilan ta'minlashda ularning hissasi juda 
kattadir. 
Qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarishida yirik tovar xo‘jaliklari qatorida ko‘p 
sonli aholi, dehqon va fermer xo‘jaliklarining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi 
bu sohada mahsulot tayyorash tizimini ham tubdan yangilanishga undamoqda. 
Chunki qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish bilan bir qatorda uni 
tayyorlash, saqlash, qadoqlash va iste'molchilarga talofatsiz yetkazib berish muhim 
ahamiyatga egadir. Ayniqsa, tez buziladigan va transportda tashishi noqulay 
bo‘lgan mahsulotlarning qishloq xo‘jaligida yetishtirilishi mahsulot bozoriga 
xizmat ko‘rsatish tizimida raqobat muhitini kuchayishini taqozo etadi. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tayyorlov va sotuv kanallari 
quyidagilardir: 
1.Ishlab chiqaruvchilar – Davlat – Iste'molchilar; 
2. Ishlab chiqaruvchilar – Dehqon bozori – Iste'molchilar; 
3. Ishlab chiqaruvchilar – Xususiy tadbirkorlar – Dehqon bozori – 
Iste'molchilar; 
4. Ishlab chiqaruvchilar – Vositachilar – Tovar xom ashyo birjalari – Ulgurji 
(xususiy) tayyorlov tashkilotlari – Chakana savdo – Iste'molchilar; 
5. Ishlab chiqaruvchilar – Qayta ishlash korxonalari – Ulgurji savdo 
korxonalari – Chakana savdo – Iste'molchilar; 
6. Ishlab chiqaruvchilar – Qayta ishlash korxonalari – Chakana savdo – 
Iste'molchilar. 
Dehqon bozorlarida xaridor va sotuvchilarning erkinliklarini ta'minlagan 
holda, o‘z moddiy-texnika bazasiga (shu jumladan o‘z transporti, saqlash 


omborxonalari, muzlatgichlari, yopiq vitrinalari) ega bo‘lgan tayyorlov guruhlarini 
tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
Bu qilinadigan xarajatlar tez orada o‘zini qoplaydi. Chunki ayni paytda 
ko‘pchilik savdogarlar mahsulot qoldiqlarini kun yakunida uylariga olib borib, 
ertangi kunda qaytib bozorga olib keladilar. Yirik shaharlarda to‘la infratuzilma 
xizmatlari majmuiga ega bo‘lgan ulgurji qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 
bozorini tashkil etilishi va ularning o‘zlari mahsulot tayyorlash, saqlash hamda 
ulgurji (yoki chakana) savdo bilash shug‘ullanishlari yuqori samara berishi 
mumkin. Bunday bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash, navlarga 
ajratish va nostandart tovarlarni qayta ishlashini yo‘lga qo‘yishi ularning 
samaradorligini yanada oshiradi. Eng muhim qadoqlash natijasida mahsulotning 
qayta ishlash va saqlanishi qulaylashadi. Mazkur bozordagi mahsulotni qayta 
ishlash va boshqa chiqindilarni chorvachilik fermerlariga sotish yoki bozorning 
yonida o‘z chorvachilik yordamchi xo‘jaliklarini tashkil qilish ham ijobiy samara 
berishi muqarrardir. 
Dunyo mamlakatlarining ilg‘or tajribasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 
realizatsiyasini ulgurji savdo birlarida tuziladigan fyuchers va boshqa shartnomalar 
orqali amalga oshirilishi samaraliroqligini ko‘rsatmoqda. Bizning mamlakatimizda 
tovar xom ashyo birjalarida tuzilgan shartnomalar asosida qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarining sotuv hajmlari yil sayin o‘sib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni muomala sohasida yakunlanadi. 
Shu tufayli uning rivojlanish darajasi xo‘jalik faoliyatining yakuniy natijalariga 
bevosita ta'sir ko‘rsatadi. «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunda fermer o‘zi 
yetishtirgan mahsulotni tasarruf etish va uni iste'molchilarga sotishda mustaqildir 
deb belgilab qo‘yilgan. Mahsulotlarni sotish yo‘llarini tanlashdagi erkinlik 
fermerlarga o‘zlarining manfaatlariga mos keluvchi xaridorlarni izlab topish va 
o‘zaro foydali savdo bitimlarini tuzishga imkon berishi lozim. 
Davlat strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jalik, mahsulotlari-paxta 
va g‘alla (bug‘doy doni), sholi uchun qishloq xo‘jalik korxonalariga davlat 
buyurtmalari beradi. 


Davlat buyurtmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 
31dekabrdagi PF-2165-sonli farmoni bilan tashkil etilgan “Davlat ehtiyojlari uchun 
xarid etiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish 
jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi . 
Davlat buyurtmalari fermer xo‘jaliklari bilan tuziladigan shartnomalar orqali 
rasmiylashtiriladi. Shartnomani davlat tomonidan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
bilan hisob-kitob jamg‘armasi”ning tijorat agentlari hisoblanadigan sub'ektlar: 
- g‘alla bo‘yicha “O‘zdonmahsulot” Davlat Aksiyadorlik jamiyatining
joylaridagi bo‘linmalari; 
- paxta bo‘yicha “O‘zpaxtasanoatsotish” Assotsiatsiyasining tumanlardagi 
paxta tozalash zavodlari orqali rasmiylashtiriladilar. 
Jamg‘arma, shuningdek davlat buyurtmasi bo‘yicha mahsulot yetishtiruv chi 
xo‘jaliklarini o‘z vaqtida moliyalashtirish uchun “Agrobank” OATBni moliya 
agenti sifatida yollaydi. 
Fermer xo‘jaligining mahsulotni realizatsiya qilish bo‘yicha tayyorlov 
tashkilotlari va boshqa korxonalar bilan munosabatlari shartnoma asosida amalga 
oshiriladi.
Davlat buyurtmasi asosida mahsulotlarni sotish tizimini takomillashtirish 
yo‘nalishlari quydagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim : 
- davlat ehtiyojlari uchun xarid etiladigan mahsulotlar uchun beriladigan 
imtiyozli kreditlarni o‘z vaqtida berish; 
- keyinchalik qisqa muddatli imtiyozli kredit o‘rniga “fyuchers bitimlari” 
mexanizmini qo‘llash, ya'ni shartnomadagi maqsulot qiymatining 50% ini 
oldindan, hosilni garovga qo‘ygan holda avans tariqasida berish va undan 
foydalanishni fermer ixtiyoriga berish. 
- g‘allaga belgilanadigan davlat xarid narxlarini bozordagi talab va taklif 
asosida belgilanadigan muvazanat narxlariga yaqinlashtirish; 
-davlat buyurtmasi bo‘yicha hosildorlikni rejalashtirishda yerning amaldagi 
ball-bonitetiga qat'iy rioya etish. 


Paxta va g‘alladan tashqari boshqa mahsulotlarni fermerlar sotishning bir 
nechta yo‘nalishi mavjud, ya'ni ular mahsulotlarini tayyorlov tashkilotlari va qayta 
ishlash 
korxonaloariga, 
boshqa 
muassasalarga, 
tadbirkorlarga, 
xususiy 
korxonalarga yoki bozorda sotishi mumkin. 
Hozirda fermerlar mahsulotini asosan tayyorlov tashkilotlari va qayta ishlash
korxonalariga shuningdek bozorda sotmoqda. Fermerlar uchun mahsulot sotish 
kanali faqat bitta emas, ular bir vaqtning o‘zida mahsulotning bir qismini tayyorlov 
tashkilotlariga yoki qayta ishlash korxonalariga bir qismini esa bozorlarda yoki 
boshqa xaridorlarga sotishi mumkin. 
Qishloq xo‘jaligida ko‘p miqdorli fermer xo‘jaliklarining shakllanishi va 
faoliyat ko‘rsatishi sohada mahsulot tayyorash tizimini ham tubdan yangilanishiga 
undamoqda. Chunki qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish bilan bir qatorda uni 
tayyorlash, saqlash, qadoqlash va iste'molchilarga talofatsiz yetkazib berish muhim 
ahamiyatga egadir. Ayniqsa, tez buziladigan va transportda tashishi noqulay 
bo‘lgan mahsulotlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozoriga xizmat ko‘rsatish 
tizimida raqobat muhitini kuchayishini taqozo etadi. 
Texnik xizmat ko‘rsatish va moddiy texnika ta'minoti sohalarida bo‘lgani kabi 
mahsulotlarni tayyorlash va qayta ishlash shug‘ullanuvchi korxonalar ham 
ozchilikni tashkil qilib, o‘z mahsulotlarida yakka hokimliklarni (monopoliya 
mavqyeini) qo‘lga kiritib olganlar. Masalan, deyarli ko‘pchilik tumanlarda paxta, 
don, sut, sabzavot va boshqa mahsulotlarni tayyorlash va qayta ishlash sohasida 1 
tadan korxonalar faoliyat ko‘rsatadi. 
Qishloq joylarida infrastruktura tarmog‘i - savdo-sotiq va tayyorlov tizimi 
taraqqiy etmagan. Tayyorlovchilar yakkahokimchilik mavqyeidan foydalanib, 
zimmalariga olingan shartnomalarini bajarmaslik hollarini uchratish mumkin. 
Eng yomon tomoni shundaki, sut, sabzavot kabi bir qator qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari tez buziluvchanligidan ularni uzoq saqlab bo‘lmaydi. Tumanda ularni 
qabul qilish va qiluvchi korxonalar yagona ekanligidan, ba'zida mavsumiy 
paytlarida ularni o‘z vaqtida qabul qilib olishning iloji bo‘lmaydi. Qolaversa, 


bunday mahsulotlarni uzoq masofadan tashib kelish imkoniyatlari chegaralangan, 
mahsulot sifati ham buzilishi mumkin. 
Fermer xo‘jaliklari uchun mahsulot sotish yo‘nalishlari ichida bozorlari katta 
ahamiyat kasb etadi. Mahsulotni bevosita bozorlarda sotishning fermer uchun 
manfaatli tomonlari ko‘p. Chunki bunda u mahsulotini o‘zi istagan narx bo‘yicha 
(talab va taklifdan kelib chiqib) sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shuning bilan 
birga bozorda u mahsulotni naqd pulga sotishi mumkin. 
Qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarishining kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish asosida rivojlanishini ta'minlash uchun yetishtirilgan mahsulotlarning bir 
qismi bu boradagi talablarini qondirish maqsadida ishchi-xizmatchilarga ish haqi 
o‘rniga natura holida beriladi, ularning ovqatlanishlari uchun ajratiladi. Hozirgi 
davrda qishloq xo‘jalik korxonalarida yetishtirilayotgan mahsulotlar muayyan 
kanalllar bo‘yicha taqsimlanmoqda va sotilmoqda (14.1-
 
rasm). 
Qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini 
Taqsimlash 
kanallari 
Sotish kanallari 
Ijtimoiy 
muhofazalashmaqsadida 
moddiy yordamga 
Xo‘jalikning ichki 
ehtiyoji uchun 
Birjalarda 
Davlatga 
Ko‘rgazmalarda 
Auksionlarda 
Xo‘jalikdagi 
fuqorolarga 
Dehqon 
bozorlarida 
Urug‘likka 
Ozuqa fondiga 
Mehnat haqiga 
Umumiy ovqatla-
nishga 
Qayta ishlashga 
Zahira fondiga 
Qariyalarga
Nochor oilalarga 
Bog‘chalarga 
Bolalar uyiga 
Boshqalarga 
Davlat 
buyurtmalari 
Shartnomalar 
asosida 
Tayyorlash va 
qayta ishlash 
korxonalariga
shartnoma asosida 



Download 302,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish