10-Амалий машғулот



Download 45,5 Kb.
Sana12.03.2022
Hajmi45,5 Kb.
#492079
Bog'liq
10- Amaliy mashg\'ulot


10-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: – Ta’mirlash-xizmat ko’rsatish korxonalarida mexnatni ilmiy asosda tashkil qilish jarayoni

Mehnatni ilmiy tashkillashtirish (MIT) tadbirlari. MIT deganda yuqori ish unumdorligiga erishishda rejali va ishchilarning eng maqsadga muvofiq bo’lgan mehnatlarini qo’llashga qaratilgan tadbirlarga aytiladi. Bu ishlab chiqarish jarayonini maqbul tashkil qilishning asosiy tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. MIT quyidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi:


- mehnatni taqsimlash (razdelenie) va kooperatsiyalashtirish;
- eng maqbul mehnat va dam olish rejimini qo’llash;
- mehnat sharoitini (sanitar-gigiena va estetik) takomillashtirish.
Ishlab chiqarish hajmi ko’paygan va ixtisoslashuv chuqurlashgan sari ishchi joyiga berkitilgan operatsiyalar soni ham kamayadi – va o’z navbatida asboblarning ham xilma-xilligi ko’payib boradi.
MIT – ishlab chiqarish korxonalarida birinchi galda ishlab chiqarish joylarini takomillashtirishdan boshlanadi: bunda ishchiga maksimum optimal qulayliklar yaratiladi, uskuna va asboblar to’g’ri joy-joyiga o’rnatiladi.
Taqsimlash va kooperatsiyalash – bu har bir ishchining o’zaro bog’langanligini o’z ichiga oladi. Mahnatni operatsiyalar bo’yicha to’g’ri taqsimlash natijasida yuqori ish unumdorligiga erishiladi. Lekin, mehnatni haddan ziyod chuqur taqsimlash – ba’zi kategoriyadagi ishchilarni yetarlicha yuklanmaslik xavfini ham tug’dirishi mumkin (naladchiklar, elektromonterlar uchun). Yaxshi mehnat qilish uchun yaxshi ish va dam olish rejimlarini ta’minlash kerak. Bunda korxonaning smenalik rejimni tanlashi ham katta ahamiyatga egadir. Smenadan tashqari ishlash ishchilarning ritmik va rejali ishlashlariga katta putur yetkazadi.
Smena davomida dam olish uchun kerak bo’lgan vaqt ko’p omillarga bog’liq:
– fizik (jismoniy) harakatga;
– insondagi asab tizimining charchashiga;
– ish sur’atiga;
– ishchi holatlarga;
– haroratga;
– havo namligi va changligiga (tozaligiga)
ishlab chiqarishdagi shovqin, tebranish manbalariga va boshqalarga bog’liq. Ovqatlanish uchun ajratilgan vaqt ish kunining ikkinchi yarimi boshlanish paytida tashkil etilishi eng maqbul hisoblanadi. Tushlik uchun berilgan vaqt 30 minutdan kam bo’lmasligi kerak. Sanitar-gigiena va estetik sharoitlarning pastligi ishchilarni kir, iflos havo va shunga o’xshash og’ir sharoitlarda ishlaganda ko’p jismoniy energiya sarflashga majbur qiladi, tez charchatadi, ish unumdorligini pasaytiradi – bunda shovqin, havo harorati, yorug’lik, uskunalarni bo’yash va boshqa ruxsat etilgan me’yordan chetga chiqmasliklari shart.
Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlashni maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
– Traktor, avtomobil va b. ta’mirlash korxonasidagi texnologik jarayonlarning beto’xtov ravishda ishlashini ta’minlash;
– Yangi va istiqbolli texnika, texnologiyalarni o’zlashtirish davrini (vaqtini) qisqartirish; mehnatni ilmiy tashkillashtirish (MIT), yangi texnologik uskunalarni, korxonani to’liq quvvatda ishlashini ta’minlash.
Ishlab chiqarish quvvatidan samarasiz foydalanilganda – ya’ni 1000 dvigatel o’rniga atigi 800 dvigatelgina ta’mirlanayotgan bo’lsa, demak siz korxonada bosh mutaxassis sifatida ishni bo’sh tashkil qilayotganligingiz-dan dalolat beradi.
Ishlab chiqarishni texnikaviy tayyorlash o’z ichiga quyidagilarni oladi:
– konstruktorlik tayyorlash;
– texnologik tayyorlash;
– tashkiliy-iqtisodiy (yillik ish dasturini bajarish uchun) tayyorlash.
1. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash – bu konstruktiv hujjatlarni ishlab chiqish (yig’ish, ajratish, yeyilgan detallarni tiklash, ta’mirlash va boshqa jarayonlarini reglamentlashga qaratilgan).
2. Texnologik tayyorlash – qismlarga ajratish, yig’ish, tiklash, nazorat qilish, mashinalarni sinash, loyihalashtirish uchun texnikaviy topshiriqlarni ishlab chiqish (shu jumladan, ta’mirlash-texnikaviy uskunalarni, moslama va osnastkalarni ishlab chiqish tadbirlari ham bu ishlarga kiradi), bu ishlar bilan bosh muhandis va xo’jalik rahbarlari shug’ullanadi.
3. Korxonani tashkiliy-iqtisodiy tayyorlash (TIT) ishlab chiqarish jarayonlarini asosiy parametrlarini aniqlash, ishlab chiqarishni boshqarish, MIT qilish, samarali texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarini (TIK) ishlab chiqish.
Demak, korxonani TIT tadbirlari mashina detallarini tiklash tannarxini kamaytirish, qoplash muddatini, rentabelligini va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlarini (korxonani) aniqlash ishlarini o’z ichiga oladi.
4. Ishlab chiqarishni (korxonani) texnikaviy tayyorlash ikki turga bo’linadi:
- zavoddan tashqaridagi – texnologik hujjatlarni tayyorlash, loyihalash institutida;
- zavod ichkarisidagi – yuqori samarali texnik yechimlarni shu zavod o’zida texnologiyani joriy qilish.
Zavod tashqarisidagi ishlab chiqarishni tayyorlash yuqorida aytib o’tilgan ishlab chiqarish tayyorlashdan tashqari ITI natijalarini keng qo’llash, yangi texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqish (ta’mirlash chizmalarini, tipoviy-texnologiya aniqlash-to’plash, osnastkalar yasash, ta’mirlangan mashinalarni sinash va boshqa masalalarni yechish).
Ta’mirlash hujjatlariga ta’mirlash uchun chizma komplektlari, ehtiyot qismlarini, ta’mirlash materiallarining sarfi, KR uchun texnik shartlar, KR uchun maxsus qo’llanmalar va boshqa hujjatlar kiradi.
Download 45,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish