Klinik manzarasi
Asosan ko‘kraq kafasi xududida kuchli og‘riq, qo‘qqis paydo bo‘lgan xalloslash (nafas qisishi), gavdaning yuqori qismlari sianozi, arterial gipotenziya va to xushning yo‘qolishiga yetib ifodalanuvchi og‘ir kollaps bilan boshlanadi. Xalloslash (xansirash, nafas qisishi) ortopnoe xarakteriga ega bo‘lmaydi (ya’ni u qanchalik kuchli bo‘lmasin bemor majbiriy o‘tirish vaziyatini egallamay gorizantal xolatida qoladi va shunisi bilan TELA da bo‘ladigan nafas qisish yurak yetishmovchiligida kuzatiladigan nafas qisishdan farqlanib turadi).
Sianoz esa kuchli gipoksiya yoki terining oqarinqirashi oqibati bo‘lib bo‘yin, bosh va yelka ustki xududlarida namoyon bo‘ladi. Taxikardiya, kam xollarda aritmiyalar, o‘pka arteriyasining ustida II ton aksenti va bo‘linishi (klinik qon aylanish doirasida kelib chiqqan gipertenziya oqibatida) kuzatiladi.
Bemorlarning 1/3 qismida o‘pka infakti va kelib chiqqan infarkt-pnevmoniya oqibati bo‘lib qon tupirish rivojlanadi.
Tashxisoti
TELAning ishonchli laborator belgisi-zardobda D-dimerning 500 ng/ml dan ko‘proq bo‘lib ortishidir. Qon gazi tarkibi taxlilida gipoksemiya va gipokapniyalar aniqlaniladilar.
O‘ng qorinchaning o‘tkir zo‘riqishini EKG-alomatlari TELA uchun xarakterli bo‘ladi:
SI QIII (Mak-Ginna-Uayta sindromi- uzun o‘q bo‘ylab soat strelkasi shaklida o‘tkir kelib chiqqan burilishni anglatadi);
ST I depressiyasi;
T(-) III, aVF; V1-3(4);
ST ko‘tarilishi III; V1-2;
Gis tutami o‘ng oyoqchasini noto‘liq kamali;
O‘tish xududini V5-6 ga siljishi;
R tishchasi amplitudasining II, III, aVF larda yuqori bo‘lishi.
Rentgenologik usul unchalik sezgir emas. Ba’zan o‘pka konusining bo‘rtishi va o‘ng bo‘lmacha xisobiga yurak soyasining o‘ng tomonga kengayishi aniqlanadilar. Shunday juda kam kuzatilishi mumkin bo‘lgan TELA rentgenologik alomatlariga yana quyidagilar xam kiradilar: o‘pka ildizining kuchli kengayishi, tomirli manzarani susayishi va xududiy yo‘qolib ketishi bilan ifodalanuvchi bo‘laklar arteriyasi og‘zi darajasidagi amputatsiya, o‘pkada maxalliyo yorug‘lanish shaklidagi diskasimon atelektazlar, xastalanish tomonidan diafpagmaning yuqori ko‘tarilishi, infarkt-pnevmoniya (xar doimo xam kuzatilmaydi).
Exokardiografiya o‘pka arteriyasining kengayishni ko‘rsatadi (aniqlaydi).
TELA ning eng axamiyatli va ishonchli tashxisiy usuli, ayniqsa birinchi sutkalarda, bu-o‘pkaning ventilyatsion-perfuziyali ssintigrafiyasidir. Uning moxiyati-kontrast moddalar yordami bilan o‘pka tomirlarini tekshirishdir. Bundan tashqari o‘pkaning kompyuterli tomografiyasi va magnitorezonansli tomografiyalar xam qo‘laniladilar.
Angiopulmonografiya, perfuziyali ssintigrafiya va o‘pkani ventilyatsiyali ssintigrafiyasi okklyuziya joyini topish va kichik qon aylanish doirasida ro‘y bergan qon oqavasi buzilishining ko‘lami-xajmini aniqlash imkoniyatini tug‘dirishadi.
Oyoqlar va kichik tos venalarini ultratovushli dopplerografiyasi emboliya manbasini aniqlab olish imkoniyatini yaratadi.
Arterial qonda rO2 me’yorligida yoki ortishida rSO2 kamayishi mumkin. Shu bilan bir qatorda e’tiborga olish kerakki, agarda bemorda boshqa biron bir kasallik bo‘lmasa, qonning gazli tarkibi o‘pka arteriyasining kichkina shoxobchalari emboliyasida o‘zgarmasdan me’yorda qolishliligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |