1. Zamonaviy xo’jalik yuritish Strategik rejalashtirishning mohiyati va vazifalari


Statistik ma‘lumotning korxona rivojidagi o‘rni



Download 191,37 Kb.
bet4/14
Sana24.06.2022
Hajmi191,37 Kb.
#699298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qishloq xo’jaligi marketing majmuida marketing tizimida zamonaviy xo’jalik yuritish shakllarini yaratishning tashkiliy xuquqiy asoslari

Statistik ma‘lumotning korxona rivojidagi o‘rni.

Statistikaga oid ma’lumotlar uchun umumiy o‘ziga xos xususiyat shundan iboratki, ular ayrim yakka hodisalarga tegishli bo‘lmasdan, balki doimo ularning to‘plamini qamrab oluvchi umumlashtiruvchi miqdorlardir. Yakka hodisa, to‘plamdan farqli o‘laroq, mustaqil va bir - biriga o‘xshash tarkibiy elementlarga bo‘linmaydi. To‘plam bitta yoki bir nechta hodisaga kamayishi bilan butunlay yo‘q bo‘lmasdan, oldingi mavqeini saqlab qoladi. Masalan, agarda shahar aholisi orasida bir yoki bir nechta kishi vafot etsa yoki boshqa joyga ko‘chib ketsa, aholi to‘plamligicha qolaveradi. Qandaydir korxona yopilsa korxonalar to‘plami o‘z nomini saqlab qoladi. Ammo yakka korxonaga qarashli asosiy sex yopilsa, korxona o‘z mavqeini yo‘qotadi, ya’ni ishlamay qo‘yadi. Shuningdek, shaharga bir kishi ko‘chib kelishi yoki bola tug‘ilishi, yangi korxona ishga tushishi bilan mavjud to‘plam o‘rniga yangisi yoki ikkinchi boshqa to‘plam paydo bo‘lmaydi. Agarda hodisa yakkayu yagona bo‘lib, keyinchalik unga o‘xshash hodisa yuzaga chiqishi kutilsa, u holda bu hodisa mustaqil statistika obyektini tashkil etadi. Masalan, Asakadagi o‘zbek-quriya qo‘shma yengil mashinalar ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushishi bilan respublika xo‘jaligida yangi tarmoq shakllanishiga asos solindi. Demak, bu korxona statistika, obyekti hisoblanadi, chunki keyinchalik unga o‘xshash mashinasozlik korxonalari vujudga kelishi mumkin, haqiqatda ham paydo bo‘la boshladi. To‘plam tarkibidagi har bir hodisa o‘z o‘zidan statistikani qiziqtirmaydi. U to‘plam bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlarni olish uchun asos sifatida statistika diqqatini tortadi. Masalan, nikohni qayd qilish oila quruvchi ikki yosh uchun ahamiyat kasb etadi, chunki ularning oilaviy huquq va vazifalarini belgilaydi, shu jihatdan davlat tashkiloti-ZAGS larni ham qiziqtiradi, chunonchi ular huquqiy oila munosabatlari ustidan nazorat olib borish uchun tuzilgan. Bu fakt statistika uchun qayd qilingan nikohlar soni, yangi oilalar a’zolarining yoshi, yashash manbaalari va xokazolar haqidagi umumiy ko‘rsatkichlarni olish jihatidangina ahamiyatga ega. Garchi faktlar gung bo‘lsa ham, ularni tushunish kerak, talqin eta bilish lozim. Statistikaga ana shunday yo‘sinda yondashish natijasida bu so‘zning ma’nosi boyidi, u mazmunan yangi jihatga ega bo‘ldi. Demak, tasviriy statistika deganda axborotlar to‘plash, tasniflash, umumlashtirish va talqin etish yo‘llari nazarda tutiladi. Uning diqqat markazida ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish turadi. Tasviriy statistika ma’lumotlarni samarali to‘plash, tartibga solish va umumlashtirilgan statistik axborotlar olish usullarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash bilan shug‘ullanadi.


Rejali boshqarish sharoitida statistikaning asosiy funksiyasi davlat rejalarini bajarish ustidan nazorat qilishdan iborat. shu maqsad jihatdan mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar eng muhim ahamiyatga ega, chunki iqtisodiyotning quyi darajalarida davlat rejasini bajarish yuqori darajalarda ham uning bajarilishini ta’minlovchi zamin hisoblanadi. Mikroma’lumotlar ochiq bo‘lib, statistika va boshqa maqsadlarda ham ulardan foydalanish mumkin. Hamma respondentlar korxona, tashkilotlar va muassasalar o‘z faoliyatilari haqidagi ma’ulumotlarni hisobot shaklida statistika tashkilotlariga taqdim etishga majburdir, chunki ular davlat va jamoa mulki shakllaridagi umumxalq mulki hisoblanadi. Barcha respondentlar uchun tegishli hisobot ma’lumotlarini taqdim etish va boshqa statistik tekshirishlarga mutaxassislari va moliyaviy resurslari bilan jalb qilinishlari haqidagi va davlat boshqaruv tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qarorlar qonun kuchiga ega. Bu esa davlat statistika tashkilotlarini ularga nisbatan katta huquqlar bilan ta’minlaydi. Rejali boshqarish sharoitida ho‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ayrim tasodifiy kuchlar ta’siridan holi emas, bu davlat rejasini bajarish ko‘rsatkichlari subyektlar bo‘yicha tebranishida o‘z ifodasini topadi. Statistika asosiy sotsial va iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlashi kerak. Buning uchun u mikroma’lumotlarni agregatlashtirish yo‘li bilan makroko‘rsatkichlar tuzib chiqadi, ularda tasodifiy kuchlar ta’siri bir-birini qirqib, umumiy barqarorlik, turg‘unlik qaror topadi. Bunday makroiqtisodiy axborotlardan oliy firqa va davlat tashkilotlari boshqaruv maqsadlarida ham, targ‘ibot va tashviqot uchun ham foydalaniladi. Ularning ko‘p qismi keng ommadan sir saqlanib, maxfiy tamg‘a bilan muxrlanib, “yopiq” materiallarni tashkil etadi. Makroiqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni matbuotda e’lon qilish, ularni oshkorlikka maftun etish faqat oliy firqa tashkiloti ixtiyoridagi huquqiy masala hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti uchun esa yuqorida zikr etilgan jihatlarning butun qarama-qarshi holati xarakterlidir. Mikroma’lumotlar “tijorat siri” bo‘lib, makroaxborotlar esa barcha foydalanuvchilar uchun ochiq oshkoralikka ega. Axborotlarni iste’mol qiluvchilar birgina hukmron firqa va davlat tashkilotlaridan iborat bo‘lmasdan, balki ular oppozittsion firqa va boshqa jamoa tashkilotlarini, bozor tuuilmalari – tijorat korxona va tashkilotlari, uyushmalar, ilmiy-tekshirish muassasalari va o‘quv yurtlari, ommaviy axborot vositalari, tadbirkorlar va boshqalarni, xalqaro va ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslarni o‘z ichiga oladi. Rasmiy va norasmiy statistika o‘z vazifasini hamma uchun xizmatlar ko‘rsatishda, ijtimoiy axborot infratuuilmasi sifatida faoliyat qilishida, deb biladi. Boshqacha aytganda, u bozor iqtisodiyotining axborot infratuuilmasi hisoblanadi.


  1. Download 191,37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish