Mavzu: Qishloq xo’jaligi marketing majmuida marketing tizimida zamonaviy xo’jalik yuritish shakllarini yaratishning tashkiliy xuquqiy asoslari
Reja:
Kirish
Asosiy qisim:
1. Zamonaviy xo’jalik yuritish
2. Strategik rejalashtirishning mohiyati va vazifalari
3. Statistik ma‘lumotning korxona rivojidagi o‘rni
4. Statistik ma‘lumotlar samaradorligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Korxonani marketing vositasida boshqarish ancha mushkul bo’lib, katta xajmda reja-hisob kitoblarini, kadrlarni qayta tayyorlashni, boshqaruv vazifa va usullarini tubdan o’zgartirishni talab qiladi. Faqat korxona, butun iqtisodiyot xo’jalik mexanizmini tubdan qayta qurishi asosidagina marketing tendensiyasini qo’llash mumkin. Aks xolda korxona tez o’zgaruvchan talabga moslasha olmay raqobat kurashiga bardosh bera olmaydi. Bu korxona foyda ko’rmasligi va undan kelib chiquvchi boshqa oqibatlarga olib keladi. Chunki faqat iste’molchilar extiyojini xisobga olib, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalana olgan korxonagina o’z maxsulotini sotishdan foydaolishi mumkin.
Bu ma’noda amerikalik avtomobil magnati G.Fordning fikrini ta’kidlab utish zarur. Undan qanday qilib millioner bo’lganligini so’raganlarida quyidagicha javob bergan: «Juda oson. Men o’z avtomobillarimni bozorda boshqalarga nisbatan arzonroq sotib, o’z ishchilarimga boshqalarga nisbatan ko’p xaq to’laganman». Bunday xolda u sinishi kerak edi, lekin u raqobatchilarini bozordan siqib chiqarib bozorni egallagani uchun millioner bo’ldi.
Tovar pul munosabatlari jamiyatni o’z-o’zini boshqarish mexanizmi bilan qurollantirgani uchun bebaxo xususiyatga ega. Tartibga solinuvchi bozor xo’jalik faoliyatini iste’molchiga qaratish, tashkiliy tizimlar, boshqaruv tamoyili va usullarini qayta qurish, korxona maqsad va vazifalarini o’zgartirishni talab qiladi.Marketing faoliyati tijorat ishlarida xavf-xatarni kamaytirish, mavjud sharoit, vaziyatlarni eng maqbulini tanlab olish, ishlab chiqarish va sotuvning yuqori foyda berib turishini ta`minlash va xaridorlar uchun to`g`ri keladigan baholarni belgilashga yordam beradi. Marketingning asosiy tamoyillari bozorni bilish, bozorga moslashish va bozorga ta`sir o`tkazishdan iboratdir.
Bozorni bilish deganda, iste`molchilarni har tomonlama o`rganish, ularning did va istaklarini bilish ko`zda tutiladi. Demak, bozorga moslashish muayyan talabni qondiradigan mahsulotlarnigina ishlab chiqarmoqni bildiradi. Nima ishlab chiqarilgan bo`lsa, shuni sotmaslik, balki bozor talab mollarnigina ishlab chiqarmoq zarur. Bozorga ta`sir o`tkazish talabni shakllantirish demakdir, ya`ni tovarni yaratish bilan iste`molchini ham “yaratmoq” lozim.
Marketingning umumiy tamoyillari va vazifalariga qarab faoliyatning aniq yo`nalishlari va mazmuni belgilanadi. Ularning orasida eng muhimlari: bozorni atroflicha o`rganish, mahsulot turlarini rejalashtirish, mahsulot sifatini qiyomiga yetkazish, tovar reklamasini tashkil qilish, uning eng maqbul bahosini belgilash hamda savdosini tashkil etishdir.
Marketing bozor iqtisodiyotining muhim elementi bo`lib, mamlakatimizda xo`jalik sub`ektlari va tadbirkorlar uni o`zlashtirish va tashkil qilish sohasida muayyan natijalarga erishdilar. Korxona va firmalarda marketing xizmati bo`limi tashkil etilmoqda.
Shuni alohida ta`kidlab o`tish lozimki, tovarlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish ko`p jihatdan marketing xizmatining samaradorligiga bog`liqdir.
Biroq shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, marketing xizmatini tashkil qilish muayyan sarf-xarajatlar qilish va sabr-toqat ko`rsatishni talab etadi, buning ustiga darrov samara ham bera olmaydi. Bu ish, bir tomondan, iste`molchilarni etarlicha yuqori bo`lgan talablariga va xarid qobiliyatlariga, ikkinchi tomondan, tovarlar va xizmatlarni tanlash erkinligiga mos keladigan bo`lishi kerak.
Bozor mexanizmining asosiy elementlari (tovarlar taklifi, xaridorlar talabi, narx-navo) bir-biri bilan shu qadar uzviy bog`liqki, ularni o`rganmay turib, bozordagi jarayonlarni to`g`ri tushunib yetish anchagina mushkul ishdir. Shuning uchun xo`jalik amaliyotining chalkashliklari, uning siru asrorlarini bilmoq uchun har qanday tadbirkor, birinchidan, maxsus bilimlarga ega bo`lmog`i va, ikkinchidan, marketing tadqiqotlarini o`tkazib turmog`i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |