1. Zamonaviy xo’jalik yuritish Strategik rejalashtirishning mohiyati va vazifalari


Statistik ma‘lumotlar samaradorligi



Download 191,37 Kb.
bet5/14
Sana24.06.2022
Hajmi191,37 Kb.
#699298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qishloq xo’jaligi marketing majmuida marketing tizimida zamonaviy xo’jalik yuritish shakllarini yaratishning tashkiliy xuquqiy asoslari

Statistik ma‘lumotlar samaradorligi

Bozor iqtisodiyotining eng asosiy talablaridan biri axborotlarning to‘laqonli bo‘lishidadir. Umuman olganda hozirgi kun sanoat, industriya asrini axborotlar bilan almashganligi bilan xarakterlanadi.


Ishlab chiqarish samaradorligining o‘sish muammosi ham o‘zgacha bo‘lib, o‘tmish mehnatni tejashga, sotish va boshqarish xarajatlarini kamaytirishga ko‘proq boliq. Bularning barchasi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir.
Mamlakatda iqtisodiyotning rivojlanishini, boshqarish tizimini mukammallashtirishni axborotlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari, bo‘linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) va ushbu korxona bilan o‘xshash korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida uzluksiz axborot almashishidan iborat. Fan-texnika taraqqiyoti o‘sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar tizimi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo.
Shuning uchun korxonada foydalaniladigan axborotlarning miqdori keskin ortadi. Shuni aytish kifoyaki, hozirgi zamon mashinasozlik korxonasida boshqarish ehtiyoji uchun har soatda 100 mingdan ko‘proq, yoki kuniga bir milliongacha axborot belgilarini ishlab chiqish talab etiladi. Axborotlar yetishmasa yoki ulardan to‘la foydalanilmasa, boshqarishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Chunki bunday holda rahbar ishlab chiqarishning ahvoli haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Masalan, respublika Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi mashinasozlik korxonalarini tekshirganda shu narsa aniqlandiki, mazkur korxonalarda uskunalarning bekor turib qolish hollarining 92,5 foizi zarur axborotlarning o‘z vaqtida kelib tushmaganligi sabab bo‘lgan.
Korxonalarda mashina-hisoblash stansiyalari tarmoklari yaratilishi bilan boshqarish xodimlarini mexanizatsiyalashtirilmagan hisoblash operatsiyalarini bajarishdan ozod qilish yo‘lida birinchi qadam qo‘yildi. hisoblash ishlari unumdorligi 3-5 barobar o‘sdi. Hozirgi vaqtda boshqarishning ko‘pgina uzviy va umumiy masalalari EHMlar yordamida, matematik metodlar asosida hal qilinmoqda. Hozirgi sanoat, elektron-hisoblash va kibernetik mashinalarning 20 dan ortiq turli materiallarini axborot to‘playdigan, uni ishga soladigan va yig‘adigan 100 ga yaqin har xil moslamalarni, shuningdek 100 dan ko‘proq xildagi kompyuterlar, mashinalarni ishlab chiqarmoqda. Boshqaruv mehnatini texnika bilan qurollantirish darajasini oshirish muhim milliy iqtisodiyot vazifalaridan hisoblanadi. Yaqin kelajakda axborotlarni ishlatish va uzatishning yuksak unumli vositalari, shu jumladan, integral sxemalar asosida ko‘rilgan blok tuzilmasiga ega bo‘lgan va axborotni ishga tushirish va olish, dasturni ta’minlash xotirasi va tizimini rivojlantirish uchun ko‘rilmalarning keng to‘plamga ega bo‘lgan bir bo‘g‘in elektron-hisoblash mashinalarini turkumli ishlab chiqarishni o‘zlashtirish nazarda tutilgan.
Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini yechish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to‘liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o‘z xaridorlari, raqobatchilari, vositachilarini sotish va baholar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib, har tomonlama tahlil etish, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga amalga oshira olmaydilar. Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: «Biznesni boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir». Haqikatan ham axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va obyekti bo‘lib qolmoqda.
Umuman bozor to‘g‘risidagi axborotning asosiy manbayi uchta bo‘lib, ular:
• korxona xo‘jalik faoliyati va uning raqobatchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
• maxsus tadqiqot va kuzatish natijalari;
• mamlakat, tuman, tarmoq va boshqalarning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlaridir.
Korxona xo‘jalik faoliyati quyidagi miqdoriy ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi:
• o‘tgan, hozirgi va kutilayotgan davrda mahsulot (tovar) sotishning mutlaq va qiymat miqdori;
• xarajatlar va foyda, ishlab chiqarish miqdori, ishlab chiqarish quvvatlari, ishchi kuchi qiymati, xom-ashyo, zaxiralar darajasi, mehnat unumdorligi;
• sotishni tashkil qilish. tovar harakatlari yo‘nalishlari;
• savdo turlari, reklama xarajatlari, yetkazib berish muddati, baho, shartnoma va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi axborot;
• kadrlar, mehnatni tashkil qilish va boshqarish tarkibi, vazifalarning taqsimlanishi, ishchi va xizmatchilarning soni;
• bozordagi har yoqlama o‘tkazilgan tadqiqot va maxsus kuzatishlardan keyin olingan axborot; mahsulotning iste’mol xususiyati; oxirgi va oraliq, iste’molchilarning soni; bir qator maxsus masalalar, masalan, aylanish xarajatlari, omborlarni keng, maqbul joyga joylashtirish va boshqalarni tahlil qilishda yordam beradi.
Marketing dasturida ishlayotgan korxona faoliyatiga tasir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar kiradi:
• demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendensiyalar;
• aholi va korxonalarning daromadi, xarajati, iste’mol jamg‘armalarining tarkibi;
• baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo;
• hukumatning soliqlar sohasidagi siyosati, xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish shartlari;
• qonunchilikdagi turli o‘zgarishlar;
• raqobatchilar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ana shunday axborotlar
Butun dunyo, ayrim mamlaktlar, katta mintaqalar bozorlari miqyosida yuzaga chiqadigan hodisa va jarayonlar makroiqtisodiy jarayonlar deb ataladi. Masalan, dunyo yoki mamlakat bozorlarida to‘plama taklif va talabni shakllanishi, aholining ish bilan bandligi va ishsizligi, baholar darajasining shakllanishi va o‘zgarishi, milliy valyutalarning qadrsizlanishi va inflyatsiya darajasi, investitsiya jarayonlari, milliy boyliklarning shakllanishi va ulardan foydalanish va hokazolar.
Mikroiqtisodiy jarayonlar deganda korxona, firma miqyosida, ayrim tovar va xizmatlar, mehnat va moliyaviy bozorlarda ro‘y beradigan voqealar oqimi tushuniladi. Masalan, muayyan bozorda u yoki bu tovarga talab yoki taklif shakllanishi, korxona ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati natijalarining shakllanishi, firma iqtisodiy aktiv va passivlari shakllanishi, ishlovchi kuchlardan, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish va hokazolar.Iqtisodiy statistika makro va mikroiqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganish jarayonida umumstatistik usullar va vositalar xazinasidan keng foydalanadi.



Download 191,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish