Marketing, uning vazifasi, qoidalari va bozor tizimidagi o‘rni



Download 1,04 Mb.
bet1/3
Sana12.05.2023
Hajmi1,04 Mb.
#938070
  1   2   3
Bog'liq
Azimqulov Saravar

Marketing, uning vazifasi, qoidalari va bozor tizimidagi o‘rni

  • Tayyorladi: Azimqulov Sarvar

Reja:

  • Marketingda axborotlarning ahamiyati va ularning manbalari
  • Marketing sohasining axborot tizimi sifatida shakllanishi
  • Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning rivojlanishida axborotlar tizimining ahamiyati
  • Axborotlar yig’ish, qayta ishlash va boshqarish uchun tayyorlash

Marketing tizimi – bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o‘zida to‘rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni birlashtiradi. Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya yetilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, ulchovning holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to‘xtatish paytini aniqlab olish kerak. Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub’ektlar yig‘indisidan iboratdir.

  • Marketing tizimi – bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o‘zida to‘rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni birlashtiradi. Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya yetilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, ulchovning holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to‘xtatish paytini aniqlab olish kerak. Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub’ektlar yig‘indisidan iboratdir.
  • Marketing tizimi o‘z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi:
  •  ta’minotchilar; raqobatchilar; vositachilar; iste’molchilar (bozor); firma (kompaniya).
  • Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq urab to‘rgan muhit ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi. Ta’minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yig‘indisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi. Raqobatchilar – istak bo‘yicha, safdosh tovar bo‘yicha, tovar turi bo‘yicha, tovar markasi bo‘yicha turkumlanadi. Marketing bo‘yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga yetkazish, sotish, aloqa o‘rnatish bo‘yicha yordam ko‘rsatuvchilardir. Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga bo‘linadi. Savdo vositachilari – ulgurji va chakana savdogarlardir. Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini transportirovka qilish bilan shug‘ullanish. Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi. Iste’molchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potensial guruhi bo‘lib, ular bozorda mavjud bo‘lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. Iste’molchi – bozor kiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchini xulq-atvorini o‘rganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga bo‘lgan munosabatini o‘rganish, tahlil qilishdan iborat. Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir o‘tkazib, dialektik bog‘liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab bo‘ladi.

Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini yechish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to‘liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o‘z xaridorlarini, raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to‘g‘risidagi ma’Iumotlarga ega bo‘lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga oshira olmaydilar. Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: «Biznesni boshqarish — bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish — axborotga egalik qilishdir».
bozor to‘g‘risidagi axborotning asosiy manbai
korxona xo‘jaIik faoliyati va uning raqobatchilari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar
mamlakat, rayon, tarmoq va boshqalarning umumiy ijtimoiy- iqtisodiy rivojIanlsh ko‘rsatkichIari
maxsus tadqiqot va kuzatish natijalari
Korxona xo‘jaIik faoliyati quyidagi miqdoriy ko‘rsatkichIari bilan xarakterlanadi:
  • o‘tgan, hozirgi va kutilayotgan davrda mahsulot (tovar) sotishning mutlaq va qiymat miqdori;
  • xarajatlar va foyda, ishlab chiqarish miqdori, ishlab chiqarish quvvatlari, ishchi kuchi qiymati, xomashyo, zaxiralar darajasi, mehnat unumdorligi;
  • sotishni tashkil qilish, tovar harakatlari yo‘nalishlari;
  • savdo turlari, reklama xarajatlari, yetkazib berish muddati, baho, shartnoma va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi axborot;
  • kadrlar, mehnatni tashkil qilish va boshqarish tarkibi, vazifalarning taqsimlanishi, yuqori lavozimlarning o‘rnini bosish imkoniyatlari, ishchi va xizmatchilarning soni;
  • bozordagi har yoqlama o‘tkazilgan tadqiqot va maxsus kuzatishlardan keyin olingan axborot; mahsulotning iste’mol xususiyati; oxirgi va oraliq iste’molchilarning soni;

Marketing dasturida ishlayotgan korxona faoliyatiga
ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar kiradi:
  • demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendensiyalar;
  • aholi va korxonalarning daromadi, xarajati iste’mol jamg‘armalarining tarkibi;
  • baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo;
  • hukumatning soliqlar sohasidagi siyosati, xo‘jalik faoliyatini rivoj- lantirish, nazorat qilish va tartibga solish shartlari;
  • qonunchilikdagi turli o‘zgarishlar;
  • raqobatchilar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ana shunday axborotlar jumlasiga kiradi.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish