1. Zaharlanishning sinflanishi Retseptor haqida tushuncha. Yallig’lanish va allergik ta’sirlar



Download 31,24 Kb.
bet7/10
Sana19.01.2022
Hajmi31,24 Kb.
#392157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-ma`ruza toksikologiya 2021

Yallig‘lanish – organizmda turli xil patologik (og‘riq, kasallik) o‘zgarishlarning rivojlanishi o‘xshash tuzilishga ega endogen va ekzogen kimyoviy moddalar o‘rtasidagi raqobatli ta’sirlarga bo‘g‘liq. Ekzogen raqib endogen moddalarni o‘rnini bosib yoki ularni tabiiy birikmalardan siqib chiqarar ekan, biokimyoviy reaksiyalarning tabiiy kechishini buzadi. Bunday jarayonlar sanoat zaharlari tashqaridan ta’sir qilganida ham, organizm ichiga tushganda ham yuz beradi.

Yallig‘lanish – organizmning eng keng tarqalgan va yaqqol seziladigan ta’siri. Suvda yoki yog‘da yaxshi eriydigan, reaksiyaga kirishuvchan moddalar bevosita ta’sirlashuv nuqtasida – terida, ko‘z shilliq qavatida, yuqori nafas yo‘llarida va ovqat hazm qilish traktida yallig‘lanishni hosil qiladi (kuchli kislotalar, ishqorlar, og‘ir metallar tuzlari, nitrogazlar, xlor). Bug‘uvchi gazlar keltirib chiqaradigan nafas yo‘llarining yallig‘lanishi jarayoni tomirlar o‘tkazuvchanligining buzilishi, ekssudatsiya (lotin exsudo tashqariga chiqishi, "sudo", "sudatum" teridan olingan exsudatum) yallig'lanish vaqtida tananing to'qimasida yoki bo'shlig'ida kichik qon tomirlaridan chiqarilgan suyuqlikdir). bilan kechadi va o‘pka shishiga olib keladi. Ekssudatsiya – tarkibida shakllili hujayralar bo‘lgan qon plazmasining mayda vena va kapillyarlardan atrofdagi to‘qimalarga va organizm bo‘shlig‘iga ko‘chib o‘tish jarayoni. Bunda ekssudativ ta’sir va o‘pka shishi azot oksidlari, ammiak, fosgen bilan zaharlanganda kuzatiladi. Og‘ir metallar bilan zaharlanganda yo‘g‘on ichakda fibrozli ekssudativ jarayon boshlanadi. Fibroz – yallig‘lanish oxirida biriktiruvchi to‘qimaning birlashib ketishi. Quzg‘atuvchi gazlar, bug‘lar yoki qattiq birikmalar changining kichik konsentratsiyalari uzoq vaqt ta’sir qilganda sekin asta toksik pnevmosklerozga olib keladi (ammiak, gitrogazlar, kremniy asbest, ayrim metallar). Pnevmoskleroz – yallig‘lanish tufayli o‘pka alveolalari hujayralarining nobut bo‘lishi oqibatida o‘pka to‘qimasining qattiqlashi. Yallig‘lanish va keyin rivojlanadigan jigar serroziga margimush, fosfor, xlorlangan uglevodorodlar, selen, qo‘rgoshin sababchi bo‘ladi. Serroz – fibroz to‘qimaning o‘sib ketishi, uning tarkibiy o‘zgari va bujmayib qolishi (jigar, o‘pka serrozi). Ko‘plab yuqori kimyoviy agentlar o‘tkir yallig‘lanishni keltirib chiqaradi va to‘qimalarning nekrotik o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Nekroz – to‘qimaning nobud bo‘lishi (xalok bo‘lishi). Teri va shilliq qavat nekrozi ularga fenol, naftollar (naftalin qatori fenollari), ohak, kal’siy karbomid kabi kuchli sanoat zaharlari tushganda yuz beradi. Cr va Ni tuzlari burunning shilliq qavatida yaralar hosil qiladi va burun to‘sig‘ining teshilishiga olib keladi. Buyraklar, jigar, miokard, bosh va orqa miyadagi turli xil distrofiyalar ko‘rinishidagi nekrotik yaralar o‘tkir va surunkali intoksikatsiyalarda kuzatiladi. Distrofiya – to‘qima (hujayra) metabolizmi o‘zgarishlarining umumiy nomi. Yallig‘lanish faqat zaharning hujayra bilan bevosita ta’sirlashuvi oqibatida emas, balki zaharning to‘qimalarda joylashgan retseptorlarga, xususan, tomir tizimining xemoretseptorlariga reflektor ta’siri natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ayrim metallarning (Si, Hg, Co, Ni, Sb, Pb, F, Ag, Cd, MgO, elektr payvandlash aerozoli, ayniqsa Zn, ZnO – quyma bezgak) havoda tez oksidlanadigan bug‘laridan nafas olganda yuqumli bo‘lmagan bezgak kuzatiladi, bunda tana harorati keskin ko‘tarilib ketadi.

Quyma bezgak mexanizmi metall oksidlarining yuqori dispers bug‘lari chuqur nafas yo‘llariga tushganda o‘pka alveolalari hujayralari oqsillarini denaturatsiyalashidan iborat. Organizm uchun begona bo‘lib qolgan bu oqsillarning shimilishi aseptik bezgakni keltirib chiqaradi (begona oqsilga qarshi reaksiya). Aseptik – zararsizlantirilgan, ya’ni kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar bilan bog‘liq bo‘lmagan.




Download 31,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish