Retseptor – bu tirik organizmga zaharning ta’siri yo‘naltirilgan ma’lum bir qismidir. Zaharli modda va retseptor o‘rtasida bog‘lanish yuzaga keladi. Bu “zahar - retseptor” kompleksining hosil bo‘lishiga olib keladi. Fermentlar, amino kislotalar, nuklein kislotalar, garmonlar va boshqalar retseptor bo‘lishi mumkin. Har qanday modda biologik ta’sir o‘tkazishi uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:
Retseptorga yaqinlik.
Shaxsiy kimyoviy faollik.
Retseptorga yaqinlik moddaning retseptor bilan “zahar-retseptor” kompleks bog‘lanishining mustahkamlash darajasi deb tushiniladi va “zahar-retseptor” kompleksining dissotsatsiyasi tezligiga teskari bo‘lgan kattalik bilan o‘lchanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |