Kerakli jihozlar: Sekundomerli soat, bir xil balandlikdagi stol va stullar.
Ishning bajarilishi. Ishning bajarilishiga ko‘ra talaba bir – biriga yaqin turgan ikki stol orasiga kirib yoki burusiyada ikki qo‘lini yonidagi stollarga tayangan holda gavdasini to toluqqingacha ko‘tarib turadi. Toliqish holatining sodir bo‘lishi soatga qarab belgilanadi. Bunda toliqish holati yertaroq boshlanadi, chunki gavdani harakatsiz ko‘tarib turishda ayrim muskullar qisqargan, boshqalari esa bo‘shashgan holda uzoq turadi.
Talaba yetarlicha dam olgach, oyoqlarini yelka kengligida qo‘yib turgan holda bir me’yorda o‘tirib turadi va soatga qarab toliqishni yuzaga kelishi vaqti belgilanadi. Har ikkala tajriba natijalari taqqoslanadi. Ikkinchi mashg‘ulotda talaba oldingisiga nisbatan kechroq toliqadi. Bunga sabab muskullarning navbat bilan qisqarib-yozilib turishidir.
Ma’lumotlarni mustahkamlash uchun savollar
Muskulni charchashi yoki toliqishi deb nimaga aytiladi?
Muskullarni charchashi nimaga bogliq?
Ergografiya nima?
3-MAVZU: OVQAT HAZM QILISH
FIZIOLOGIYASI.
Reja.
1.Ozid moddalarning organizm uchun axamiyati.
2.Hazm qilish jarayonida fermentlarning roli va o’rganish usullari.
3.Bolalar va o‘smirlarning ovqatlanish gigiyenasi
4.Gigienik nazorat,kasalliklarni bartaraf etish.
1. Ovqat bilan organizm oqsillar, yog‘lar va uglevodlar kabi murakkab organik moddalarni oladi. Bu moddalar organizm tomonidan o‘sish jarayonida va o’zgarishga uchragan hujayralarni o‘rniga yangilarini hosil bo‘lishida qurilish materiali sifatida foydalaniladi. To‘yimli moddalar organizmdagi energetik moddalar manbai hisoblanadi.
Ovqatlar bilan birga tushadigan darmon dorilar, ma’danli tuzlar va suv ham kam ahamiyatga ega emas. Ular organizmda kechadigan turli tuman kimyoviy reaksiyalarning bajarilishi uchun sharoit yaratib bersa, ko‘pchiligi ko‘plab reaksiyalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.
Suv, ma’danli tuzlar va darmon dorilar organizm tomonidan to‘lig‘icha o‘zgarmagan holda o‘zlashtiriladi. Ovqatlar tarkibidagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar borasida gap yuritadigan bo‘lsak, ular organizm tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanilmaydi. Birinchidan, bu moddalar ovqat hazmi tizimi devorlaridan o‘taolmaydigan yirik-yirik molekulalardan tashkil topgandir. Bu yerda asosiy masala shundan iboratkim, ularning hammasi organizm uchun begona va har qanday begona moddalar uchun organizmda ularga qarshi himoya moddalari ishlab chiqiladi (antitana). Ana endi tushunarli bo‘lsa kerak, nima uchun asosiy to‘yimli moddalar organizmni ichki muhitiga tushishidan oldin hazmlanadi.
Ovqat hazmi jarayoni deb - oziq moddalarni fizik va kimyoviy qayta ishlanishi va ularni oshqozon - ichaklar tizimidan surilishi, qon bilan tashilishi, organizm tomonidan o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan oddiy va eruvchan birikmalarga aylanish jarayoniga aytiladi.
2.Odamlar organizmida, ovqat hazmi tizimidagi hazm shiralari ta’sirida oqsillar aminokislotalargacha, yog‘lar-gliserin va yog‘ kislotalarigacha, murakkab uglevodlar esa oddiy qandlargacha (glyukoza va boshqalar) parchalanadi. Oziq moddalarning bunday kimyoviy qayta ishlanishida hazm shiralari tarkibiga kiruvchi – fermentlar bosh rolni o‘ynaydi. Fermentlar tabiati jihatidan oqsilli moddalar bo‘lib, organizm tomonidan ishlab chiqiladigan biologik katalizatorlardir. Fermentlarga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri – ularning spesifikligidir: ya’ni har bir ferment ma’lum fizik tarkib va tuzilishga, molekulasida kimyoviy bog‘lar ma’lum- aniq tipga ega bo‘lgan moddalarga va moddalar guruhiga ta’sir ko‘rsatadi. Fermentlar ta’siri ostida erimaydigan va surilishi mumkin bo‘lmagan murakkab moddalar, eriydigan va yengil o‘zlashtiriladigan ancha oddiy moddalarga aylanadi.
Hazm shiralari ajratuvchi bezlar faoliyatini o‘rganish usullari.Hazm jarayonida ishtirok etuvchi bezlar, hazm shiralari ishlab chiqarishlari aniq bo‘lganidan buyon, olimlar tahlil ishlarini bajarish uchun shiralardan toza yoki aralashma holida olish uchun uringanlar. XVII -asrdayoq Gollandiyalik olim Graafga so‘lak bezi va me’daosti bezlarining tashqariga chiquvchi yo‘llariga qo‘yilgan naychalar yordamida unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorda hazm shiralari yig‘ib olish imkoniga ega bo‘ldi.
Olim g‘ovak rezina yordamida me’da shirasidan olish uchun harakat qilib ko‘rdi, qaysiki g‘ovak rezina yutilgach, u me’da ichidagi suyuqlikga to‘yinganidan keyin unga bog‘langan ip orqali me’dadan chiqarib olindi. Shotlandiyalik hakim Stivens odam me’da shirasining hazmlovchi ta’sirini ko‘zbog‘lagich (fokusnik) yordamidan foydalangan holda o‘rgandi. Ko‘z bog‘lagich me’dasiga tushgan turli predmetlarni (narsalarni) qayd qilish yo‘li bilan chiqarib tashlash kabi noyob hunar egasi ekanligini namoyon qildi.
Ko‘z bog‘lagich maxsus tayyorlangan, oziq moddalar bilan to‘ldirilgan teshikchalari orqali hazm shiralari kiradigan teshikli qo‘rg‘oshin «bug‘ursoq» larni avval yutib, so‘ngra qusish harakatlari bilan me’dadan chiqargan. Tabiiyki, bunday usullar yordamida hazm shiralarining tarkibi va xususiyatlarini o‘rganish juda qiyin bo‘lgan.
Surunkali tajribalar davomida hayvonlarni narkozlash yo‘li bilan qorin bo‘shlig‘i ochilib hazm shiralari ajratuvchi bezlar yo‘llaridan hazm shiralaridan olish imkoniga ega bo‘lindi. Ammo, olingan hazm shiralari hisobiga, hazm bezlari faoliyati qonuniyatlari haqida gap yuritish juda mushkul, chunki hayvon narkoz ostida jarrohning stolida yotgan bo‘lsa, bu sharoit, tabiiy sharoitdan tubdan farq qiladi.
5-rasm. 2 - 4 soat oralig‘idagi odam medasida ovqat hazmining rentgen ko‘rinishi
6-rasm.Haroratni (1) bosimni (2) va rN - o‘lchamini (3) o‘rganish uchun foydalaniladigan radiopilyulalarining tashqi ko‘rinishi. O‘ng tomonda –solishtirish uchun bir tiyinlik tanga.
Keyinchalik organizmning turli qismlariga fistulalar qo‘yish usuli yordamida hazm bezlari faoliyati haqida juda katta miqdorda ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘lindi.
Fistula – bu hazm bezlari yo‘li yoki ovqat hazmi trakti – bo‘shlig‘ini organizmni tashqi muhit bilan aloqasini sun’iy bog‘lanishini ta’minlovchi naycha –asbobdir. Bu usulning yuzaga kelishi qiziq, lekin favqulodda kasal yoki me’da jarohatlanishi natijasida me’da yoki ichaklarda yuzaga kelgan teshiklar orqali olib borilgan kuzatishlar sabab bo‘lgan. 1842 yilda Moskvalik jarroh Basov itlarni me’dasiga qo‘yilgan fistula orqali me’da sekretsiyasini kuzatishni taklif qildi. Ammo, bunday shariotda, o‘rganish uchun toza me’da shirasi olish mumkin emas edi, chunki olingan shiralar oziqalar qoldiqlari, so‘lak va doimiy ravishda me’dada bo‘ladigan shilimshiq moddalar bilan aralashgan holda bo‘ladi.
Faqatgina I.P.Pavlov tomonidan bajarilgan tadqiqotlar natijasigina, fistulalar qo‘yish usulini tan olinishiga olib keldi va ishlab chiqarishga tadbiq etilib, hozirda ham keng qo‘llanilmoqda. I.P.Pavlov surunkali tajribalarni bajarish davomida, jarrohlik yo‘li bilan hayvonlarning u yoki bu hazm bezlari faoliyati orqasidan uzoq muddatli kuzatish olib borish uchun doimiy fistulalar usulidan foydalandi. I.P.Pavlov o‘zidan oldingi tadqiqotchilardan farqli o‘laroq, operasiyadan keyin hayvon sog‘aygach o‘rganiladigan organ uchun ham, butun organizm uchun ham ularni faoliyat ko‘rsatishi uchun mo‘’tadil sharoitni saqlab qoluvchi turlarini izlab topdi va fanga tadbiq qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |