Xolera (vabo). Bu kasallikni qo‘zgatuvchi mikroblar (vibrion) ham aynigan ovqat, ayniqsa ariq, quduq, hovuzning ifloslangan suvidan, bemorning idish tovoqlaridan, qo‘lidan yuqadi.
Belgilari: bemorning ichi ketadi, qusadi, qornida-og‘riq, rijimlanish, g‘uldirash paydo bo‘ladi, holsizlanadi, rangi oqaradi.
Ich burug‘i (dizenteriya). Bu kasallik mikroblari ham ovqatdan, suvdan, bemorning idish-tovoqlaridan yuqadi. Bemorning qornida og‘riq bo‘ladi, ichi ketishi-tezlashadi (sutkada 10—50 martagacha) kuchanadi.
Bu kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini tarqatishda pashsha muhim rol o‘ynaydi. Bitta pashsha tanasida 6 million, ichagida yesa 28 millionga yaqin har xil kasal qo‘zg‘ovchi mikroblar borligi aniqlangan.
Yuqorida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida yeng ko‘p uchraydigan o‘tkir oshqozon-ichak kasalliklari to‘g‘risida qisqacha tushuncha berildi. Bu kasalliklarning boshqa turlarini yo‘qish yullari, belgilari ham yuqoridagilarga o‘xshashdir.
O‘tkir oshqozon-ichak kasalliklari yuzaga kelgan zamonoq vrachga murojaat qilish kerak. Bemor albatta shifoxonaga yotqizilib davolanmogi lozim. Bemorning kiyim-kechaklari, idish-tovoqlari maxsus dorilar va qaynatish usullari bilan zararsizlantiriladi. Bemor bilan birga ovqatlangan kishilarning axlati laboratoryyada analizdan o‘tkaziladi, ularda kasallikning oldini olish uchun maxsus dorilar (bakteriofag) ichiriladi.
Agar bemorda ovqatdan zaharlanish belgilari kuzatilsa (qusish, ich ketish, qorinda ogriq va h.k) vrachni yetib kelishi yoki bemorni shifoxonaga olib borish uchun 1—2 soat vaqt talab qilinadigan bo‘lsa, vaqtli o‘tkazmasdan tezlik bilan toza suv qaynagan suvni sovitib, mineral suv, bir oz soda aralashtirib oshqozonni yuvish kerak. Yuvish 3—4 marta takrorlanadi, to oshqozondan yashadigan yuvindi suvda ovqat qoldiqlari qolmagunicha, so‘ng issiq shirin choy, mineral suv ichiriladi, oyoq-qo‘llari isitiladi.
Ovqatdan zaharlanishning oldini olish. Bu, eng avvalo, har-bir o‘quvchi tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishdan iborat. Eskirgan ovqatlarni, limonad, morojenoye, pirojniy, kolbasa, baliq, konserva kabilarni iste’mol qilmaslik. Qozonda qolgan ovqatni xolodilnikda saqlash va iste’mol qilishdan oldin albatta uni qaynatib olish, kolbasa va konservani ham qaynoq suvda qaynatish zarur.
Idish-tovoqlar soda yoki gorchisa aralashtirilgan qaynoq suvda yuvilib, so‘ng toza suvda chayqatiladi. Boshqalar bilan qo‘l berib so‘rashganda, avtobus, mashina, tramvay eshiklarini ushlaganda ovqatlanishdan oldin ham albatta qo‘lni sovunlab yuvish, har bir madaniyatli kishining shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishdagi burchi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |