3-mashg‘ulot . MUSKULLARNING CHARCHASHINITEKSHIRISH
Darsning maqsadi. Muskullar qisqarishi natijasida ish bajarilishi, bajariladigan ishning ritmik ravishda yukga bog‘liqligi hamda charchashini o‘rganish. Jismoniy ish bajarganda yukning og‘irligi va bajarilish muddatiga e’tibor berish.
Hujayra, organ yoki butun organizmning ish faoliyati natijasida vaqtincha ish bajarish qobiliyatining kamayishi va dam olishdan keyin esa uning yo‘qolishi charchash deb ataladi. Odam qo‘lining muskullari dam olish vaqtida ikkinchi qo‘l bilan ish bajarilsa yuk ko‘tarishda charchagan qo‘l muskullarining ish qobiliyati tez tiklanishni birinchi marta I.M. Sechenov ko‘rsatib berdi. Charchagan qo‘l muskullarining ish qobiliyati harakat aktivligining boshqa turlarida, masalan, oyoqning turli muskullari ishlaganda ham tez tiklanishi mumkin. I.M. Sechenov bunday dam olishni anchayin tinch turishdan farq qilib, faol dam olish deb atagan.
Odam jismoniy ish bajarganda muskullarning qisqarish kuchi asta–sekin kamaya borishi natijasida charchash hosil bo‘ladi, ya’ni ishni davom ettira olmaydi. Tez yoki sekin charchash ishlash ritmiga va yukning og‘irligiga bog‘liq. Yuk og‘ir bo‘lsa va tez ishlasa, odam tez charchaydi. Yukning og‘irligi o‘rtacha va ishlash tezligi normal bo‘lsa, foydali ish unumi ham yuqori bo‘ladi. Buni ergografga qo‘lni qo‘yib tajriba qilib ko‘rish mumkin.
Laboratoriya sharoitida odamning qo‘l muskulining charchashini o‘rganish uchun ergogrof asbobidan foydalaniladi. Bu muskullar guruhi tomonidan bajariladigan ritmik harakat amplitudasini yozib oladigan asbobdir.
1 – ish. Ergograf yordamida muskullarni charchashini tekshirish.
Kerakli jihozlar: Yasama ergograf, qog‘oz 12x30 mm kardon, 5–6 dona knopka, tarozi toshlari.
Ishning bajarilishi. Ergograf stol chekkasiga tarozi toshi erkin osilib turadigan qilib o‘rnatiladi. Talabalar qo‘lini ergograf taxtasiga qo‘yib uning dastasidan ushlaydi va ko‘rsatgich barmog‘ini ipning halqasiga kiritadi. Ipning g‘altak orqali pastga tushirilgan uchidan sirtmoqqa 2 kg li tosh osiladi. Muftaga bog‘langan qalam kardon yuzasidagi oq qog‘ozga to‘g‘rilanadi.
Mashg‘ulot davomida boshqa bir talaba kardonni barmog‘i bilan qalam uchi yo‘nalishida siljitib turadi. Talaba barmog‘ini bir maromida (1 sekundda 2 marta) bukib yozadi, bunda ipga osilgan tosh harakatga kelib yuqoriga ko‘tarilib, pastga tushib turadi. Harakat barmoq toliqquniga qadar davom ettiriladi va buning uchun ketgan vaqt belgilanadi.
Barmoqga 1–2 daqiqa dam berilgach tajriba yana takrorlanadi, lekin charchash holati tezroq sodir bo‘ladi. Bunda ham barmoqning qancha vaqtdan so‘ng toliqqanligi belgilanadi. So‘ngra har ikkala tajriba uchun ketgan vaqt o‘zaro solishtiriladi. Shundan so‘ng barmoqqa uzoq vaqt dam beriladi va tajriba uchinchi marta takrorlanadi. Lekin bu safar barmoqni tezroq (1 sekundda 4 marta) bukib yozish amalga oshiriladi. Natijada barmoqni tez toliqishi kuzatiladi. Toliqish davri belgilanadi yana dam oldiriladi. Shundan so‘ng ipga osilgan toshning og‘irligi 2 marta oshiriladi. Barmoqning harakat ritmi dastlabki tajribadagidek bo‘ladi. Bunda ham toliqish holati odatdagidek tezroq sodir bo‘ladi.
Ergograf vositasida o‘tkazilgan bu tajribadan muskullar ishining ko‘p yoki oz bo‘lishiga yuk va ritm ta’sir ko‘rsatadi, ular o‘rtacha bo‘lganda ish unumli yeng yuqori bo‘ladi va muskullar kam charchaydi deb xulosa qilish mumkin bo‘ladi.
4-Rasm. Yasama ergograf orqali muskullarni charchashini aniqlash.
2 – ish.Toliqish holatini kuzatish
Do'stlaringiz bilan baham: |