Glossariy. (atama, lug’at).
Yosh fiziologiya. -Yosh fiziologiyasi turli yoshdagi organizmlarning rivojlanish jarayonida organlar tizimi va butun organizimida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘ziga xos yosh xususiyatlarini o‘rganadi.
Organizm.-Odam organizmi murakkab biologik tizim bo‘lib, u xujayralar, to‘qimalar, organlar va organlar tizimidan tashkil topgan.
Neyrolgiya .-Nerv to‘qimasining tarkibiga kiruvchi xujayra bo‘lib, orqa va bosh miyadagi nerv xujayralari atrofida joylashadi. Bu xujayralarning o‘simtalari ko‘p bo‘lib ular miyadan tashqariga chiqmaydi.
Nerv to‘qimasi .-Nerv to‘qimasi orqa va bosh miyani tashkil etadi. U odam organizmining barcha to‘qima va organlari ishini boshqaradi.
Geterexroniya .-Notekis rivojlanish hodisasi bo‘lib bunda organizmning barcha a’zolari bir tekis rivojlanmasdan hayot uchun zarur a’zolar tez rivojlanadi bu bolaning yashab ketishiga qaratilgan bo‘ladi.
Akseleratsiya .-Akseleratsiya yosh avlodni ruhan va jismonan tez rivojlanishidir.
Reteradatsiya .-Reteradasiya bolalar va o‘smirlarda o‘sish va rivojlanishning susayishi.
Daminanta .-Bir butun refleks apparati bir xil sharoitda ishlab turganda kuchli ta’sir natijasida impulslarning nerv markazlaridagi vaqtinchalik to‘planib ustunlik qilishi daminanta deyiladi.
Savollar:
1. Yosh fizilogiyasi vn gigicnasi fanining ahamiyati va vazifalari limalardan iboial?
2. Bolalarning yoshga xos xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?
3. Yosh fiziologiyasi fani boshqa fanlar uchun qanday ahamiyatga ega?
4. Gigienik talablar deganda nimani tushunasiz?
2-mashg‘ulot.ERKIN HARAKAT TEZLIGINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
Erkin harakat tezligi va aniqligi bolaning asab va mushak tizimlarini hamda koordinasiya mexanizmining rivojlanish darajasiga va takomillashishiga bog‘liq, bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda mushak tolalari diametri kichikdir.
Shunga ko‘ra uning chidamliligi 70% tashkil qiladi va charchashi katta odamlarnikiga nisbatan 2,5 baravar ko‘pdir.
O‘tkazuvchi yo‘llarni to‘liq mayinlashmaganligi tufayli harakat koordinasiyasi yetarlicha emasdir.
11-12 yoshda o‘tkazuvchi yo‘llarni mayinlashishi tugaydi va shunga ko‘ra harakat koordinasiyalari juda tez takomillashib boradi. Harakatlar aniq va tez bo‘ladi.
12-13 yoshda mushakni kuchi, tonusi va chidamliligi bo‘yicha jinsiy farq, ko‘rina boshlaydi. 14-15 yoshda jinsiy yetilishni boshlanishi tufayli organizmda gormonlar muvozanati o‘zgaradi va asab tizimini reaktivligi oshadi, bu esa harakat koordinasiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Oldingi yillarga nisbatan harakat chidamligi buziladi. 16-17 yoshga kirganda organizmda yangi gormonal muvozanati yuzaga keladi va markaziy asab tizimining reaktivligi pasayadi. Harakat koordinasiyasi yaxshilanadi, chaqqonlik paydo bo‘ladi va mushak kuchi hamda chidimliligi oshadi. 18-19 yoshda esa erkin harakatlanish ko‘rsatkichlari yuqori darajaga ega bo‘ladi.
Bolalarda asab va mushak tizimlarini rivojlanish darajasini bormoqlarni erkin harakatlanish tezligi bo‘yicha xulosa qilish mumkin. Buni to‘g‘ri burchakda maksimal tezlik bilan quyilgan nuqtalarni miqdori asosida tavsiflasa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |