Bolalar va o‘smirlarning oqsil yog‘, uglevodlar miqdoriga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji
№
|
Oziq moddalar
(gramm hisobida)
|
Bolalar yoshi
|
7-10
|
11-14
|
15-18
|
1
|
Oqsil
|
78
|
98
|
119
|
2
|
Yog‘
|
81
|
86
|
99
|
3
|
Uglevodlar
|
297
|
424
|
471
|
4
|
Sutkalik umumiy kaloriya (kkal.)
|
2291
|
2940
|
3340
|
Bolalar va o‘smirlar ovqatining sutkalik kaloriyasi
(M. V. Andropov).
№
|
Bolaning yoshi
|
Sutkalik kaloriya
|
1
|
1-2 yosh
|
1500 kkal
|
2
|
3-4 yosh
|
1800 kkal
|
3
|
5-6 yosh
|
2000 kkal
|
4
|
7-10 yosh
|
2400 kkal
|
5
|
11-13 yosh
|
2850 kkal
|
6
|
O‘spirin qizlar
|
2750 kkal
|
7
|
O‘spirin yigitlar
|
3150 kkal
|
O‘quvchilarning kunlik ovqatlanish tartibi. Kunlik ovqatlanish tartibi, o‘quvchi kun tartibining ajralmas qismi hisoblanadi. Chunki, ma’lum tartib bilan ovqatlanish, birinchidan, oshqozon-ichaklarni normal ishlashi, ishtahaning yaxshi bo‘lishini ta’minlasa, ikkinchidan, tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, ya’ni bolalarni har kuni ma’lum belgilangan vaqtda ovqatlanishi, ularni intizomli bo‘lib tarbiyalanishining muhim omilidir.
Ovqat moddalarining oshqozon-ichaklarda parchalanib hazm bo‘lishi uchun 3,5—4 soat vaqt talab qilinadi. Shuning uchun har 3,5—4 soatdan keyin tartib asosida ovqatlanish tavsiya etiladi.
Maktabning birinchi smenasidao‘qiydigan o‘quvchilar uchun ovqatlanish tartib quyidagicha bo‘lishi mumkin:
— nonushta — soat 730 — 800 da. Nonushtada iste’mol qilinadigan ovqat miqdori organizm uchun zarur bo‘lgan sutkalik ovqat kaloriyasining 25% ni tashkil qilishi kerak.
—ikkinchi nonushta — soat 1100 —1130 da, maktab bufetida, sutkalik ovqat kaloriyasining 10—15% ni tashkil qiladi;
—tushki ovqat — soat 15—15-30 da, sutkalik ovqat kaloriyasining 40% ni tashkil qiladi.
—kechki ovqat — soat 1900—1930 da, sutkalik ovqat kaloriyaqining 20—25% ni tashkil qiladi.
— ikkinchi smenada o‘qiydigan o‘quvchilar uchun ovqatlanish tartibi quyidagicha:
— nonushta — soat 800 da, sutkalik ovqatning 25% kaloriyasiga teng bo‘lishi kerak;
— tushki ovqat — soat 1200—1230 da, sutkalik ovqatning 40% kaloriyasiga teng bo‘lishi kerak;
—kech tushki ovqat—1500—1530 da, maktab bufetida, sutkalik ovqatning 10—15% iga teng;
—kechki ovqat — 1900—1930 da, sutkalik ovqat kaloriyasining 20—25% ga teng bo‘lishi kerak,
O‘quvchilarning normal ovqatlanishini tashkil etishda maktab oshxonasi va bufetlarining yaxshi ishlashi muhim ahamiyatga ega. Birinchi smenada o‘qiydigan o‘quvchilar uchun maktab oshxonasi — bufetida issiq; ovqatlar soat 1100—1130 da, ya’ni katta tanaffus paytiga, ikkinchi smena o‘quvchilari uchun esa soat 1500—1530 da tayyor bo‘lishi kerak. Maktab oshxonasi — bufeti ovqatlarining kaloriyasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 250—350 kkal dan;
o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari uchun — 350—450 kkal dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.
Maktab bufetida sotiladigan ovqatlar menyusi har kuni almashtirib turilishi kerak, ular arzon, tarkibida yetarli miqdorda oqsil, yog‘, uglevodlar, vitaminlar bo‘lishi kerak. Masalan; go‘shtli, karamli, kartoshkali, oshqovoqli pirojki, somsa, guruchdan yoki krupadan qilingan sutli bo‘tqa, mastava, shovla, kotlet, issiq sut; choy, non, bulochka kabilar.
Shuni ta’kidlash kerakki, bolalar shirinlikka o‘ch bo‘ladi, ular uyidan maktabda ovqatlanish uchun olib kelgan pulini shirinliklarga sarflab, issiq ovqat iste’mol qilmasligi mumkin. Shirinliklar tarkibida esa bola organizmn uchun zarur oqsil, yog‘, vitaminlar, mineral tuzlar bo‘lmaydi. Shuning uchun maktab bufetida shirinlik (konfet, pechene, pryanik, pirojnoye, limonad) lar sotilmaganliga ma’qul.
Mamlakatimizda bolalar va o‘smirlarning sog‘lom bo‘lishi, jismoniy baquvvat o‘sishi va rivojlanishi normal bo‘lishini ta’minlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan, shuning uchun ovqat yoki vitaminlar yetishmasligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar umuman uchramaydi.
Ba’zi bolalar va o‘smirlarni nisbatan ozg‘in bo‘lishi ovqatni yetishmasligidan emas, balki ovqatlannsh tartibiningg noto‘g‘ri tashkil qilinishi, yuqorida aytib o‘tilganidek, shirinlikni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish tufayli ishtahaning bug‘ilishi yoki organizmda yashirin holda davom etadigan surunkali kasallik, ichakda gijjalarning bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Bunday ozg‘in bolalarni albatta meditsina tekshiruvidan o‘tkazish, ovqat tartibini to‘g‘ri tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Aksincha, keyingi yillarda semirgan bolalar va o‘smirlar soni ko‘payib bormoqda. Buning sababi birinchidan ovqatni ayniqsa yog‘li, shirinli, xamir ovqatlarni ko‘proq iste’mol qilish, ikkinchidan — harakatlanish, jismoniy mashg‘ulotlar bilan kam shug‘ullanishdir.
Ko‘pchilik ota-onalar bolani ayniqsa bir yoshgacha, qolaversa 3—4 yoshgacha jismoniy rivojlanishi bilan muntazam ravishda qiziqib boradilar-u, lekin maktab, yoshida butunlay bu masalaga ye’tibor bermay qo‘yadilar. Albatta bunday qilish yaramaydi. Ayniqsa balog‘atga yetish davrigacha (14—15 yoshgacha) bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘i, ularning jismoniy rivojlanishi ota-ona, qolaversa tarbiyachi va o‘qituvchilar uchun muhim ahamiyatrsh yega. Bola tana vaznining normal bo‘lishi uning ish qobiliyatiga va niqoyat fanlarni o‘zlashtirish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmasdan iloji yo‘q. Turli yoshdagi bolalar va o‘smirlarning tana vazni, bo‘y uzunligi normada qanday bo‘lishi kitobni bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bobidagi maxsus jadvalda ko‘rsatilgan edi.
Agar bola yoki o‘smirning tana vazni mazkur jadvalda ko‘rsatilganga nisbatan, 15-—20% ga oshgan bo‘lsa, - semirishning 1 darajasi, 20—50% ga oshgan bo‘lsa – II darajasi, 50—60% dan ko‘proqqa oshgan bo‘lsa - III darajasi, 100% dan ko‘pga oshgan bo‘lsa – IV darajasi bo‘lib hisoblanadi, ayniqsa, uning II—III—IV- darajalari kasallik hisoblanadi.
Bunday bolalarni arterial qon bosimi ko‘tariladi, yurak ishi qiyinlashadi, diabet kasaliga beriluvchan bo‘ladi, boshi og‘riydi, tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi, darsda ko‘pincha uyqu bosadi,. o‘zlashtirishi pasayadi.
Nerv sistemasining funksional faoliyati ham buziladi. Bunday bolalar o‘z tengdoshlari oldida o‘zlarini; noqulay sezadilar, shuning uchun ham chekadilar, o‘ksinadilar, arzimagan kelishmovchilik, ularni chuqur qayg‘urishiga sabab bo‘ladi.
Semirishning asosiy sababi, yuqorida aytilganidek ovqatni ko‘p iste’mol qilish, ayniqsa, yog‘li, xamir ovqatlar shirinliklarni me’yoridan ortiqcha iste’mol qilishdir.
Ota-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar bolalarning ovqat tartibini doimo nazorat qilib turishlari kerak. Semirishning oldini olishda jismoniy tarbiya, sport, muntazam ravishda harakatlanish muhim ahamiyatga ega.
Ertalabki 15—20 minutlik qilingan gimnastika faqatgina 25—30 kilokaloriya energiyam sarflanishiga imkon beradi, xolos. Bu energiyani o‘rni esa 2—3 chaqmoq qand iste’mol qilish bilan qoplanadi.
Sog‘lom bo‘lish uchun har bir kishi kuniga kamida 2—3 soat o‘rtacha tezlikda piyoda yurmog‘i lozim. Shunda uning organizmi 600—800 kilokaloriya energiya sarflaydi.
Hujayra va to‘qimalar qancha jismoniy harakat bajarsa ulardagi zapas, to‘planib yotgan energiya shuncha sarflanadi, ularning tarkibiy qismi o‘rniga yangi — yosh tarkibiy qism paydo bo‘ladi, oqibatda, hujayralar yosharadi, ularning ish qobiliyati yaxshilanadi. Demak, bolalar va o‘smirlarning sog‘lom baquvvat o‘sib - ulg‘ayishi, ish qobiliyatining unumdorligi ko‘p jihatdan ovqatlanish va kun tartibini gigiyenik talabga muvofiq tashkil qilinishiga bog‘liq. Bu borada ota-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar bolalarga ko‘makdosh bo‘lmoqlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |