1. Xotira haqida tushuncha



Download 27,06 Kb.
bet2/5
Sana15.11.2022
Hajmi27,06 Kb.
#866836
1   2   3   4   5
Bog'liq
umumiy psixologiya

Xotira haqida tushuncha
Individning o’z hayotiy tajribasini esida olib qolishi, esda saqlab turishi va keyinchalik esga tushirishi xotira deb ataladi. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar farqlanadi: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unitish. Bu jarayonlar biri-biridan ajralgan holda yuzaga chiqmaydi. Ular bir umumiy bir jarayonning turli tomonlarini tashqil qiladilar. Xotiraning yuzaga chiqishi, rivojlanishi kishining faoliyati bilan bogliq. Malum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, yani shaxsiy tajribani toplash bilan bogliqdir. Toplangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Malum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoki faoliyatidan tushib qolishi uni esdan chiqarib quyishga olib keladi.
Xotira mexanizmlari
Hozirgi kunda xotira mexanizmlari haqida juda koplab nazariyalar mavjud. Ularning barchasini bir necha guruhlarga birlashtirish mumkin.
Birinchi guruh nazariyalar - psixologik nazariyalar, ikkinchisi - neyrofiziologik nazariyalar. Ularga keyingi yillarda yangi nazariyalar, uchinchi yonalish - bioximik yonalishdagi nazariyalar qoshilmoqda.
Barcha nazariyalar orasida eng oldin paydo bolib rivojlangan nazariyalarga psixologik nazariyalar kiradi. Bu nazariyalar xotira jarayonlarini tarkib toptirishda subektning faolligiga qanday orin berilganligiga, subekt faolligining oziga qanday qaralganligiga bogliq ravishda klassifikatsiya qilinadi. Shunday oqimlardan biriga assosiativ nazariya kiradi.
Assosiativ nazariyaning asosiy tushunchasi assosiatsiya tushunchasidir. Assosiatsiya - aloqa boglanish degan manoni bildiradi va hamma psixik hodisalarni tushuntiruvchi universal mexanizm sifatida qaraladi. Ularning fikricha, agar malum psixik hodisalar inson ongida ayni bir vaqtning ozida bir-biridan ketma-ket hosil bolgan bolsa, ular ortasida assosiativ aloqa hosil bo`ladi.
Agar shu assosiativ aloqaning biron-bir elementi qayta tasir qilsa yoki qayta nomoyon bolsa, ongimizda assosiativ aloqaning barcha elementlarini qayta tiklashga olib keladi.
Shunday qilib, assotsianizm ikkita tasirot ortasidagi aloqa boglanishning zaruriy va etarli asosi - bu tasirlarning inson ongida ayni bir vaqtning ozida nomoyon bolishi deb hisoblaydi.
Assotsianistlar quyidagi assosiatsiya hosil bolishning asosiy sharoitlarni korsatadilar. A) tegishli obektlarning zamon va makon izchilligi; b) obektlarning bir-biriga oxshashligi, obektlarning bir-biridan farqi, qarama-qarshiligi. Shu sharoitlarga mos ravishda uch turli assosiatsiya ajratilgan: izchillik assosiatsiyasi, oxshashlik assosiatsiyasi, kontrastlik assosiatsiyasi.
Ammo bir xil sharoitda doimo bir xil assosiatsiyalar zanjiri hosil bolmaydi. U holda turli kishilar bir xil sharoitda bir xil narsalarni eslab qolgan bolar edilar. Haqiqatda esa aloqalar tanlangan suratda hosil boladi.
Geshtal’tizm (nemischa "gestalt" - obraz degan manoni anglatadi) - psixologik nazariya. Bu nazariyaning asosiy tushunchasi - geshtal’t tushunchasidir. Geshtal’t tushunchasi yaxlit, bir butun tashkilotni (bir butun organizmni) tarkibiy qismlarga bolib bolmaydigan tuzilishini anglatadi.
Bu nazariyaga kora aloqalar (boglanishlar) hosil qilishning asosi sifatida materiallarning tashkil qilinganligi etirof qilinadi. Materialning malum tashkiliy tartibi esda olib qolishda katta rol’ oynaydi. Ammo materialning tuzilishini ochish va baholash, oqibatda uni esda olib qolishda faqatgina subekt faoliyati natijasi asosiy rolni oynaydi.
Hozirgi zamon psixologiya fanida barcha psixik jarayonlarni, shu jumladan xotira jarayonlarini ham tarkib toptirishga sababchi bolgan asosiy faktor shaxs faoliyatidir, deb qarovchi nazariyalar toboro koproq etirof etilmoqda. Bu nazariyaga asosan materialni esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish jarayonlari subekt faoliyatida ana shu materiallarning qanday orinda turishi bilan belgilanadi.

Download 27,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish