18-jadval
Yevropa mamlakatlarida yig’iladigan sug’urta badallarining va investitsiyalar hajmining YAIMga nisbati
Yillar
|
yig’iladigan badallar hajmi, %
|
investitsiyalar hajmi, %
|
ESQ
|
EH
|
EIH
|
ESQ
|
EH
|
EIH
|
1994
|
6,8
|
6,9
|
7,0
|
32,9
|
33,1
|
34,1
|
1995
|
6,7
|
6,8
|
6,9
|
34,8
|
35,2
|
36,2
|
1996
|
7,0
|
7,1
|
7,2
|
37,9
|
38,7
|
39,6
|
1997
|
7,2
|
7,4
|
7,5
|
42,7
|
43,9
|
44,8
|
1998
|
7,5
|
7,6
|
7,7
|
47,3
|
49,0
|
49,9
|
1999
|
7,9
|
8,2
|
8,2
|
52,0
|
53,9
|
54,6
|
1999 yilda, ESQ mamlakatlarida yig’ilgan sug’urta badallarining hajmi YAIMga nisbatan 7,9 foiz, EH va EEH mamlakatlarida esa, bu ko’rsatkich 8,2 foizga teng bo’lgan.
Bu ko’rsatkich, dunyo bo’yicha solishtirilganda, o’rtacha (7,52 foiz) dan yuqori bo’lib, faqatgina, shimoliy Amerika - 8,42 foiz va Okeaniya (Avstraliya va Yangi Zelandiya) - 9,2 foiz ko’rsatkichlaridan ortda koladi.
Mazkur ko’rsatkich dinamikasi ijobiy tusga ega bo’lib, 1992 yildan 1999 yilgacha nisbatan barqaror ravishda- 1,3 martaga oshgan.
Yevropa sug’urtachilarining investitsion faoliyati doimo o’sgan va o’sish jadalligi, ushbu mamlaqatlaming YAIM o’sish sur’atlaridan ancha tez kechgan. Masalan, 1992 yilda ESQ mamlakatlarida, sug’urtachilar investitsiyalarining YaEVlga nisbati 29,1 foiz bo’lgan bo’lsa, 1999 yilda bu ko’rsatkich 52 foizni tashkil etgan. Agar, ushbu ko’rsatkichni EH va EEH mamlakatlari bo’yicha olib qaraydigan bo’lsak, unda mazkur ko’rsatkich, bu mamlakatlarda 53,9 va 54,6 foizni (mos ravishda) tashkil etgan.
Xalqaro moliya munosabatlarida xalqaro sug’urta operatsiyalari bilan bog’liq ko’rsatkichlarni solishtirish, ko’prok, ma'lum hudud mamlakatlarida yig’iladigan sug’urta badallarini, shu hududda istikomat qiluvchi aholining o’rtacha yillik soniga bo’lish orqali amalga oshiriladi.
Bunday oddiy usul, turli xil aholi soniga ega bo’lgan hududlarda sug’urta jarayonining qanchalik ommaviylashganligini aks ettiradi.
Yevropa mamlakatlarida aholi jon boshiga nisbatan sug’urta badallarining barqaror o’sishini kuzatish mumkin. 1992 yilga nisbatan, bu ko’rsatkich ESQ mamlakatlarida 1,75 marta, EH mamlakatlarida 1,79 marta va EIH mamlakatlarida 1,78 martaga oshgan.
1999 yilda EH mamlakatlarida sug’urta badallari to’lovi hajmi 2053 AQSH dollarini tashkil etgan. Va dunyoda faqat AQSHdan keyingi ikkinchi o’rinni egallagan (AQSHda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan sug’urta badallarining miqdori 2765,5 dollarni tashkil etadi). Dunyo hududlari bo’yicha bu ko’rsatkich o’rtacha - 387 AQSH dollarini tashkil etadi.
Axoli jon boshiga sug’urta to’lovlarining hajmida, hayotni sug’urtalash sezilarli salmoqqa ega bo’lib, uning ulushi umumiy yig’ilgan sug’urta badallarida 62 foizni tashkil etadi.
MOL-TOVAR ETKAZIB BERISHNING XALQARO TIJORAT - SUG’URTA MUNOSABATLARIDA ISHLATILADIGAN ATAMALAR
№
|
Yetkazib berish shartlari to’liq nomi
|
Sotuvchi va xaridorning majburiyatlari
|
Kod
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1.
|
Zavoddan, korxonadan, ombordan («franko-ombor» yoki «franko-zavod»)
|
Maxsulot junatish bo’yicha sotuvchi hech qanday majburiyatni o’z zimmasiga olmaydi. U shartnomada ko’rsatilagan muddatda va joyda xaridor tomonidan yuborilgan tashish vositalariga mahsulotni yuklash uchun xaridor ixtiyoriga taqdim etishi lozim.
|
EHW
|
2.
|
«Tashuvchidan erkin» aytilgan joyda («franko-tashuvchi yoki franko-stantsiya»)
|
Sotuvchi tashuvchi ixtiyoriga aytilgan joyda mahsulotni berishi lozim. Tashuvchi - bu, xaridor bilan yoki uning nomidan shartnoma tuzilgan har qanday shaxsdir. Joyni xaridor tanlaydi. Agar xaridor joyni aytmasa, u holda sotuvchi joyni shartnomadagi shartlarga muvofiq o’zi tanlaydi.
|
FRG
|
3.
|
... «vagonda erkin yoki platforma-da»junash joyining nomi (yoki forfot, franko-vagon)
|
Bu shartlar temir yo’llarda tashishda qo’llaniladi. Butun vagonga yuklash uchun yetarli miqdorda mahsulotni junatishda sotuvchi o’z vaqtida platformaga buyurtma berishi, unga mahsulotni yuklash, bu xakda xaridorga xabar berishi va temir yo’l kvitantsiyasining dublikatini berishi lozim. Xaridor o’z vaqtida mo’ljallangan joyni ko’rsatishi va transport xarajatlarini to’lashi lozim. Maxsulot yuklangan vagonni temir yo’lga berilgan vaqtdan boshlab, barcha xavf-xatarlarga xaridor javobgardir.
|
FGR
|
4.
|
... «aeroportda erkin» (aeroport nomi yoki «fob-aeroport»)
|
Sotuvchi shartnomaga muvofiq mahsulotni yetkazib berishga va uni xaridor tomonidan belgilangan havo tashuvchisiga topshirishga majbur. Maxsulot havo tashuvchisiga topshirilgan vaqtdan boshlab, mahsulot buzilishi yoki yo’qolishi xavf-xatari havo tashuvchisiga da'volarini tartibga solishda ko’maklashishi lozim.
|
FOA
|
5.
|
... «Kema borti bo’ylab erkin» yukni tushirish kelishilgan portning nomi
|
Sotuvchi o’z hisobidan shartnomada kelishilgan yuklash portiga xaridor tomonidan ko’rsatilgan joyga kelishilgan muddatda mahsulotni yetkazib berishi va uni xaridor tomonidan ijaraga olingan kema borti bo’ylab joylashtirishi lozim.
|
FAC
|
6.
|
... «Kema bortida erkin» yukni tushirish kelishilgan port nomi
|
Sotuvchi o’z hisobidan xaridor ijaraga olgan kema bortiga mahsulotni yetkazib berishi lozim. Shuningdek, mahsulotni kelishilgan yuklash portiga belgilangan muddatda yetkazish va xaridorga konosament topshirishi kerak. Yukni tryumda joylashtirish sotuvchi majburiyatiga kirmaydi va qabul qilingan me'yorlarga ko’ra, kema egasi hisobiga bajariladi hamda xaridor tomonidan to’lanadigan ijara haqida kiritiladi
|
FOB
|
7.
|
... «Ijara haki (tashish haqi) ... gacha to’langan» mo’ljallangan manzil nomi
|
Bu shart transportning har qanday turiga qo’llanishi mumkin. «Ijara haqi» va «tashish haqi» atamalari o’rtasidagi farq shundaki, birinchisi dengiz va havo.
|
CIF
|
8.
|
... «Qiymat, sug’urta va ijara haqi» mo’ljallangan portning nomi (faqat dengizda tashishlar uchun), (franko-vagon, xaridor manziliga yetkazishsharti)
|
Sotuvchi kemani ijaraga olishi, ijara haqini to’lashi, mahsulotni junatuvchi portga yetkazishi, belgilangan muddatda uni o’z hisobidan kema bortiga yuklashi va xaridorga konosamentni topshirishi lozim. Sotuvchi majburiyatiga, shuningdek transportda yuz beradigan xavf-xatarlardan yukni sug’urta qilishi ham kiradi (sotuvchi xaridorga sotuvchi xaridor nomiga sug’urta polisini topshirishi lozim). Suv transportiga, ikkinchisi - kuruklik transportiga taalluqli. Bu shartga ko’ra, sotuvchi quyidagilarga majbur: o’z hisobidan kelishilgan manzilga mahsulotni tashish shartnomasini tuzishi va tashuvchiga tashish xarajatlarini to’lash; mahsulotni topshirish; xaridorga tashuvchi tomonidan berilgan transport hujjatlarini taqdim etishi lozim.
|
|
9.
|
Ijara haki (tashish haki yoki sug’urta-chiga to’langan, mo’ljallangan manzil nomi, transportning har qanday turi uchun)
|
Sotuvchi aytilgan manzilgacha tashish haqini to’lashi, tashish shartnoma-sini tuzishi va mahsulotni sug’urta qilishi lozim. U tashuvchiga mahsulotni berishi lozim (dengizda tashishda bort konosamenti).
|
FCP
|
10.
|
... «Kemadan».. mo’ljallangan manzil nomi («yoki mo’ljallangan franko port»)
|
Sotuvchi o’z hisobidan shartnomada ko’rsatilgan muddatda mo’ljallangan portga mahsulotni yetkazishi va uni kema bortida xaridorning o’ziga taqdim etishi lozim. Sotuvchi o’z vaqtida xaridorga kemaning kelish vaqti haqida xabar berishi va unga kerakli hujjatni topshirishi mumkin.
|
EHS
|
11.
|
«pristandan» mo’ljallangan portning nomi («franko-pristan»)
|
Sotuvchi 10-punktda ko’rsatilgan majburiyatlarni bajaradi va o’z hisobidan mo’ljallangan portda yukni kemadan tushirishni amalga oshiradi.
|
EHQ
|
12.
|
«boj to’langan holda yetkazilgan» mahsulot olib kelinadigan manzil nomi (xaridorning «franko-ombori»)
|
Bu shart mahsulotni xaridor omboriga yetkazishda qo’llaniladi. Bunday vaziyatda u «xaridor omborida erkin» deb ataladi. Transportning barcha turlari uchun qo’llash mumkin. Mazkur shartga ko’ra sotuvchi quyidagilarga majbur: o’z hisobidan mahsulotni tashish shartnomasini tuzish va mo’ljallangan manzilgacha barcha transport xarajatlarini o’z zimmasiga olishi lozim; mahsulotni aytilgan manzilda xaridor ixtiyoriga topshirishi va ko’rsatilgan joyda bojni to’lashi; importga ruxsatni yoki litsenziyani berishi va import bojlari yoki soliqlarni to’lash bo’yicha xarajatlarni o’z zimmasiga olishi kerak.
|
DDR
|
SIYOSIY RISK NIMA?
TMKlarning dikkat-e'tiborini tortadigan muhim ob'ektlardan biri - investor faoliyati yomonlashuviga olib keluvchi retsipient-mamlakat (qabul qiluvchi)dagi siyosiy o’zgarishlar extimolidir.
Kompaniya faoliyatiga salbiy ta'sir o’tkazuvchi siyosiy xatti-harakatlar sifatida davlat tomonidan xorijiy mulkni qiymatini tulab berish yoki tulamasdan ekspropriatsiya qilish (o`zlashtirish); firma faoliyatini chegaralovchi to’siqlarning o’rnatilishi; investorning xodimlari yoki mulkiga zarar yetkazishni ko’rsatish mumkin.
Masalan, "Ford" korxonasi Vengriyada davlat tomonidan ekspropriatsiya qilingan; Frantsiyada portlatib yuborilgan; Meksikada - hukumatdan operatsiyalar yuritishni tartibga soluvchi, bir-biriga zid bo’lgan buyruklar olgan.
Siyosiy riskni aniqlashda qo’llaniladigan usullardan biri - ma'lum davlatni xorijiy mulkka munosabatini tarixiy jihatdan tahlil etish hisoblanadi. Shuningdek, firmani kiziktirayotgan mamlakat odamlarining fikrini tahlil etish usuli ham keng tarqalgan. Bunday yondoshuvda kelajakdagi yuz berishi mumkin bo’lgan siyosiy voqealarga ta'sir o’tkazadigan odamlarning fikri, biznesga ta'sir etish nuqtai-nazaridan o’rganiladi.
Birinchi bosqichda, siyosiy etaqchilarning umuman biznesga, xorijiy investitsiyalarga, iqtisodiy o’zgarishlami amalga oshirish usullari va xorijiy davlatlarga bo’lgan munosabatiga taalluqli rasmiy va norasmiy chiqishlari e'tibor bilan o’rganiladi.
Nashr qilingan chiqishlarni oson kulga kiritish mumkin bo’lsada, firmalar u bilan ancha kech tanishishi va yetarlicha choralarni amalga oshirishga ulgura olmasliklari mumkin.
Jurnalistlar, ilmiy doira vakillari, o’rta darajadagi amaldorlar va kasaba uyushmalar etaqchilari bo’lib o’tayotgan voqealarga, ko’pchilik hollarda, o’zining ob'ektiv fikrini bildirishadi. Fikrlami tahlil etishda ancha tizimlashtirilgan yondoshuv sifatida, ma'lum mamlakat va ma'lum siyosiy sharoitlarni yaxshi biladigan mutaxassislami jalb qilish mumkin.
Firmalar bunday xulosalar uchun yagona ekspertga, yoki investitsion risklami baholash bilan shug’ullanuvchi tijorat agentliklariga murojaat qilishlari mumkin.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonuni. 1993 yil 7 may.
2. O’zbekiston bank tizimini islox qilish va erkinlashtirish bo’yicha qonunchilik hujjatlari to’plami. T.: O’zbekiston. 2000.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2001 yil 22 iyundagi 263-sonli qarori.
4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2001 yil 25 oktyabrdagi 422-sonli qarori.
5. www.ziyonet.uz
6. www.nur.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |