Qarzlar hajmining tez sur’atda o‘sishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga xavf tug‘dirishi aytildi



Download 37,27 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2022
Hajmi37,27 Kb.
#595838
  1   2   3
Bog'liq
Shavkat Mirziyoyev. Tashqi savdo


Shavkat Mirziyoyev 12-yanvar kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Strategik rivojlanish agentligi faoliyati muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2021-yilda jami 10 milliard dollardan ortiq, jumladan, 8 milliard 100 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgan. Buning natijasida 318 ta yirik va 15 mingdan ziyod hududiy loyihalar amalga oshirilib, 273 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etilgan. Yangi korxonalar jami 1 milliard dollardan ziyod eksport va 530 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish imkoniyatiga ega.
2020-yilda mamlakatda eksport miqdori 9 milliard dollardan oshgan. 2021-yilda esa 12 milliard dollarni tashkil etgan. Bunda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushi sezilarli ko‘paygan.
Joriy yilda 9 milliard 500 million dollardan ziyod to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish, 282 ta yirik va 9 mingdan ortiq hududiy loyihalar ishga tushirish mo‘ljallangan. Eksport hajmini 14 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan.
Davlat rahbari har bir investitsiya loyihasini doimiy nazoratga olib, tashabbuskorlarga ko‘maklashish va o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar bergan.
2017-yil sentabr oyida valyuta liberallashganidan buyon O‘zbekiston iqtisodiyoti va siyosatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyiladi Fitch agentligi hisobotida.
Начало формы
Конец формы

Qarzlar hajmining tez sur’atda o‘sishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga xavf tug‘dirishi aytildi


2017-yil sentabr oyida valyuta liberallashganidan buyon O‘zbekiston iqtisodiyoti va siyosatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyiladi Fitch agentligi hisobotida.

“Valyuta kursining moslashuvchanligi iqtisodiyot uchun foydali, lekin u chet el valyutasidagi kreditlar ortishi natijasidagi bir qator xavflarni ham keltirib chiqaradi”, — deyiladi hisobotda.


Hukumat korxonalarning davlat puliga qaramligini kamaytirishga harakat qilmoqda, biroq turli sohalarda rivojlanish darajasi turlicha. Bozor asosida moliyalashtirishga muvaffaqiyatli o‘tayotgan banklarning ahvoli boshqalarga nisbatan yaxshi.
Davlat qarzdorligi pastligi islohotlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, lekin qarz hajmining tez o‘sishi, agar davom etsa, xavf tug‘diradi.
Fitch tahlilchilarining fikriga ko‘ra, elektr energiyasi ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa muhim tarmoqlariga investitsiya hajmini oshirish boshqa sohalarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Biroq o‘sish sur’atining yuqoriligi ham, agar u kreditlar hisobiga kechayotgan bo‘lsa, xavf keltirib chiqarishi mumkin, — deyiladi hisobotda.
Aktivlar sifatining yomonlashuvi hamda banklarning ko‘proq tashqi moliyalashtirish manbalariga bog‘liqligi misol tariqasida keltiriladi.
Tartibga solish muhiti bozor mexanizmlari rolini oshirish tomon rivojlanmoqda, biroq Fitch ma’lumotlariga ko‘ra, tezlik va muddat ijtimoiy hamda siyosiy idrokka bog‘liq.
Umumiy tashqi qarz 2021-yil to‘qqiz oy davomida 37,6 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Tashqi qarz davlat tomonidan olingan va xususiy qarzlarni o‘z ichiga oladi. Birinchisi 22,9 mlrd dollarni tashkil qiladi va yil boshidan beri 11 foizga o‘sdi, ikkinchisi esa 14,7 mlrd dollarni tashkil qilib, yil boshidan beri 18 foizga o‘sgan.
Davlat qarzi asosan hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratilayotgan tashqi kreditlar hisobiga oshib bormoqda.
Xususiy qarzlar, asosan, banklar va boshqa tarmoqlardan olingan qo‘shimcha kreditlar va qarzlar hisobiga o‘sib bormoqda.
2022-yilda yangi tashqi qarzlar 4,5 mlrd dollar bilan cheklanadi. Bunga O‘zbekiston nomidan yoki O‘zbekiston hukumati davlat kafolati ostida jalb qilingan kreditlar kiradi.
Davlat budjeti taqchilligini qoplashga 2,5 mlrd dollar, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun esa ikki mlrd dollar mablag‘ jalb qilinadi
2021-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 9,98 foizni tashkil etdi. Bu O‘zbekiston uchun tarixiy voqea sanaladi.
Birinchidan, bu ko‘rsatkich 2017-yildan beri ilk bor o‘n foizdan pastladi (2020-yilda 11,1 foizni tashkil qilgan, 2019-yilda 15,2 foiz edi, 2018-yilda 14,3 foiz, 2017-yilda 14,4 foiz).
Ikkinchidan, 2021-yil Markaziy bank mamlakatdagi inflyatsiya darajasini nazorat qila boshlaganidan keyingi birinchi yil bo‘ldi. Regulyator o‘z maqsadiga erishdi va inflyatsiyani 10 foizlik darajada ushlab turishning uddasidan chiqdi.
O‘zbekiston 2021-yil boshidan inflyatsion targetlash tizimiga o‘tdi. Bu tizimda Markaziy bank inflyatsiya bo‘yicha maqsad (target) qo‘yadi va unga erishish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi.
2021-yil uchun mo‘ljallangan maqsad o‘n foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib, bu ko‘rsatkichni besh foizga yetkazish rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, besh foizli inflyatsiya bu Kanada va Buyuk Britaniya kabi davlatlar darajasiga teng ko‘rsatkichdir.
Targetlash doirasida narx barqarorligi moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi, chunki mamlakatdagi ahvol hamma uchun oydinlashadi va oldindan aytish mumkin bo‘ladi.
Masalan, investorlar, tadbirkorlar va boshqalar qaror qabul qilishga izchilroq yondashadi. Bu, o‘z navbatida, butun moliya tizimining barqarorlashuviga olib keladi hamda Markaziy bank ishtiroki darajasini pasaytiradi.
Yana bir boshqa sabablaridan biri — milliy valyutaning qadrsizlanishi. Masalan, turk lirasi bu yil deyarli 50 foizga qadrsizlandi va shu sabab inflyatsiya 20 foizdan oshdi.
Bu vaziyatda o‘zbek so‘mi mustahkam turibdi — dastlabki o‘n oyda valyuta atigi ikki foizga qadrsizlandi.
Inflyatsiya darajasining pastligi narx-navo barqarorligini bildiradi, bu esa, o‘z navbatida, aholining turmush darajasiga ham, uning mehnat faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu omillar oxir-oqibat aholining milliy valyutaga bo‘lgan ishonchini oshirishi, iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasini pasaytirishi, ichki va tashqi investitsiya hajmining oshishiga olib kelishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Avval aytib o‘tilganidek, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev raisligida o‘tgan sammitda Kengash faxriy raisi, Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, kuzatuvchi mamlakat — Kuba prezidenti Migel Bermudes va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikovich qatnashgan.
Ma’lum qilinishicha, yig‘ilish kun tartibidan YEOII makonida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish, jumladan, iqtisodiyot, savdo, sanoat, transport, bojxona ma’muriyatchiligi, raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishlarda amaliy sheriklikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Download 37,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish