1. Chini va fayans ashyolari texnologiyasi.
2. Turli jinsli sistemalarni ajratish jarayonlarhaqida umumiy tushuncha.
3. Azot birikmalarining ahamiyati. Elementar azotni bog'lash usullari.
1.Chinni-fayans sanoati - chinni, fayans va boshqa nafis keramika maxsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi. Uyroʻzgʻorda ishlatiladigan chinni buyumlar va badiiy chinni mahsulotlar, fayans, yarim chinni va mayolika mahsulotlari ishlab chiqarishni qamraydi. Chinni-fayans sanoatis. mahsulotlari roʻzgʻorda, ayrim sanoat tarmoklarida keng qoʻllaniladi. Chinni idishlar tayyorlash qad. Xitoyda 4—6-asrlarda paydo boʻldi. Yevropada birinchi chinni zdi 1710-yilda Meysen (Germaniya)da, Rossiyada 1744-yilda qurilgan. Oʻzbekistonda Chinni-fayans sanoatis, asosan, 20-asrning 50-yillaridan rivojlana boshladi. Unga qadar Oʻrta Osiyoga chinni buyumlar qadimdan Xitoy va Erondan, 19-asrning 2yarmidan boshlab Rossiyadan keltirilgan. Roʻzgʻorda, asosan, mahalliy kulollar tayyorlagan sogyul idishlar (piyola, kosa, lagan, xum, xurmacha, chiroqdon va boshqalar)dan foydalanilgan (qarang Kulolchilik).1952-yilda Toshkent chinni zdida milliy bezakli chinni buyumlar ishlab chiqarila boshladi. 1970-yilda yillik ishlab chiqarish kuvvati 22 mln. dona mahsulot boʻlgan Samarkand chinni zdi, 1978-yilda yillik ishlab chiqarish kuvvati 29 mln. dona mahsulot boʻlgan Quvasoy chinni zdi ishga tushirildi. 1967-yilda Angren keramika kti ishga tushirilishi bilan respublikada turli xil fayans va chinni plitkalar va sanitariyaqurilish mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiddi.20-asrning 70-yillari oʻrtalarida Oʻzbekiston Chinni-fayans sanoatis.da 40,5 mln. dona chinni mahsulotlar (shu jumladan, 0,44 mln. dona sanitariyaqurilish buyumlari) ishlab chiqarildi. Respublika Chinni-fayans sanoatis. korxonalarida aholi ehtiyojlari uchun milliy uslubdagi chinni buyumlar (piyola, choynak, kosa, tarelka, lagan, koʻza, sovgʻabop toʻplamlar), qurilishda ishlatiladigan fayans plitkalar chiqariladi. Tarmoqda "Oʻzbekengilsanoat" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar: Abdurauf Ibrohimov nomidagi "Toshkent chinni zavodi" aksiyadorlik jamiyati, Samarkand "Nafis" aksiyadorlik jamiyati, "Quvasoy chinnisi" aksiyadorlik jamiyati. 2003-yilda tarmoq korxonalarida 44 mln. dona chinni mahsulotlari ishlab chiqarildi. Chinni buyumlar chet ellarga eksport qilinadi. "Oq oltin", "Tong", "Uzum", "Tovus", toʻplamlari xalqaro koʻrgazmalarda oltin medallar bilan taqdirlangan.Xorijiy mamlakatlardan Xitoy, GFR, AQSH, Fransiya, Yaponiya, Chexiya va boshqalarda Chinni-fayans sanoatis. taraqqiy etgan. Germaniyada "Rozental", "Xuchenroyter", Fransiyada "Bernardo", "Dyupe", Buyuk Britaniyada "Uejvud", Yaponiyada "Noritake" tarmoqdagi eng yirik va tarixiy anʼanalariga ega boʻlgan firmalar hisoblanadi.
2.Turli jinsli sistemalarni ajratish usullari
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasining bir qator bosqichlarida turli jinsli sistemalarni ajratish bilan bogʼliq muhandislik masalalari koʼplab uchraydi. Masalan, xom-ashyolarni ishlab chiqarishga tayyorlash, vino va suslolarni tiniqlashtirish, (yaʼni ular tarkibidan erkin suzib yuruvchi zarrachalarni ajratib olish), oʼsimlik moyini tindirish va filtrlash, oʼstirilgan tovar hamirturushni suyuqlik muhitidan ajratib olish, pivo tarkibidan achitqilarni ajratish, don mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarida hosil boʼluvchi changli havoni tozalash, oqava suvlarni tindirish kabi bir qator operatsiyalar geterogen sistemalarni ajratish jarayonlariga misol boʼladi.Samarali ajratish usullarini tanlash paytida turli jinsli sistemalarni tashqil etuvchi fazalar holati, ularning oʼlchamlari, zichliklari oʼrtasidagi farq va muhitning qovushqoqligi eʼtiborga olinadi.Turli jinsli sistemalarni ajratish uchun qoʼyidagi gidromexanik usullardan foydalaniladi:
- choʼktirish;
- filtrlash;
- sentrifugalash;
- suyuqlik yordamida ajratish.
Ogʼirlik kuchi, inertsiya kuchlari, jumladan markazdan qochma kuch va elektrostatik kuchlar taʼsirida suyuq va gaz sistemalari tarkibidan suyuqlik yoki qattiq jism zarrachalarini ajratib olish usuli choʼktirish deb yuritiladi. Аgar choʼktirish ogʼirlik kuchi taьsirida amalga oshirilsa, bu jarayon tindirish deyiladi va undan birlamchi ajratish uslubi sifatida foydalaniladi
3.AZOT BIRIKMALARINING AXAMIYATI.
Ular xalq xo‘jaligida keng qo‘llaniladi. Qishloq xo‘jaligida suyuq ammiak, karbamid va boshqalar mineral o‘g‘it sifatida nitrat kislotasi, gaz holidagi ammiak, mudofaada, meditsinada, neft sanoatida, metallurgiya sanoatida ishlatiladi.Azotning birikmalari uch xil shaklda bo‘lishi mumkin:1.Ammoniy formasida-ammoniy sulfati (NH4)2SO4,
ammoniy nitrati NH4NO3 va x.k.
Амид формасида-калций цианамиди СаСN2, карбамид СО(NH2)2 va x.k.Nitrat formasida-natriy nitrati NaNO3, kaliy nitrati КNO3 va x.k.Qishloq xo‘jaligi uchun azot o‘g‘itlarining, kaliyli va fosforli o‘g‘itlarning ahamiyati katta. Ayniqsa, kartoshka, kand lavlagi, paxta hosildorligini oshiradi. 1 kg bog‘langan azot birikmasi paxta hosildorligini 12 kg ga, qand lavlagini 160 kg ga, kartoshkani 120 kg gacha oshiradi.1990 yilda 80 mln. tonna atrofida bog‘langan azot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2000 yilda 120 ming tonna ishlab chiqarilishi mumkin. Azot sanoatida maxsulot olish uchun asosiy xom ashyo atmosfera havosi va bazi bir yoqilgilar hisoblanadi. Kimyoviy sanoatda havoning xom ashyo sifatidagi belgilari 2 bobda berilgan. Havoni bir qismi azot bo`lib, u amiak, kalsiy sianid va azot texnologiyalarini boshqa maxsulotlarini olishda ketadigan jarayonlarda ishlatiladi. Bazi bir azot texnologiyalarida havoni toza xolda ajratib olish shartmas, N2:H2=1:3 stexiometrik korinishga keltirish uchun havo gaz aralashma xolatiga keltiriladi. Boshqa sxemalarda sintez gazini ortiqcha aralashmalardan tozalash uchun suyuq azot ishlatiladi, va gaz xoldagisi konversiyalangan gazga aniq belgilangan nisbatda qoshiladi. Oxirgi xolatda havoni chuqur muzlatish orqali ajratishadi.Xozirda azot sanoatida uglerod oksid konversiyasini qo`shgan tabiy gaz konversiyasi texnologik sxemalari ishlatilmoqda. Bu sxemalarni foydali tomonlari hajmi boshlang`ich gaz hajmalaridan katta bo`lgan konvertirilgan gazning siqilgandagi ishlatilgan energiya sarfini kamaytirish, shu xolda apparat, kommunikatsiyalar va armaturalarning kattaligi o`zgaradi; gazlar namligi rekupirlanadi,( chunki suv bug`larinig kondensatsiya temperaturasi o`zgaradi) vodorod azotning kompressori konstruksiya osonlashadi, u o`z navbatida energo texnologiya printsiplariga bo`ysingan katta birlik quvvatiga ega agregat yaslishiga yo`llanma bo`ladi. Oxirgisi maxsulotning tan narxini va capital mablag`larni tushirishga, va ishlab chiqarishni keskin oshirihga olib keladi.
50-variant
Do'stlaringiz bilan baham: |