Joylashtirish vositalarining turlari
Joylashtirish vositalarining turlari
|
Joylashtirish vositalarining xillari
|
Mehmonxonalar va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari
|
Mehmonxonalar, apartotellar, apartamentlar majmui (qarorgoh), luks nomerli mehmonxonalar,
spa-mehmonxonalar, butik-otellar, motellar va b.
|
Ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari
|
Sanatoriy-kurort joylashtirish vositalari: sanatoriylar, pansionatlar, yashab davolanadigan shifoxonalar va b.
Dam olish va bo‘sh vaqtni tashkillashtirish uchun ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari: dam olish uylari/markazlari/zonalari, sport bazalari, ovchilar uyi, baliqchi uyi va b.
Bolalar va o‘smirlarning dam olishi, sog‘lig‘ini tiklashi va bo‘sh vaqtini tashkillashtirish uchun joylashtirish vositalari:
- bolalar sanatoriylari, davolovchi pansionatlar, bolalar uchun sanatoriy-sog‘lomlashtirish va davolanish-sog‘lomlashtirish oromgohlari;
- bolalar oromgohlari/dam olish markazlari;
- ixtisoslashtirilgan yoki muayyan xususiyatli bolalar oromgohlari/dam olish markazlari (turistik, sog‘lomlashtirish, sport, o‘lkashunoslik, til o‘rganish, raqs, kompyuter, ilm olish, ekologik, jismoniy-sog‘lomlashtirish va b.);
- turistik bazalar (bolalar va o‘smirlar turizmi, o‘lkashunoslik va ekskursiyalar, bolalar turistik bazalari, oromgohlar va b.).
Turistik ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari: turistik bazalar; turistik oromgohlar; chodirli/kemping oromgohi; o‘tovli oromgohlar; dam olish uylari/markazlari/zonalari; turistik qishloq; kemping va b.
|
Individual joylashtirish vositalari
|
Turar-joy uylari, shu jumladan: shahar tashqarisidagi uy; dala hovli; xususiy uy; fermer uyi; eko-ferma; tog‘dagi uy; mehmonlar uchun uy; mehmonlar uchun shahardagi uy; qishloqdagi uy; o‘tov; shale; bungalo; kvartira; apartament va b.
|
Boshqa joylashtirish vositalari
|
Xostellar (yoshlar mehmonxonalari) va yotoqxonalar
|
Joylashtirish vositalari quyidagi belgilar bo‘yicha turlar va toifalarga bo‘linadi:
belgilangan vazifasi bo‘yicha;
turgan joyi/joylashishi bo‘yicha;
ishlash vaqti bo‘yicha;
texnik jihatdan jihozlanish darajasi bo‘yicha;
moddiy baza va nomer fondining holati bo‘yicha;
sig‘imi bo‘yicha;
servis va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati darajasi bo‘yicha;
tashrif buyuruvchilar kontingenti bo‘yicha;
joylashtirish vositalari xizmatlarini ko‘rsatish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa parametrlar va/yoki joylashtirish vositalari xizmatlari iste’molchilarining axborotga egaligi bo‘yicha.
Joylashtirish vositalarining toifalari “yulduzcha” belgisi (toifaga muvofiqlik belgisi) bilan belgilanadi. Joylashtirish vositalariga - bir, ikki, uch, to‘rt va besh yulduz toifalari berilishi mumkin.
Belgilangan vazifasiga ko‘ra joylashtirish vositalari tranzit va maqsadliga bo‘linadi. Tranzit joylashtirish vositalari qisqa muddatli to‘xtash sharoitlarida tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Maqsadli joylashtirish vositalariga ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari va ishga aloqador bo‘lgan joylashtirish vositalari kiradi.
Turgan joyi/joylashishi bo‘yicha joylashtirish vositalari shahar, shahardan tashqari, qishloq, tog‘, o‘rmon, daryodagi va boshqalarga bo‘linadi.
Ishlash vaqti bo‘yicha joylashtirish vositalari quyidagilarga bo‘linadi:
yil bo‘yi ishlaydigan;
mavsumiy ishlaydigan;
dam olish kunlaridagi;
turish kunining vaqti bo‘yicha tunu-kun, kunduz kuni yoki cheklangan tarzda ishlaydigan.
Tashrif buyuruvchilar kontingenti va ixtisoslik bo‘yicha joylashtirish vositalari: turistik, sport, jismoniy-sog‘lomlashtirish, bolalar, yoshlar, talabalar, oilaviy, yoshi katta insonlar uchun, jismoniy imkoniyati cheklangan tashrif buyuruvchilar uchun, bolalar uchun, xizmat safari uchun va boshqalarga bo‘linadi.
Foydalaniladigan binolar (imoratlar) turi bo‘yicha joylashtirish vositalari:
alohida turgan binolarda (individual yashash uylaridan tashqari) joylashganga;
individual yashash uylarida joylashganga;
ko‘p kvartirali yashash uylaridagi kvartiralarda joylashganga;
boshqa binolar, bino va imoratlarning qismlarida joylashganga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |