Replikatsiya. Replikatsiya uchta asosiy bosqichdan iborat: Initsiatsiya – jarayonning boshlanishi; Elongatsiya – zanjirning uzayishi; Terminatsiya – sintezning tugashi. Hujayrada replikatsiya jarayoni sodir
bo‗lishi uchun zarur komponentlar va shartlar quyidagilardir: DNKpolimeraza – sintezni amalga oshiruvchi asosiy ferment;
Dezoksiribonukleotidtrifosfatlar (dATP, dGTP, dTTP, dCTP) – yangi
sintelanuvchi zanjir uchun xom ashyo; DNK-matritsa – hujayradagi
barcha biosintezlar uchun xos bo‗lgan muhim jihatlardan biri – sintez
uchun qolip, andaza, ya‘ni matritsa ning zarurligidir. Busiz sintez
amalga oshishi mumkin emas; DNK-xelikaza – DNK ning qo‗sh zanjiri
orasidagi kuchli vodorod bog‗larini uzuvchi ferment; oqsil faktorlar –
jarayonni boshqarib turishda ishtirok etadi; SSB-oqsillar – DNK qo‗sh
zanjiri ochilgandan so‗ng qayta birikib qolmasligi uchun mazkur
bog‗lovchi oqsillar qatnashadi; Mg2+
- fermentlar hamda dezoksiribonukleotid-trifosfatlarni faollashda qatnashadi.
1956 yilda A.Kornberg E.coli bakteriyasi hujayrasidan DNKpolimeraza fermentini ajratib oldi (DNK-polimeraza-I) va 1959 yilda
―DNK va RNK ning biologik sintezi mexanizmini ochganligi uchun‖
Nobel mukofoti sovrindori bo‗lgan.
Replikatsiya jarayoni murakkab biokimyoviy reaksiyalar va
hodisalar to‗plamidan iborat bo‗lganligidan kimyogar mutaxassis uchun
tasavvur hosil qilish maqsadida faqat umumiy jihatlariga to‗xtab o‗tish.
Рибосомалар
Ribosoma — bu oqsil biosintezida qatnashadigan hujayraning eng muhim nomembran organellasi. Ribosomada iRNK asosida aminokislotalardan tashkil topgan oqsil zanjiri hosil bo'ladi. Bu jarayon translyatsiya deb nomlanadi. Ribosomalarning shakli sferik yoki ellipsoiddir, ularning diametri prokariotlarda 15-20 nanometr, eukariotlarda 25-30 nanometr tashkil etadi. Ikki subbirlikdan tashkil topgan. Eukariotlar hujayrasida ribosomalar endoplazmatik rettikulum memranasiga bog'lanib yoki sitoplazmada erkin holatda joylashishi mumkin. Kopincha bir necha ribosomalar bog'lashib poliribosoma (polisoma) tashil etishi mumkin. Eukariotlar hujayrasida ribosomalar yadrocha deb nomlanadigan maxsus yadro apparatida hosil bolishadi. E.coli ribosomasinig tuzilishi. Qizil rang bilan katta subbirlik, ko'k rang bilan esa kichik subbirlik korsatilgan
Ribosomalarining sedimentatsiya koeffitsienti eukariotlarning sitoplazma ribosomalarida 80S (katta subbirlik 60S va kichik subbirlik 40S), prokariotlarda (mitoxondriya va plastidalar) ribosomalarida esa 70S (katta subbirlik 50S va kichik subbirlik 30S) ga teng. Ribosomalar (ribonuklein kislota va ...soma) — oʻz tarkibida ribonuklein kislotalarni saqlovchi sitoplazmaning doimiy, membranasiz organoidlari. Ribosomaning kashf etilishi elektron mikroskopik tadqiqotlarning rivojlanishi bilan bogʻliq. Har bir Ribosoma diametri 20 nm dan oshmaydigan katta va kichik subbirliklardan iborat. Subbirliklar qoʻshilishi yoki ajralishi mumkin. Prokariotlarning xujayralarida ribosomalar nisbatan kichikroq boʻladi. Ribosoma mitoxondriyalar va xloroplastlar tarkibida ham uchraydi. Eukariotlar, prokariotlar, mitoxondriyalar va xloroplastlardagi Ribosoma kimyoviy tarkibi jihatidan ham birmuncha farqqiladi. Mac, prokariotlarning P. ida oqsillarning 55 xili mavjud, eukariotlarda esa 100 dan ortiq boʻladi. Ribosoma oqsilni sintezlaydi. Shuning uchun oqsil sintezini boshlovchi, davom ettiruvchi va tugatuvchi Ribosoma mavjud. Ribosomaning A (aminokislotalar birikadigan) va R (peptid bogʻlari hosil boʻladigan) faol qismlari bor. Oqsil sintezi jarayonida bir molekula iRNKda bir nechta Ribosoma ketmaket joylashib, translyasiya amalga oshadi. Bunday P. majmuasi polisomalar deyiladi. Endoplazmatik toʻr membranasi bilan bogʻlangan Ribosomada hujayradan tashqariga sekretsiyalanuvchi oqsillar, gialoplazmada erkin joylashgan Ribosomada esa hujayraning oʻzi uchun zarur boʻlgan oqsillar sintezlanadi. Oqsil sintezi jadal kechuvchi hujayralarda Ribosoma soni juda koʻp boʻladi. Eukariot hujayralarda Ribosoma yadrochada hosil boʻladi. Dastlab DNK matritsasida ribosomal RNK (rRNK) sintezlanadi. Soʻngra RNK oqsil molekulalari bilan qoʻshilib, Ribosoma subbirliklarini hosil kiladi va yadrodan sitoplazmaga chiqariladi.