2) Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustakil pul tizimiga ega. Respublikamizda mustakil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so’m-ko’pon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomilagacha milliy valyuta «so’m»ni chiqarilishidir.Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi Pul tizimi 1995 yil 21 dek.da qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi konunga muvofiq tashkil etilgan. Rasmiy pul birligi soʻm. Soʻmning chet el valyutalariga nisbatan kursini OʻzR Markaziy banki belgilaydi va matbuotda eʼlon qiladi. Oʻzbekiston hududida nakd pullar (banknotlar va tangalar) ‘va naqd boʻlmagan pullar (kredit muassasalarida hisobvaraqlardagi mablagʻlar koʻrinishida) amal qiladi. O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfatlariga xizmat qiladi. Xozirgi pul tizimi XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi munosabati bilan shakllangan, biroq uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizda 2003 yilni 15 oktyabridan joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi.
Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga erishilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuksalishlarga erishayotganligidan, uni jahon iqtisodiy hamjamiyatdagi integrasiya jarayoni yanada tezlashayotganligidan dalolat beradi.
5-variant 1) Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari bir qator olimlar tomonidan uzoq yillar mobaynida turilicha muhokama qilinib kelingan. Bu xususida ilk qarashlar asosan omonatchilar, bank mijojozlari va aksiyadorlari tomonidan vahima (panika) qilish natijasida pul mab¬lag‘lari (omonatlari)ni banklardan yoppasiga olish orqali banklarning likvidlilik darajasiga asossiz ravishda ta’sir etishi bilan bog‘liqdir.
• Haddan ortiq kredit ekspansiyasi. Mazkur omil natijasida kredit portfeli sifati yomonlashadi, kreditlar ta’minoti bo‘yicha ortiqcha qiymat yuzaga keladi va kredit riski ortadi. Kredit portfeli tarkibida kreditlar miqdorining ortishi natijasida ularning monitoringini yuritish bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bunga misol sifatida, Yaponiya, 80-yillardagi Lotin Amerika va 90-yillardagi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan bank inqirozlarini keltirishimiz mumkin.
• Inflyatsiya. Inflyatsiya foiz stavkalari orqali bank tizimiga bir qator yo‘nalishlar doirasida ta’sir etishi mumkin. Bularga milliy kapitalning chetga oqib ketishi, jamg‘arishga bo‘lgan moyillikning pasayishi, aktiv va passiv operatsiyalar tuzilishidagi o‘zgarishlarni keltirish mumkin.
• Tovar, moliyaviy aktivlar narxlari va foiz stavkalarining keskin tebranishi. Bunday holatda banklar kredit va bozor risklarini aniqlashda, omonatchilar va nazorat organlari bank moliyaviy holatini baholashda noaniqliklarga duch keladi. 1980 yillarda Shvetsiyada kredit bozorini liberalizatsiya qilish natijasida kredit spekulyatsiyasi va moliyaviy bozorda narxlarning asossiz oshishi jiddiy bank inqiroziga olib kelgan.
• Savdo qoidalarining buzilishi. Mazkur holat bank inqirozlarini boshidan kechirgan deyarli barcha mamlakatlarda kuzatildi. Eksport tarkibida asosiy o‘rin egallovchi moddalar bo‘yicha narxlarning keskin tushishi eksport qiluvchi korxonalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklar faoliyatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
• Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda moliviy bozorlarni libe¬ralizatsiyalash. Mazkur holatning barcha ijobiy tomonlarini hisobga olgan holda yana shuni ta’kidlash mumkinki, Lotin Amerikasi (80-90 yillarning birinchi yarmi) va Janubiy-Sharqiy Osiyo (1997-1998 yy.) mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qisqa muddatli spekulyativ pullar va portfel investitsiyalar moliyaviy tizimning foiz stavkalari va valyuta kurslari tebranishlariga bo‘lgan ta’sirchanligini oshiradi.