8-вариант
1. Ta’rif sistemasining asosiy elementlari bo‘lib quyidagi qaysi elementlar hisoblanadi
А) Ta’rif-malaka ma’lumotnomasi, ta’rif jadvali, ta’rif stavkasi
Б) Ishchi razryadlari, soatli ta’rif stavkasi
В) Ta’rif jadvali va ta’rif stavkasi, ishchining razryadi
Г) Ta’rif-malaka ma’lumotnomasi, ishchining razryadi
2. Meyorlashtiriladigan vaqt tarkibiga quyidagi qaysi vaqt sarflari kiradi?
А) Tayyorlovchi-yakunlovchi vaqt, ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti, dam olish vaqti, texnik tanaffuslar vaqti, operativ vaqt
Б) Operativ vaqt, tayyorlovchi-yakunlovchi vaqt, ish joyiga xizmat ko‘rsatuvchi vaqt, tashkiliy-texnik tanaffuslar vaqti
В) Tashkiliy-texnik tanaffuslar vaqti, tayyorlovchi-yakunlovchi vaqt, operativ vaqt
Г) Operativ vaqt, tayyorlovchi-yakunlovchi vaqt, ish joyiga xizmat ko‘rsatish vaqti, dam olish vaqti
3. Smenalik koeffitsienti qanday hisoblanadi?
А) Barcha smenadagi ishlovchilar soni eng katta smenadagi ishchilar soniga bo‘linadi
Б) Barcha smenadagi xizmatchilar soni eng katta smenadagi ishchilar soniga bo‘linadi
В) Barcha smenadagi band bo‘lgan ishchilar soni eng katta smenadagi ishchilar soniga bo‘linadi
Г) Barcha smenadagi ishchilar soni eng katta smenadagi xizmatlar soniga bo‘linadi
4. Mehnat staji bu-
А) Ishlovchining mehnat faoliyati va otpuska kunlarining davomiyligi
Б) Ishlovchi otpuska kunlarining davomiyligidir
В) Ishlovchi mehnat faoliyatining davomiyligidir
Г) Ishlovchi bayram va dam olish kunlarining davomiyligi
5. Xodimning ish staji deganda nimani tushunasiz?
А) Nafaqa davridagi xizmatchilarning xuquqlarini belgilash
Б) Ishchining vaqtinchalik ishda bo‘lish davri
В) Ishchilarni xozirgi kunda ishlayotgan korxonadagi ish davri tushuniladi
Г) Ish davomiyligi tartibi va uni amalga oshirish mudati
6. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi qanday usulda tartibga solinadi
А) Talab va taklif mexanizmi orqali, shuningdek davlat kafolatlari orqali
Б) Bozor mexanizmi orqali
В) Davlat orqali
Г) Ijtimoiy hamkorlik yo’li bilan
7. Aholi ehtiyojlari va turmush darajasiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi
А) Salomatlik, ovqatlanish, turur joy, uylardagi mol-mulklar, pulli xizmatlar, aholining madaniy darajasi, daromadlar va xarajatlar
Б) Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasining rivojlanishi Ilmiy texnik taraqqiyot, Aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi
В) Ilmiy texnik taraqqiyot, Aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi
Г) Turur joy, uylardagi mol-mulklar, pulli xizmatlar, aholining madaniy darajasi, daromadlar va xarajatlar
8. Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga qancha muddatgacha to’lanishi mumkin?
А) O’n uch xafta Б) Ikki xafta В) Yigirma olti xafta Г) To’rt xafta
9. Funksional mehnat taqsimoti nima?
А) Ishchining mutahassisligi va bajarayotgan ishining murakkabligini hisobga olib mehnatni taqsimlash
Б) Barcha ishlar yig’indisini turli turkumdagi ishchilar o’rtasida ularning qatnashish xarakteri va bajarayotgan vazifasiga qarab taqsimlanishi
В) Ishlarni bajarishda yuqori mahsuldorlikka erishish uchun, hamda ishlab chiqarish jarayonida ishchilarning kasbi mutahassisligi boyicha sonini eng optimal xolga keltirish
Г) Ayrim texnik va iqtisodiy talablarga amal qilgan xolda ishlab chiqarish jarayonini tarkibiy qismlarga bo’lish
10. Ishchi kuchiga bo’lgan talab nimalardan iborat?
А) Ma’lum tarkibga ega bo’lgan ishchi kuchining ish joylariga bo’lgan ehtiyoji
Б) Ish beruvchilarning muayyan ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyoji
В) Ishchi kuchi bilan ta’minlanmagan bo’sh ish joylari miqdori
Г) Ishchi kuchi bilan ta’minlangan ish joylari miqdori
11. Mehnat bozorida raqobatdosh asosiy omillar nimalarga bog’liq?
А) Ishchi kuchining maqomiga bog’liq
Б) Ishchi kuchini moddiy ahvoliga bog’liq
В) Ishchi kuchini kasb-malakasiga bog’liq
Г) Ishchi kuchini oilaviy ahvoliga bog’liq
12. Demografiya fani nimani o’rganadi?
А) Inson resurslarini Б) Ishchi kuchini В) Mehnat resurslarini Г) Aholishunoslikka doir bilimlarni
13. Ishsizlikning tabiiylik darajasi qanday bo’lishi kerak?
А) 6-7 % Б) 3-4% В) 1,5 -2,5% Г) 4-5%
14. Joriy ishsizlik nima?
А) Iqtisodiyot tarkibining o’zgarishi bilan keladigan ishsizlik
Б) Iqtisodiy rivojlanish bosqichlarida yuzaga keluvchi ishsizlik
В) Aholi qisqartirilgan ish rejimida band bo’lishi
Г) Ishchi kuchini ish joyini o’zgartirishi munosabati bilan yuzaga keladigan ishsizlik
15. Tirikchilik minimumi bu -
А) Turmush darajasi Б) Jismonan yashash uchun zarur bo’lgan ish haqi darajasi
В) Olinadigan daromadlar va xarajatlar darajasi Г)а Aholi ehtiyojlari
16. Ish haqining asosiy shakllari qaysilar?
А) Ishbay, ishbay-mukofot, akkord Б) Ishbay va vaqtbay
В) Vaqtbay, vaqtbay-mukofot, jamoa Г) YAgona tarif tizimi boyicha va tarifsiz
17. Ish haqi nima?
А) Tovar ishlab chiqarishga ketgan moddiy xarajatlar majmuasi
Б) Tovar ishlab chiqarishga ketgan ishchi kuchi xarajatlari
В) Ishchi kuchining qiymat ekvivalenti
Г) Tarif stavkasi boyicha to’lanadigan oylik maoshi
18. Mehnat jarayonida xodimlarning ijtimoiy muhofaza qilish unsurlari qaysilar?
А) Iqtisodiy, huquqiy, siyosiy Б) Ijtimoiy В) Mintaqaviy tarmoq va asosiy kelishuvlardagi ijtimoiy kafolatlar Г) Davlat minimal ijtimoiy standartlari
19. Mehnat bilan bandlar sonini aniqlash qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan
А) IT=ITr + ITnr +MM Б) MM = MRA–B–INF В) MR = MLA +IO’P Г) A,B,C
20. Mehnatni ilmiy tashkil etishning moxiyati bu –
А) Mehnat sharoitlarini hamma xillarini yaxshilash va usullarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan kator tadbirlarni rejali amalga oshirish jarayoni
Б) Kishilarning moddiy ne’matlar va madaniy boyliklar yaratish yulidagi maqsadga faoliyatidir
В) Bu ma’lum bir tashkiliy texnik sharoitlarda mahsulot birligini tayyorlash yoki vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarish belgilangan hajmini bajarish yoki ishlab chiqarish vositalariga xizmat kilish uchun mehnat sarfi o‘lchovini belgilashda
Г) Ijrochining texnologik jixatdan bo‘linmaydigan operatsiyaning ma’lum qismini ijro etish uchun tugallangan keng xarakati yigindisi
21. Mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy vazifalari quyidagicha
А) Iqtisodiy, psixofiziologik, sotsial Б) Sotsial, psixofiziologik, tashkiliy
В) Sotsial, iqtisodiy, tashkiliy Г) Psixofiziologik, sotsial, tashkiliy
22. O’zbekistonda aholining o’rtacha zichlik ko’rsatkichi qancha kishiga to’g’ri keladi?
А) 1 kv km ga 591 kishiga Б) 1 kv km ga 100 kishiga
В) 1kv kmga 78,9 kishiga Г) 1kv km ga 15,6 kishiga
23. Insonlarning hududiy jihatdan safarbarligi – bu?
А) Yuborish Б) Mehmondorlik В) Migrasiya Г) Kutish
24. Davriy ishsizlik nima?
А) Iqtisodiyot tarkibining o’zgarishi bilan keladigan ishsizlik
Б) Ishchi kuchini ish joyini o’zgartirishi munosabati bilan yuzaga keladigan ishsizlik
В) Iqtisodiy rivojlanish bosqichlarida yuzaga keluvchi ishsizlik
Г) Muayyan iqtisodiy rivojlanish darajasiga to’g’ri keladigan me’eriy ishsizlik holati
25. Ijtimoiy mexnat jarayonlari va ularning ishtirokchilariga boshqaruv ta’sirini o‘tkazishning prinsipial usullari – bu
А) Mexnatni boshqarish usullari Б) Mexnatni boshqarish shakllari
В) Mexnatni boshqarish metodlari Г) Mexnatni boshqarish
26. Qo‘yilgan maqsadlar va vazifalarga erishish uchun boshqaruv obektlariga nisbatan amalga oshiriladigan xarakatlar – bu?
А) Ijtimoiy mexnat sohasi Б) Mexnatni boshqarish jarayoni
В) Mexnatni boshqarish funksiyalari Г) Mexnatni boshqarish usullari
27. Ijtimoiy muhofaza subyektlari kimlar?
А) Davlat, individual daraja Б) Yollanma xodim, xodimning lavozimi va malakasi
В) Yollanma xodim, ish beruvchi, davlat, sug`urta tashkilotlari Г) Mehnat tashkilotlari
28. Ijtimoiy sherikchilikning asosiy maqsadi nima?
А) Ish haqini oshirish uchun birgalashib faoliyat yuritish
Б) Mehnat sharoitlari hususida tomonlarni birgalashib faoliyat yuritishi
В) Mehnat unumdorliini oshirish uchun qilingan hamkorlik
Г) Mehnat intizomini yaxshilash uchun qilingan xarakatlar
29. Ijtimoiy transfert nima?
А) Bajarilgan ishga to’lanadiga to’lovlar
Б) Maxsus fondlardan yoki davlat byudjetidan to’lanadigan to’lovlar
В) Bajarilishidan qatiiy nazar to’lanadigan to’lovlar
Г) Hamma javoblar to’g’ri
30. O’zbekistonda aholining moddiy, ma’naviy ijtimoiy ehtiyojlarini qondirilish darajasini ifodalaydigan qanday atama keng qo’llaniladi
А) Halq farovonligi Б) Turmush darajasi В) Turmush tarzi Г) Turmush faoliyati sifati
«____________» «____________________________________________________» ___________
гуруҳ Ф.И.Ш. имзо
“МЕҲНАТ ИҚТИСОДИЁТИ” ТЕСТ саволлари
Do'stlaringiz bilan baham: |