3.Ishlab chiqarish uzluksizligi va Tovar ayirboshlash
Ayirboshlash (iqtisodiyotda) – kishilarning mehnat faoliyati yoki mahsulotlarini oʻzaro almashtirishlari. A. iqtisodiy faoliyatning bir turi, ish-lab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bogʻlab turuvchi vosita hisoblanadi. A. oʻziga xos maxsus faoliyat turi boʻlib, amaliyotda savdo-sotiqdan iboratdir. Bu faoliyat bilan maxsus kishilar guruhlari shugʻullanadilar. A.ning iqtisodiy aso-sini ijtimoiy mehnat taqsimoti tash-kil etadi, harakteri va shaklini ishlab chiqarish belgilaydi. Oʻz navbatida A. ham ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir koʻrsatadi.A. kishilik jamiyati tarixida ij-timoiy mehnat taqsimoti, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadigan qabilalarning bir-biridan ajralishi tufayli kelib chiqdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar oʻsib, chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadigan qabilalarda tay-yorlangan mahsulotlar ularning oʻz ehtiyojlaridan ortib qoladigan boʻldi, bu qabilalarda oʻzlari ishlab chiqara olmaydigan buyumlarga ehtiyoj oʻsa bosh-ladi. Shu davrda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotini A. vujudga keldi. Bu A. tasodifiy harakterga ega edi. Mehnat taqsimoti chuqurlashib, hunarmandchilik qishloq xoʻjaligidan ajralib chiqqach, qishloq xoʻjaligi va hunar-mandchilik ixtisoslashgan bir necha tarmoqqa ajralib ketdi. Natijada ishlab chiqaruvchilar ma’lum turdagi mahsulot tayyorlashga oʻtdilar va ularni boshqa mahsulotlarga almashtirish bilan oʻz ehtiyojlarini qondira boshladilar. Keyinchalik ular A. uchun mahsulot tayyorlab, tovar ishlab chiqaruvchilarga aylandilar. A. ilgari tasodifan, oʻqtin-oʻqtin boʻlsa, keyinchalik, u muhim ishga, muntazam faoliyatga aylandi.Tovar ishlab chiqarishning oʻsishi va A.ning ken-gayishining paydo boʻlishiga olib keldi. Bir tovar ikkinchisi bilan pul yordamida bilvosita ayirboshlandi. Har xil to-varlarni miqdor jihatdan almashti-rishda ularning tabiiy xususiyatlari (shakli, rangi, ogirligi, hajmi) emas, balki ayirboshlash qiymati asos boʻladi. A. ma’lum nisbat va mutanosiblikda yuz beradi, ya’ni bir tovar boshqasiga ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlanadi.Tarixan A.ning ikki turi mavjud: a) barter yoki natural A. Bunda bir tovar boshqasiga toʻgʻridan toʻgʻri, lekin ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlanadi. Mas, bir qop bugʻdoy – 2 kg metall; b) tovar ayirboshlash yoki savdo-sotiq. Bunda bir tovar boshqasiga pul vositasida almashiladi. Tovar pulga almashganda sotish yuz bersa, shu pulga boshqa tovar harid etilganda sotib olish yuz beradi. Har ikki amalning yaxlitligidan 236oldi-sotdi paydo boʻladi. Barter an’anaviy iqtisodiy tizimga xos, lekin xoʻjalik aloqalari izdan chiqqan, pul qadrsizlanib, oʻz obroʻsini yoʻqotgan kezlarda qaytadan paydo boʻladi.Tovar A. bozor iqtisodiyotiga xos, u A.ning ilgʻor hammabop usuli boʻlib, nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham amal qiladi.Ahmadjon Oʻlmasov.
Do'stlaringiz bilan baham: |