Variant
Korxona (firma)lar faoliyati sohasi va uning asosiy belgilari
2.Sanoat namunasiga talabnomalarning tuzilishi va patentlash tartibi
1-§. Sanoat namunasiga patent olish uchun talabnoma
1. Sanoat namunalariga buyumning tashqi ko‘rinishini belgilaydigan uning badiiy-konstruktorlik yechimi taalluqlidir. Buyum deganda sanoat yoki hunarmandchilik ishlab chiqarilishidagi istalgan buyum, xususan tarkiblardan tuzilgan buyum, tarkiblardan tuzilgan buyumni yig‘ish uchun mustaqil komponentlar tushuniladi.
Buyumning badiiy-konstruktorlik yechimi buyumning tashqi ko‘rinishidagi alohida xususiyatlarni belgilaydigan muhim alomatlar majmui bilan ta’riflanadi.
Buyumning tashqi ko‘rinishini, xususan, materialning shakli, konturlari, chiziqlari, ranglarning o‘zaro birikuvi, teksturasi yoki fakturasi, dekori, shu jumladan, ornamenti tashkil qiladi.
2. Qonunning 8-moddasiga muvofiq, sanoat namunasi sifatida talabnoma berilgan obyekt, agar yangi va original bo‘lsa, huquqiy muhofaza qilinadi.
Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlarining majmui sanoat namunasining ustuvorligi sanasiga qadar jahonda hamma foydalana oladigan ma’lumotlardan ma’lum bo‘lmasa, yangi hisoblanadi.
Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlarining majmui buyum xususiyatlarining ijodiy xarakterini belgilasa, u original deb tan olinadi.
3. Sanoat namunalarini ta’riflash uchun, xususan, quyidagi alomatlardan foydalaniladi:
a) asosiy kompozitsion elementlarining mavjudligi, tarkibi va miqdori;
b) asosiy elementlarning shakli va konfiguratsiyasi;
v) asosiy elementlarning o‘zaro joylashuvi va teng bo‘ysunishi;
g) asosiy elementlarning plastik ta’rifi;
d) ushbu elementlarning grafik, rang-faktura va koloristik yechimining xarakteri;
e) materiali.
4. Sanoat namunalari hajmiy yoki yassi bo‘lishi mumkin.
Hajmiy sanoat namunalari o‘zida uch o‘lchamli kompozitsiya, hajmiy-fazoviy tuzilmani namoyon qiladi, masalan, stanok, qishloq xo‘jalik mashinasi, motor, telefon apparati va boshqalarning tashqi ko‘rinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimini ifodalaydi.
Yassi sanoat namunalari o‘zlari bilan ikki o‘lchamli tuzilmali kompozitsiyani ifodalaydi, elementlarning o‘zaro chiziqli-grafik nisbati bilan ta’riflanadi va deyarli hajmga ega bo‘lmaydi, masalan, gilam, ro‘mol, mato va boshqalarning tashqi ko‘rinishini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlar.
5. Talabnoma bitta sanoat namunasiga taalluqli bo‘lishi kerak va ushbu sanoat namunasining variantlarini ichiga olishi mumkin (birlik talabi).
Bitta sanoat namunasi deganda, ham yagona buyumning, ham umumiy vazifaga ega bo‘lgan buyumlar jamlamasining (to‘plamining) (masalan, mebel garniturasi, serviz va boshqalar) badiiy-konstruktorlik yechimi tushuniladi.
Yagona buyum deganda, butun bir buyum (masalan, avtomobil) ham, butun buyumning biron-bir qismi bo‘lgan buyum (masalan, bamfer, fara) ham tushuniladi.
Sanoat namunasining variantlari deganda, buyumning bir xil alohida xususiyatlarini belgilaydigan muhim alomatlar majmui bo‘yicha farqlanadigan aynan bitta buyumning (komplekti, to‘plamining) badiiy-konstruktorlik yechimi tushuniladi.
6. Qonunning 8-moddasi yettinchi qismiga muvofiq quyidagi hollarda buyum sanoat namunasi sifatida tan olinmaydi:
a) agar u matbaa mahsulotlariga (shriftga xos grafikaning dekorativ belgilari bo‘lmagan matnlar, jadvallar, grafiklar va boshqalar) taalluqli bo‘lsa;
b) agar u arxitektura obyektlariga (shu jumladan, sanoat, gidrotexnika va boshqa statsionar inshootga) taalluqli bo‘lsa, kichik arxitektura shakllari bundan mustasno;
v) agar bu suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki shunga o‘xshash moddalardan iborat barqaror bo‘lmagan shaklga ega obyekt bo‘lsa;
g) agar u buyumning mutloq texnik funksiyasidan kelib chiqqan yechimga ega bo‘lsa;
d) jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va axloqiy prinsiplarga zid yechimlar bo‘lsa.
7. Qonunning 17-modda ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
a) O‘zbekiston Respublikasi patentini berish to‘g‘risida sanoat namunasining muallifi (hammualliflari) va nomiga patent so‘ralayotgan shaxs, shuningdek, ularning yashash joylari va turar joylari ko‘rsatilgan ariza;
b) buyum, maket yoki rasmni aks ettirgan, buyumning tashqi ko‘rinishi haqida to‘liq atroflicha tasavvur beradigan tasvirlar jamlamasi (buyumning tasviri fotosuratlar yoki boshqa ko‘rinishda taqdim etilishi, shu jumladan kompyuter grafikasi vositasida bajarilgan bo‘lishi mumkin);
v) sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini o‘z ichiga olgan tavsifi;
g) buyumning umumiy ko‘rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion kartasi, agar ular sanoat namunasining mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa.
8. Patent olish uchun topshirilgan talabnomalarga belgilangan miqdorda patent boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat yoki patent bojini to‘lashdan ozod qilish uchun yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi.
9. Patent vakili yoxud boshqa ishonchli shaxs orqali berilayotgan talabnomaga, unga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma yoki ishonchnomaning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi.
10. Konvensiya ustuvorligi so‘ralgan talabnomaga (bundan buyon matnda konvensiya talabnomasi deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasiga a’zo bo‘lgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning nusxasi (bundan buyon matnda birinchi talabnoma deb yuritiladi), hamda bu talabnomaning o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi, va ular konvensiya talabnomasi Vazirlikka kelib tushgan sanadan e’tiboran uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi.
Konvensiya ustuvorligini belgilash to‘g‘risidagi iltimosnoma, talabnomani topshirishda (patent berish to‘g‘risidagi arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki oy muddat ichida topshirilishi mumkin.
Birinchi talabnoma berilgan sanadan e’tiboran olti oy muddat o‘tgach, lekin olti oylik muddat o‘tgandan so‘ng ikki oylik muddatdan kechikmay kelib tushgan talabnoma bo‘yicha konvensiya ustuvorligi so‘ralganda, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
konvensiya ustuvorligini so‘rash muddatini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligi to‘g‘risida hujjat;
belgilangan olti oylik muddat ichida talabnoma topshirishga to‘sqinlik qilgan va talabnoma beruvchiga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlar ko‘rsatilgan va, agar ushbu vaziyatlar Vazirlikka ma’lum deb o‘ylashga asos bo‘lmasa, ularning mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.
11. Ushbu Qoidalarning 7-bandida ko‘rsatilgan o‘zbek yoki rus tillarida tuzilgan talabnoma hujjatlari uch nusxada topshiriladi: 2 nusxasi qog‘ozda, uchinchisi nusxa sifatida uning mashinada o‘qiladigan axborot tashuvchi (bundan buyon — MO‘T) dagi elektron ko‘rinishi topshirilishi mumkin.
Aynan o‘sha hujjatlarning o‘zi, agar ular boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa, bir nusxada, o‘zbek yoki rus tilidagi tarjimasi esa uch nusxada: 2 nusxasi qog‘ozda, uchinchisi elektron ko‘rinishda MO‘Tda topshiriladi.
Qog‘ozdagi va MO‘Tdagi talabnoma hujjatlari va qo‘shimcha materiallarning mazmuni aynan bir xil bo‘lishi lozim. Qog‘ozdagi va MO‘Tdagi materiallarning aynan bir xilligiga talabnoma beruvchi mas’uldir.
Umumiy ko‘rinishdagi buyum, maket yoki rasmning tasvirlari uch nusxada, qolgan tasvirlar ikki nusxada taqdim etiladi.
Boshqa hujjatlar va ularning o‘zbek yoki rus tilidagi tarjimasi, agar ular boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa, bir nusxada taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |