1-variant. 9-sinfda nutq o‘stirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar ishlab chiqish mashg‘ulotning maqsadi


-laboratoriya mashg‘uloti uchun topshiriqlar



Download 1,22 Mb.
bet7/25
Sana21.01.2022
Hajmi1,22 Mb.
#396510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
4-laboratoriya uchun topshiriqlar

4-laboratoriya mashg‘uloti uchun topshiriqlar
5-variant.
9-SINFDA NUTQ O‘STIRISHGA QARATILGAN MASHQ VA TOPSHIRIQLAR ISHLAB CHIQISH

Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarni 9-sinf o‘quvchilari uchun nutq o‘stirish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ishlab chiqish metodikasi bilan amaliy tanishtirish va ularni ishlab chiqishga tayyorlash.
1-topshiriq. Omonim so‘zlarni o‘qitish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ishlab chiqing.

2-topshiriq. Matnni o‘qib, o‘quvchilar nutqida uchraydigan muammolarni bartaraf etish metodini ishlab chiqing.

NUTQ MADANIYATI

Bor ekan-da yo‘q ekan, maktabda o‘qiydigan bir bola bor ekan. U geografiyani juda yaxshi ko‘rar va chiroyli gapirishni ham qoyil qilaman, deb o‘ylab yurar ekan.

Bir darsda geografiya o‘qituvchisi uni o‘rtaga chaqirib, Afrika to‘g‘risida so‘zlab berishni taklif qildi. Bola jo‘sh urib gap boshlaydi: “Afrika, bu - demak, Yer yuzidagi eng katta qit’alardan biri. U yerda, demak, o‘tib bo‘lmaydigan darajada zich o‘rmonlar o‘sadi va shu o‘rmonlarda eng bahaybat fillar, terisi eng qalin karkidonlar, eng xavfli arslonlar yashaydi. Demak, Afrikada eng yirik daryolar oqadi...”

O‘qituvchi uni oxirigacha diqqat bilan tinglab, so‘ng sekin dedi: “Sen predmetni a’lo bilasan. Geografiyani yaxshi ko‘rishing sezilib turibdi. Biroq o‘z nutqingga juda befarq qaraysan. Har ikki so‘zning birida “demak” deb takrorlaysan. Aftidan sen “eng bahaybat fil”, “terisi eng qalin karkidon” deyilsa, tinglovchi uchun hamma narsa aslidan ko‘ra aniqroq va ravshanroq bo‘ladi, deb o‘ylaysan shekilli. Bu noto‘g‘ri, agar sen o‘z nutqingga yaxshiroq ahamiyat bersang, sening javobing yana ham yaxshiroq chiqqan bo‘lardi”.

Balki siz hayron bo‘larsiz, biroq bu muloyim tanbeh bolaga jiddiy ta’sir qildi. “Eng..”, “juda...” lardan osonroq qutuldi-yu, biroq “demak” dan qutulish uchun ancha ter to‘kishga to‘g‘ri keldi. Shunga qaramay, bola nutqini bu ortiqcha so‘zlardan tamomila tozalamaguncha tinchimadi. Vaqt o‘tib, bola ulg‘aydi, olim va yozuvchi bo‘ldi. Endilikda uni yaxshi notiq sifatida maqtab tilga oladilar, shunda u har safar o‘ziga “nutq madaniyati” nimaligini va u insonga nima uchun kerak bo‘lishini birinchi marta o‘rgatgan geografiya o‘qituvchisini eslaydi.



3-topshiriq. “Elga xizmat – oliy himmat” mavzusida monologik nutq tayyorlash uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqing.


Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish