Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarni 9-sinf o‘quvchilari uchun nutq o‘stirish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ishlab chiqish metodikasi bilan amaliy tanishtirish va ularni ishlab chiqishga tayyorlash.
1-topshiriq. Sinonim so‘zlar lug‘atidan foydalanishni o‘rganishga qaratilgan topshiriq shaklini ishlab chiqing.
2-topshiriq. Quyida berilgan matn tarkibidan uning ta’sirchanligini oshiruvchi leksik birliklarni aniqlang, ularni tahlil qiling. Xuddi shunday jarayonni tashkillashtirish uchun o‘quvchilarga biror matnni tavsiya qiling.