10-MAVZU. INVESTITSIYALAR HISOBI
REJA:
1. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning mohiyati va ularni hisobga olishning vazifalari.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni turkumlash va baholash.
Investitsiyalarni diskontlash.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar harakatini hisobda aks ettirish.
Tayanch so’z va iboralar: investitsiyalarning mohiyati, investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turlari, aksiya trlari, investitsiyalarni turkumlash va baholash, investitsiyalarni diskontlash, investitsiyalar harakatini hisobda aks ettirish
1. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning mohiyati va ularni hisobga olishning vazifalari
Moliyaviy qo‘yilma – bu korxonaning qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun qilgan harajatlari, ya’ni pul mablag‘larini qo‘shma korxonalar, aktsioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo‘shish shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir.
Muddatiga qarab moliyaviy qo‘yilmalar 2 turga:
1. qisqa muddatli
2. uzoq muddatliga bo‘linadi.
Bundan tashqari, moliyaviy qo‘yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o‘tkazish qimmatli qog‘ozlarni sotib olish maqsadiga bog‘liq.
Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo‘lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo‘yilmalarga kiradi.
Moliyaviy qo‘yilmalar sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib olingan aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo‘yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo‘yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning amalga oshirgan qo‘yilmalariga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo‘yilmalar mablag‘lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog‘ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to‘lov topshiriqlari kiradi.
Kapital bozorini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda fond birjalari mavjudligini alohida e’tirof etish kerak. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan.
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi deganda - qimmatli qog‘ozlarni tasarruf etuvchilarni almashishga olib keluvchi, ularni oldi – sotdi va boshqa harajatlari tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlarni har qanday korxona, aktsioner jamiyati va kredit muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish va muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aktsioner jamiyatlarning aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va boshqalar kiradi.
Aksiya – aktsioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat tugatilganda mulk qoldig‘ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aktsioner jamiyatining ustav kapitaliga qo‘shilgan mablag‘ni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aktsioner jamiyatining faoliyati davomida harakatda bo‘ladi.
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aktsioner jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga binoan1, hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak: aktsioner jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog‘ozning nomi – «aksiya», uning turi, tartib raqmi, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan aksiyalarning miqdori, ro‘yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning kodi, dividendlarni to‘lash muddati, aktsioner jamiyati boshqaruvining raisi va bosh buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo‘lgan ustav kapitalining hajmi.
Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul milliy va xorijiy valyutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlarni qo‘shish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin.
Shaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarga bo‘linadi. Ismi yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida ro‘yxatga olinadi. Bu o‘z navbatida kimda qancha va qanday aksiyalar borligini aniqlash imkoniyatini beradi. Ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarda mulkdorning ismi ko‘rsatilmaydi, natijada jamiyat o‘zining paychilari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lmaydi. Muomala nuqtai nazaridan ko‘rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir.
Aksiya egalariga berilgan huquqlar hajmiga qarab aksiyalar oddiy va imtiyozliga bo‘linadi.
Oddiy aksiyalar aktsioner jamiyatini boshqarishda qatnashish, hisobot davri tugaganda aktsionerlar majlisi tomonidan aniqlanadigan miqdorda dividend olish va jamiyat faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar aktsioner jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi, lekin korxona o‘z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi navbatda qat’iy belgilangan miqdorda dividend olish huquqini beradi. Bunday hollarda korxona rezerv fondidagi mablag‘lardan foydalanadi.
Imtiyozli aksiyalarni chiqarish aktsioner jamiyatiga o‘z mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan ustav kapitalini ko‘paytirish imkoniyatini beradi.
Obligatsiya – uni saqlovchilarga qat’iy belgilangan foiz bilan birga nominal qiymatini to‘lash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir.
Obligatsiyani tasarruf etuvchi obligatsiya chiqargan aktsioner jamiyati yoki korxonaning, davlat yoki mahalliy hukumatning kreditori bo‘lib hisoblanadi.
Shaxsini belgilash usuli va boshqa xususiyatlariga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan, foizli va foizsiz, erkin muomalada bo‘ladigan va muomala doirasi cheklangan obligatsiyalarga bo‘linadi.
Obligatsiyalarni har qanday mulk shakliga ega bo‘lgan korxona chiqarishi mumkin. Ularni sotishdan olingan pul faqat korxonani rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin.
Ichki davlat obligatsiyalari va mahalliy zayomlar bank muassasalari orqali tarqatiladi; ularni sotishdan olingan mablag‘lar tegishli respublika yoki mahalliy byudjetga o‘tkaziladi. Bular faqat ko‘rsatuvchiga berilgan obligatsiyalardir.
Obligatsiyalar bo‘yicha foizlar ularning harakat muddati ichida davriy berib borilishi yoki obligatsiyaning harakat muddati tugagandan keyin bir yo‘la berilishi mumkin.
Omonat sertifikatlari – kredit muassasalarining pul mablag‘larini deponentlangani to‘g‘risidagi guvohnomasidir. Bu guvohnomani tasarruf etuvchi omonat sertifikati muddati o‘tgandan so‘ng depozit summani va uning foizini olish huquqiga ega. Omonat sertifikatlarini davlat va tijorat banklari beradi. Omonat sertifikatlari shaxsi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan bo‘ladi. Ko‘rsatuvchiga berilgan sertifikatlar muomalada bo‘lishi mumkin, ismi yozilgan sertifikat esa oldi – sotdi muomalasida qatnashmaydi. Ko‘rsatuvchiga berilgan sertifikat debetor va kreditorlar o‘rtasida hisob – kitob vazifasini bajarishi mumkin. Sertifikatlar bo‘yicha foizlar faqat depozit muddati tugagandan keyin to‘lanadi.
Veksel – qaysi muddatga yozilgan bo‘lsa, shu muddat tugagach, unda ko‘rsatilgan summani to‘lashni so‘zsiz talab qilish nafaqat hisob kitobning qulay shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko‘rsatilgan pul shu vaqtning o‘zida to‘lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. Bu vaqt ichida vekselda ko‘rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida bo‘ladi.
Veksel qarz majburiyatlarning bir turi bo‘lib, u qat’iy belgilangan shaklda tuziladi. O‘z mazmuniga qarab veksel, birinchidan, so‘zsiz pul majburiyatlari deb ta’riflansa, ikkinchidan, u mavhum majburiyatdir.
So‘zsiz pul majburiyatligi shundan iboratki, uning to‘lanishi qandaydir shartlar bilan chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni to‘lashga tegishli tartib bilan bog‘liq bo‘lmagan begona sharoitlarga bog‘lanmaydi. Veksel bo‘yicha majburiyatning mavhumligi shundan iboratki, uning tekstida qanday asosga binoan berilganligi ko‘rsatilmaydi. Veksel majburiyatining maqsadi faqat pul bo‘lib hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha.
Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo‘sh mablag‘lari hisobidan boshqa korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin.
Tovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o‘rtasidagi mahsulot jo‘natish yoki xizmat ko‘rsatish bitimlarida foydalaniladi.
Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o‘tkazma. Oddiy veksel qarzdor tomonidan to‘ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum summani belgilangan muddatda so‘zsiz to‘lanishi ko‘rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan kreditor, ikkinchi tomondan qarzdor va shu bilan birga to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
O‘tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O‘tkazma veksel kreditor tomonidan to‘ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko‘rsatilgan summani belgilangan muddatda uchinchi shaxsga to‘lash to‘g‘risida qarzdorga berilgan buyruq mavjud. Bu holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor tomonidan yozilmasdan haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. Shunday qilib veksel beruvchi kreditor hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi emas, faqat to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. Odatda o‘tkazma vekselni ushlovchi bo‘lib uchinchi shaxs hisoblanadi. Vekselda ko‘rsatilgan summani qarzdor to‘lovchi uchinchi shaxsga to‘lashi kerak. Bunda nima uchun veksel beruvchi vekselda ko‘rsatilgan summani remitentga to‘lanishi, ular o‘zaro qanday munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi oldida qanday majburiyatlari borligi to‘lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to‘lash majburiyati faqat veksel beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog‘liq bo‘lib, hech qanday keyingi veksellar uni o‘zgartirmaydi. Shu munosabat bilan veksel beruvchi o‘tkazma vekselni o‘zi o‘ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab o‘tkazuvchi bo‘yicha majburiyatda ham faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir tomondan – qarzdor to‘lovchi ikkinchi tomondan esa – bir vaqtning o‘zida ham veksel beruvchi ham veksel saqlovchi bo‘lgan kreditor. Keyinchalik veksel saqlovchi o‘z huquqini indossament tartibida uchinchi shaxsga o‘tkazib berishi mumkin. O‘tkazma veksel to‘lovchi tomonidan aktseptlanishi kerak va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan korxona, tashkilot va muassasala mavjud mablag‘lardan samarali foydalanish, korxona ixtiyoridagi aktivlarning samarador ligini maksimal darajada kutarish asosiy vazifa bulib hisoblanadi. Chunki mablag‘lar. samarali foydalanish korxona aktivlari unumdorligini oshirishda va bu orqali maksimal darajada foyda olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga boskichma-boskich o‘tkazish va tarmoklar ikticodiyotini izchil rivojlantirish investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda investitsiyalarni bozor iqtisodiyotiga moslashtirish 1 investitsion faoliyatni boshqarish o‘zgacha yondoshishlarni talab etmokda. Chunki xo‘jalik yuritishning zamonaviy yulini tanlash investitsion siyosatni ham tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Investitsion siyosatni amalga oshirishda bozor munosabatlariga mos dastzl lardan foydalanish, ya’ni investitsion jarayon katnashchilarining huquq va majburiyat larini belgilab berish; mamlakatda investorlar uchun tulakonli rakobatni ta’minlash moliyaviy, moddiy va akliy boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat qilish shunga tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.
Investitsiya inglizcha so‘zidan olingan bulib, sarmoya ko‘yish degan ma’n: anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Ko‘onuninkya 2-moddasiga binoan, investitsiyalar - iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlars kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar xamda ularga doyr huquqlar.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi turlari mavjud:
Real investitsiyalar;
Moliyaviy invetitsiyalar;
Intellektual investitsiyalar.
Real investitsiyalar - bu korxona asosiy vositalarini vujudga keltirish va takro ishlab chiqarishga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivo: lantirishga qo‘shiladigan investitsiyalardir. buxgalteriya hisobida bu turdagi investitsii lar kapital kuyilmalar sifatida e’tirof etiladi.
Moliyaviy investitsiyalar - daromad olish (xuddi foizlar, royalti, dividendlar ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko‘paytirish maqsadida uning tasar-rufida bo‘lgan korxona aktivlaridir.
Intellektual investitsiyalar - bu korxonaning intellektual boyliklarni harn:z
qilishga sarflagan mablag‘laridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy investitsiyalar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyorida mavjud bo‘lgan bush pul mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Moliyaviy investitsiyalar muddatiga ko‘ra qisqa muddatli va Uzoq muddatli bo‘ladi.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar - bu Uzoq muomala muddatiga ega (12 oydan ortik) aktivlarning sotib olinishiga oid investitsiyalardir.
Qisqa mlddatli moliyaviy investitsiyalar - o‘zida muomala muddati 12 oydan oshmaydigan. engil sotiladigan moliyaviy aktivlarning harid qilinishiga oid investitsiyalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |