1. Turli tarixiy davrlarda jamiyatning qanday tarbiyaviy ideallari kuzatilgan?



Download 198,42 Kb.
bet20/43
Sana16.01.2022
Hajmi198,42 Kb.
#374025
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Bog'liq
YaN variantlari kasbiy ma'naviyat

16-variant

  1. Kuchli ma’naviyat-Uchinchi Renessans omili.

Jonajon diyorimiz Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tantanali tabrik nutqida taraqqiyotimizning maqsadi Uchinchi Renessans boʻlishi lozimligini taʼkidladi. Nihoyatda jozibali mazkur strategik gʻoya oʻzining ulugʻvorligi, milliy yuksalish barcha jabhalarda qanday umumiy maqsadni koʻzlamogʻi zarurligini koʻrsatadi. Amalda davlat rahbari taraqqiyotning hozirgi bosqichida Oʻzbekiston milliy gʻoyasining yangi va aniqlashtirilgan mazmunini ifodaladi.

Uchinchi Renessans gʻoyasini, avvalo, jamiyatimiz chuqur anglab olmogʻi kerak. Har jabhada, sohada qiladigan ishlarimiz, rejayu istiqbol dasturlarimiz, taʼlim-tarbiya va kadrlar siyosati, investitsion siyosat — barchasi unga sharoit va muhit yaratishga qaratilmogʻi lozim.

Renessans” lugʻaviy fransuzcha “qayta tugʻilish” degan maʼnoni anglatadi. Atama sifatida uning mazmuni ancha keng: madaniyatda, ilm-fanda, sanʼatda, taʼlim-tarbiyada, umuman, jamiyat hayotida uzoq muddatli turgʻunlikdan keyin qayta jonlanib, tez rivojlanishni, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga chiqishini bildiradi. Ilk bor atama Yevropada oʻrta asrlar mutaassibligidan keyin 15-16 asrlardagi rivojlanish davriga nisbatan qoʻllanilgan. Renessans atalmish mazkur ijtimoiy hodisa oʻzbek tiliga Uygʻonish davri deb oʻgirilgan.

Mustaqillikka erishgandan keyin dastlab chorak asr davomida milliy tiklanish bilan shugʻullanishga toʻgʻri keldi. Endilikda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga oʻtganimizdan keyin, uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib qoʻydi. Haqiqatan tarixan olganda biz ikki Renessansni boshdan kechirdik: birinchisi IX — XII asrlar, ikkinchisi XIV asr oxirgi choragi — XVI asr birinchi choragi. Birinchi Renessansda yurtimizdan Fargʻoniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk daholar, buyuk muhaddislar — Buxoriy, Termiziy, mutakallimlar — Moturidiy va Abul Muin Nasafiy hamda boshqa atoqli dunyoviy va diniy allomalar shuuri olamni yoritdi.

Har bir jamiyat oʻziga zarur shaxsni tarbiyalaydi. Unga oʻz taraqqiyoti darajasi va tendensiyalaridan kelib chiqib axloqiy, eʼtiqodiy, kasbiy-professional, huquqiy va boshqa qator talablar qoʻyadi. Jamiyat taraqqiyotining pirovard maqsadi ham inson, uning farovon, erkin va xavfsiz turmush kechirishidir. Jamiyat talabiga toʻliq javob beradigan kishi turli davrlarda har xil atalgan. Yusuf Xos Hojib uni “tugal er”, Forobiy “fozil kishi”, tasavvuf namoyandalari “komil inson” deb ataganlar. “Har tomonlama rivojlangan shaxs”, “uygʻun rivojlangan shaxs” atamalari ham qoʻllanilgan.Mustaqillikdan keyin biz shaxsga nisbatan “komil inson”, yosh avlodga nisbatan “barkamol avlod” atamalarini qoʻllay boshladik. Gap atamada emas. Qanday sifatni qoʻllamaylik, kelajak insonini tarbiyalashda biz, avvalo, jamiyat taraqqiyoti tendensiyalarini va ayni paytda milliy maʼnaviyatimiz xususiyatlarini hisobga olmogʻimiz lozim. Binobarin, sunʼiy intellekt va yuksak texnologiyalarga tayanadigan “toʻrtinchi sanoat inqilobi” insonga qoʻyadigan talablarini oldindan modellashtirishimiz va taʼlim-tarbiya tizimini ularga moslashtirishiz kerak.

Xuddi shunday milliy identligimizni saqlab qolish uchun ona tilimizni, tariximizni, adabiyotimiz va sanʼatimizni yetarlicha oʻrgatishning optimal yoʻllarini topmogʻimiz lozim. Urf-odatlarimiz ham takomillashtirilishi va zamonaviylashtirilishi juda zarur. Ijtimoiy ongda, odamlarning xatti-harakatlarida burilish yuz berishi, yangi ideallar va qadriyatlar qaror topmogʻi darkor.Uchinchi Renessans gʻoyasini oʻqitish va keng jamoatchilik ongiga yetkazishda nihoyatda ehtiyotkor boʻlish, meʼyordan oshirib yubormaslik talab etiladi. Mafkuraviy ishlarda sovet davridan qolgan bir illat bor: har qanday gʻoya targʻibotini kampaniyabozlikka aylantiramiz.



  1. Ijtimoiy ongni manipulyatsiya qilish, milliy-ma’naviy qadriyatlarni yemirish, mentalitetga mutlaqo yot bo‘lgan madaniyatlarni targ‘ib etish.

Milliy qadriyatlar - milliy g`oyaning ma`naviy negizi. Milliy g`oya - millat

tafakkurining mahsuli, ijtimoiy ongning yuqori darajadagi shakli, xalq falsafasining

o`zagidir. Turli xalqlarning milliy g`oyasi ularning maqsad-muddaolarini, orzu-umidi

va ishonch-e`tiqodini ifodalaydi, ayni paytda, muayyan tamoyil va negizlarga

asoslanib rivojlanadi. Tarixdan ma`lumki, o`tkinchi manfaat va g`aliz niyatlarga

tayangan, o`zga xalqlar va yurtlarga tajovuz qilishni, bosqinchilikni ko`zlagan yovuz

g`oya va mafkuralar millat va davlatlarni tanazzulga duchor etgan. Faqat ezgu

g`oyalar va yuksak qadriyatlar negizida shakllangan milliy g`oyalar xalqlarni

taraqqiyotga eltgan.

O`zbekiston xalqining milliy istiqlol g`oyasi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga

tayanadi. Bularning biri ikkinchisini inkor etmaydi.

Milliy qadriyatlar quyidagilardan iborat:

1. Xalqimiz hayotida jamoa bo`lib yashash ruhining ustuvorligi.

2. Xalq ongida ustuvor bo`lgan fikr - do`st va yaxshi qo`shni bo`lib, tinchlik

va totuvlikda, yaqindan hamkorlikda yashash.

3. Oila, mahalla, el - yurt, Vatan tushunchalarini muqaddas bilish.

4. Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat - e`tibor, butun

jamiyatni hurmat qilish.

5. Millatning o`lmas ruhi, millat ma`naviyatining hayotbaxsh manbai sifatida

ona tiliga muhabbat, uni sevish.

6. Kattalarga - hurmat-ehtirom, kichiklarga izzat, hurmat, degan e`tiqodga

amal qilish.

7. Ayol zotiga ehtirom ya`ni, muhabbat, go`zallik va nafosat timsoli, abadiy

hayot ramzi bo`lgan ayolni qadrlash.

8. Sabr-toqat, va mehnatsevarlik.

9. Halollik, mehr-oqibat va hokazo.



3. Yoshlar tarbiyasida oila-ta’lim-mahalla-nodavlat tashkilotlari faoliyatini uyg‘unlashtirish masalalari.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida"gi qarorida yoshlarimiz ongiga salbiy taʼsir etuvchi, ularni gʼoyaviy jihatdan qaram etishga yoʼnaltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va oʼz mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash boʼyicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish masalasini alohida eʼtibor qaratib, “aholining Internet jahon axborot tarmogʼidan foydalanish madaniyatini oshirish, gʼoyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish”ni Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yoʼnalishlaridan biri sifatida belgilab berdi. XX asrning oxiri va asrimiz boshiga kelib hayotimizda “axborot asri”, “axborotlashgan jamiyat”, “axborot xuruji” kabi tushunchalar paydo boʼldi. Bu esa bugungi kunda axborot tushunchasining ahamiyati oshganligidan, qamrovi kengayganligidan, maqsad-muddaosi oʼzgarayotganligidan darak beradi. Аxborot endi biror jarayon, voqelik yoki hodisa haqida xabar berish maʼnosidan chetga chiqib, insonlar ongi va ruhiga taʼsir etishning, jamiyatda mavjud qonun-qoidalarni va butun dunyo eʼtirof etgan umuminsoniy qadriyatlar va tushunchalarni maʼlum maqsad atrofida birlashgan ayrim guruh va jamoalarning manfaatlariga xizmat qiluvchi oʼziga xos yangi talqinlarini yuzaga chiqarishning; siyosiy, iqtisodiy, harbiy, diniy va boshqa bir qancha qarashlarning targʼibotchisiga aylanib bormoqda. Buning natijasida, insoniyat taraqqiyotining ayni pallasida axborotning omma ongiga taʼsiri va uning salbiy oqibatlari jamiyatning jiddiy muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. Endi axborot atalmish qurol vositasida inson ongiga hujum qilish natijasida uning tafakkuri va intellektini egallash, oʼz auditoriyasini kengaytirish bilan qudratini oshirish orqali ularni qaysidir gʼoya atrofida birlashgan kuchlarning maqsadlariga xizmat qildirish bilan bogʼliq “urush”ning zamonaviy koʼrinishlari paydo boʼldi. Taraqqiyotning hozirigi bosqichiga kelib, dunyo axborot makonida munosib oʼrin egallashga erishish uchun moddiy koʼrinish va shaklga ega boʼlmagan, faqat aql bilan koʼrish va tafakkur bilan anglash mumkin boʼlgan jiddiy kurash avj olmoqda. Soha mutaxassislarining fikricha, axborot qurollari tushunchasi ostida biror xalq, millat mentaliteti, madaniyati, maʼnaviyati, dini, davlatning informatsion va harbiy tizimiga salbiy taʼsir oʼtkazadigan maxsus dezinformatsion texnologik vositalarning muayyan tizimi yotadi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish va takomillashtirish uchun yana quyidagi ishlarni taklif qilmoqchimiz: 1) Аxborot xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish, xususan, alohida qonun hujjati qabul qilish masalasini koʼrib chiqish; 2) milliy axborot makonimizni aholining qiziqishini inobatga olgan holda jarayonlarni obʼektiv va pozitiv yorituvchi mahalliy va xorijiy axborotlar bilan muntazam toʼldirib borish; 3) xalqimizning, xususan, yoshlarning internetdan foydalanish madaniyatini oʼstirish, undagi har qanday axborotni tafakkur va tahlil qilib, soʼng xulosa chiqarishga oʼrgatishimiz zarur; 4) mamlakatimiz toʼgʼrisida notoʼgʼri, bir taraflama axborot tarqatuvchi har qanday xorijiy axborot vositalari faoliyatiga qonun doirasida chek qoʼyish, bu kabi axborotlari uchun ularning javobgaligini oshirish va tarqatilgan axborotlarning bir taraflama yoki notoʼgʼri ekanligini mutaxassislar ishtirokida xalqimizga oʼz vaqtida yetkazish; 5) oʼrta maxsus va professional taʼlim, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida axborot xavfsizligini taʼminlash, xususan, axborot xurujlari, uning shakl va koʼrinishlari, maqsadi va salbiy oqibatlari borasida maxsus kurslar oʼtilishini taʼminlash; 6) milliy gʼoya, mafkura, maʼnaviyat, vatanparvarlik kabi tushunchalar targʼiboti borasida amalga oshirilayotgan ishlarni izchillik

Download 198,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish