1. Turli tarixiy davrlarda jamiyatning qanday tarbiyaviy ideallari kuzatilgan?



Download 198,42 Kb.
bet17/43
Sana16.01.2022
Hajmi198,42 Kb.
#374025
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Bog'liq
YaN variantlari kasbiy ma'naviyat

14-variant

  1. Inson huquq va erkinliklari –milliy taklanishning asosiy mezonlaridan biri ekanligi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tashkil etilganining 20-yilligiga bag‘ishlangan mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Oliy sud huzuridagi sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda tashkil etildi.Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, sud va huquq-tartibot organlari mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, Janubiy Koreya, Malayziya, Vengriya, Belgiya, Indoneziya, Rossiya, Tailand, Pokiston, Armaniston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya kabi davlatlarning Konstitutsiyaviy sudlari va konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi idoralarining rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi B.Mirboboyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy demokratik davlat barpo etish asosiy maqsad etib belgilangani va o‘tgan davr mobaynida bu hayotga izchil tatbiq etilayotganini alohida ta’kidladi.

Bu jarayonda inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyati asoslari mustahkamlandi. Bunda mamlakatimiz iqtisodiyotini mafkuradan xoli etish va uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlat bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va tadrijiy amalga oshirishga qaratilgan, jahonda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” sifatida e’tirof etilgan rivojlanish tamoyillari muhim dasturilamal bo‘ldi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquqiy davlatning muhim prinsipi – hokimiyatlar bo‘linishi mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Asosiy qonunimizning 11-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar muhim maqsadga, ya’ni, hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat vazifalarining rolini kuchaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha g‘oyat dolzarb chora-tadbirlarni ko‘rishga qaratilgan.

Ushbu prinsip hayotga joriy etilishi tufayli mamlakatimizda xalqchil va demokratik davlat hokimiyati tizimi shakllandi. Sud hokimiyati, jumladan, uning markaziy bo‘g‘ini – Konstitutsiyaviy sud davlat hokimiyatining mustaqil tarmog‘i sifatida qaror topdi. Konstitutsiyaviy sud ayrim normativ-huquqiy hujjatlarning Asosiy qonunimizga mosligini aniqlash, Konstitutsiya va qonunlarning normalariga sharh berish, qonunchilik tashabbusini amalga oshirish vakolatlari vositasida hokimiyat tarmoqlari bo‘linishi prinsipini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida izchil faoliyat yuritayotir.Konferensiyada O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipini izchil va tizimli ravishda amalga oshirishda hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining ta’minlanayotgani davlat va jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishda muhim omil bo‘layotgani alohida qayd etildi.Mahalliy va xorijiy ekspertlarning fikricha, konstitutsiyaviy odil sudlov – demokratik davlatchilikning muhim belgisidir. Konstitutsiyaviy odil sudlov konstitutsiyaviy nazoratning oliy shakli bo‘lib, zamonaviy demokratik davlatchilikning alohida talabi, zarur instituti hisoblanadi. Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash hamda qonuniylik muhitini yaratish inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning ishonchli garovidir. Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Chang Jong Kimning fikricha, konstitutsiyaviy nazorat organlarining vakolatlarini kengaytirish, institutsional va vazifalarga doir mustaqilligini mustahkamlashga ko‘plab davlatlarda e’tibor qaratilmoqda. Ushbu idoralarning qarorlarini ijro etish bo‘yicha aniq mexanizmlarni joriy etish vositasida konstitutsiyaviy nazorat idoralarining hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish tendensiyasi kuzatilmoqda.

– O‘zbekistonda sud-huquq tizimi har tomonlama puxta o‘ylangan va xalqaro standartlarning eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam etgan tizimli institut sifatida shakllangan, – deydi Rossiya


  1. Bugungi globallashuv jarayoni, kimki axborotga egalik qilsa, o‘sha dunyoga hukmronlik qiladi, degan fikrga yondashuv.

Axborot (lotincha «mformatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan ogzaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma'lumot; XX asrning o’rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o’rtasidagi ma'lumot hamda hayvonlar va o’simliklardagi signal almashinuvi, hujayrada hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan. Axborot turli ijtimoiy qatlamlar, professional va milliy guruhlar vakillarga har hil ta'sir qilishi barobarida uni iste'mol qilish amalieti turli guruhlarda bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bu eng avvalo, axborot manbalari miqdori o’rtasidagi farkda namoyon bo’ladi. Masalan, ayrim odamlarda axborot manbai minimal (televidenie, radio), ayrimlarda esa keng (internet, yangi telekommunikatsiyalar tizimi) bo’lishi mumkin. - Mutahassislar fikriga kura, bugungi kunda jamiyatda aynan axborotni olish, unga yo’l topish sohasida keskin bo’linish, tabakalashuv sodir bo’lmoqda.

Yoshlar o’zining harakatchanligi va yangilikka nntiluvchiligi hamda bush vaqt resursiga egaligi tufayli yuqori darajada kommunikativ faollik ko’rsatishadi. Boshqa guruhlarda esa, nisbatan passivlik kuzatiladi. Ularga hos bunday hususiyatlar salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bu birinchi guruh uchun tobora faollashayotgan agressiv siyosiy ta'sirga berilib ketish havfining mavjudligida, ikkinchi guruhning esa, pozitiv mazmunga zga axborotlar ta'siridan tashqarida qolishi bilan belgilanadi.

Iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma'rifiy va boshqa sohalardagi axborotlar ta'sirlashuvi ijtimoiy hayotning mazmunan boyishi, takomillashuvining muhim omili hisoblanadi. Shu nuktai nazardan Karaganda, bugungi kunda axborot almashinuvi insoniyat taraqqiyotining muhim shartiga aylandi deyish mumkin.

O’z davrida ogzaki nutqning paydo bo’lishi bilan axborot uzatish imkoniyatlari kengaygan bo’lsa, bzma nutq rivoji bu borada o’ziga hos yangi bosqichni boshlab bergan edi. Hozirgi fan-tehnika taraqqiyoti, integratsiya va globallashuv sharoitida esa axborot makonida tub sifatiy holat kechmokda. Эndiliqda, axborot uzatish nafaqat hilma-hil (radio, televidenie, matbuot, telefon, faks, pochta, Internet va b.) shakllari, balki, o’ta tezkorligi bilan ham jamiyat taraqkiyotining oldingi davrlardagidan farq qiladi. Bunday sharoitda, axborot iste'moli jarayonida ham yangi tendentsiyalar kuzatilmoqda.

"Kimki axborotga ega bo’lsa, u dunyoga egalik qiladi" degan fikrning paydo bo’lishiga ham axborotning yuqoridagi hususiyatlari sabab bo’lgan.

Ijtimoiy makon - bu, ayni vaktda axborot makoni hamdir. Globallashuv sharoitida axborot hajmining kattaligi, ularning zamonaviy tezkor vositalar orqali tarqatilayotgani axborot sohasining ijtimoiy makonning boshqa shakllaridan tubdan farq qilishini ta'minlamoqda. Hususan, zamonaviy ommaviy axborot vositalari (ayniqsa, Internet tizimi) orqali tarqatilayotgan habar va ma'lumotlarga turli siyosiy takiklar, davlat chegaralari to’siq bo’la olmaydi.

Axborot iste'moli ijtimoiy, anikrogi, ma'naviy ehtiyojlarni kondirishga karatilgan hodisadir. Axborot iste'molining hizmatlar iste'molining o’ziga hos shakli hisoblanadi. Ma'lumki, har qanday hizmatni iste'mol qilishdan avval uning sifati, narhi, foydasi, qulayligi va boshqa shu kabi hususiyatlariga e'tibor beriladi. Bu jarayonda, iste'mol qilinaetgan hizmatning talab-taklif hususiyatlari ham inobatga olinadi. Masalan, taklifi kamayib ketgan hizmatlarning iste'mol darajasi yuqori bo’lib, ularga talab kuchayadi. Mazkur hususiyatlar axborot iste'moli jarayoniga ham hosdir. Biroq, ma'naviy ne'mat bo’lgan axborotni iste'mol qilish o’ziga hos tomonlari bilan ham ajralib turishini ta'kidlash joiz. Hususan, axborot konkret shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat tomonidan iste'mol qilinadi-ki, mazkur darajalarda iste'mol jarayonlari bir-biridln fark qiladi. Masalan, birok shaxs uchun qizikarln bo’lgan ma'lumot, muayyan ijtimoiy qatlam yo'ki guruh uchun ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Shuningdek, axborot makon va zamon hususiyatlariga ham ega. Chunonchi, G’arbda u ta ommabop bo’lgan axborotlar, Sharq halklari tomonidan kam iste'mol qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ma'lum bir tarihiy davrda katta kiziqish bilan kutib olingan ma'lumotlar, vaqt utishi bilan odatiy holga aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in'ikos etmasligi mumkin

3. Ma’naviy tarbiya: oila-ta’lim-mahalla faoliyatining uyg‘unligi.

O`zbekistan Respublikasining mustaqillikka erishishi jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan poklanish, oila, oilaviy muiosabatlar, oilada ma’naviy va jismoniy barkamol yosh avlodni tarbiyalash borasida ham jiddiy o’zgarishlar qilishni ta qozo etdi. Jumladan: oilaning jamiyatdagi o’rni, oilaviy munosabatlarga bog`li q milliy an’analar, sermazmun milliy kadriyatlarning ildizlari ajdodlarimiz merosini o’rganish va ommalashtirish, milliy oilaviy tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning o’rnini yuksaltirish va uning oilada uyg`unlashuvini ta’minlash, o’zbek oilasiga xos xususiyatlarni (mentalitetini) yaratish va keng targ`ib etish jamiyatning asosiy negizi hisoblanmish oilani isti qlol mafkurasiga mos shaklan va mazmunan shakllantirishning garovidir.Har bir millatning ma’naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil topadi. Ma’naviy meros utmishning yutug`i. Uni to’la, odilona egallash va rivojlantirish esa xozirgi avlodning vazifasidir. o’z madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik man qurtlikdir, Ularni boyitib, yuksak darajaga ko’tarishga intilmaslik esa millat va uning isti qloli uchun fojeadir. Ma’naviyati yuksak darajada rivojlangan insongina isti qlol, vatanimizning ulug` bir kelajagi uchun mehnat qilishga o’zida kuch va qudrat topa oladi.Shaxs ma’naviyati dastlab oila sharoitida shakllanadi va jamiyat ma’naviyatini belgilovchi mezon sifatida namoyon bo’ladi. Yuksak ma’naviyatli ota-ona farzandlarini insonparvar, vatanparvar, axlo qiy jihatdan pok, bilimli, kamtar, oliyjanob qilib tarbiyalaydi.Mamlakatimizda har bir fuqaroning ma’naviy-ma’rifiy yuksakligiga erishish davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy yo’nalishlaridan birini tashkil etar ekan, bu boradagi ishlarning tamal toshlari aynan oilada qo’yiladi. Jamiyat ma’naviyatini shakllantirish bilan bog`li q ishlar quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladigan ta’limiy va tarbiyaviy tadbirlar vositasida olib borilmo qda, bu albagga oila bilan ham bog`li qdir:

- mahallalar, oilalar va xotin- qizlar orasida amalga oshiriladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar tarzida;

- maktabgacha tarbiya muassasalari, umumtalim maktablari, oliy va o’rta maxsus ta’lim o’ quvchi, talabalari, yoshlar va bosh qa toifadagi fu qarolar o’rtasida olib borilayotgan tadbirlar;

- ommaviy-axborot vositalari, matbuot vositasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish, samaradorligini oshirish bilan bog`li q; ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy va ilmiy-metodik yunalishlarda tad qi qot ishlari olib borish, sotsiologik tad qi qotlar o’tkazish;

- xalqlar, millatlararo do’stlik-birodarlik, ahillik, totuvlikni ta’miilashga qaratilgai tadbirlar;

- madaniy-ma’rifiy, ijodiy tashkilotlar tomonidan aholining ma’naviy madaniyatlilik darajasini oshirish, ularning bo’sh va qtini samarali tashkil etish ma qsadida amalga oshiradigan tadbirlar;


Download 198,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish